• TEXNOLOGIK BOSQICHLAR BO‘YICHA O‘ZGARISHINI TADQIQOTI Raximjonov Azizbek ravshanbek o‘g‘li Maxsudova Xilolaxon Baxtiyorjon qizi
  • Kalit so‘zlar
  • Journal of science-innovative research in uzbekistan




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana07.02.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #152697
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    359-367



     
     “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
    UZBEKISTAN” JURNALI 
    VOLUME 1, ISSUE 9, 2023. DECEMBER 
    ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
    359 
    PAXTA TARKIBIDAGI IFLOS ARALASHMALAR FRAKSIYALARINI 
    TEXNOLOGIK BOSQICHLAR BO‘YICHA O‘ZGARISHINI TADQIQOTI 
     
    Raximjonov Azizbek ravshanbek o‘g‘li 
    Maxsudova Xilolaxon Baxtiyorjon qizi 
    Farg‘ona politexnika instituti
    Ushbu maqolada paxta tarkibidagi iflosliklar fraksiyalarini texnologik bosqichlar 
    bo‘yicha o‘zgarishini o‘rganish va qoldiq iflosliklar miqdorini aniqlash va
    mashinalar tozalash samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarning nazariy va amaliy 
    tadqiqoti yoritilgan. 
    Kalit so‘zlar: tozalash, samaradorlik, klaster,g‘aram,iflos aralashmalar. 
    Kirish 
    Paxta tozalash, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari tomonidan ishlab 
    chiqarilayotgan paxta tolasi va uning mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari yuqori 
    bo‘lishi, dunyo standartlari talablariga javob berishi ularning jahonda bozorida 
    xaridorgir bo‘lishining asosiy omilidir.So‘nggi yillarda mamlakatimizda 
    to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish, soha korxonalarining 
    investitsiya va eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-
    tadbirlar amalga oshirilishi natijasida respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta 
    tolasi to‘liq va ip kalavaning 45 foizi qayta ishlanmoqda, shuningdek, sohaning 
    yillik eksport salohiyati 3,2 milliard dollardan oshdi. Jahonda paxta tolasi 
    to‘qimachilik sanoatining asosiy xomashyolaridan biri hisoblanadi. Xalqaro 
    konsultativ qo‘mita (ICAC) ma’lumotlariga ko‘ra «paxta tolasini eksportyorlari 
    beshtaligiga AQSH, Hindiston, Avstraliya, Braziliya va O‘zbekiston hamda 
    importyorlar Bangladesh, Vetnam, Xitoy, Turkiya va Indoneziya mamlakatlari 
    kiradi». Paxta tozalash sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirish, tarmoq 
    korxonalarida texnik vosita va texnologiyalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish 
    quvvatlaridan samarali foydalanish darajasini oshirish, jahon paxta bozorida yuqori 
    sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
    Bu borada, jumladan, jahon paxta tozalash korxonalarida yuqori samaradorlikka ega 
    bo‘lgan paxta tozalash sanoati mashinalarini takomillashtirish va resurstejamkor 
    texnologiyalarni yaratishga alohida e’tibor berilmoqda [1-4]. 



    Download 0,75 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Journal of science-innovative research in uzbekistan

    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish