3-Mа’ruzа: Рахtаni mаydа vа yirik iflоsliklаrdаn tоzаlаshdа
qo’llаnаdigаn uskunаlаr turlаri vа ulаrni ishlаtishdа tехnikа
хаvfsizligi tа’minlаsh
REJA:
1. Chigitli paxtadagi iflos aralashmalar turlari va ularning tarkibi.
2. Paxtani mаydа iflоsliklаrdаn tоzаlаsh аgrеgаtlаri
3. Paxtani yirik iflоsliklаrdаn tоzаlаsh аgrеgаtlаri.
4. Pахtаni tozalash bo’limida texnika xavfsizligini tа’minlаsh.
.
•
1.Chigitli paxtadagi iflos aralashmalar turlari va ularning tarkibi.
•
Chigitli paxta tolasini chigitidan ajratish jarayonida uning iflos aralashmalarni
tola sifatiga
zarar qilmasligi uchun, ular quritish-tozalash va tozalash sexlari ichiga
o’rnatilgan tozalash uskunalarida iflos avralashmalardan tozalanadi.
•
G’o’za ko’saklarining yetilish davrida barg
va shoxchalar quriy boshlaydi, mo’rt
bo’lib, oson sinib maydalanadi va ochilgan paxtaga qo’shilib, uni ifloslantiradi.
•
Chigitli paxtani qo’l bilan terganda uning ifloslanish darajasi asosan
terimchining diqqatiga bog’liq bo’lsa, mashina bilan terishda esa g’o’za barglarini
to’ktirish (defolyasiya) ishlarining o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishiga bog’liq bo’ladi.
•
Chigitli paxtada uchraydigan aralashmalar kelib chiqishi jihatidan organik va
mineral jismlarga bo’linadi.
•
Organik jismlarga g’o’za tupining qismlari-barg, shoxchalar, chanoq pallalari, gul
barglari va boshqa o’simlik qismlari (g’umay va boshqa begona o’tlar) kiradi.
•
Mineral qo’shilmalarga tosh, qum, tuproq, kesak va hakozolar kiradi.
•
Chigitli paxtada bo’ladigan iflos aralashmalar o’lchami
jihatidan shartli
ravishda ikki guruxga bo’linadi.
• Mayda iflosliklarni ajratish uskunalari texnologik qatorda o’rnatilish joyiga
qarab individual va batareyali, ish organlarining chigitli paxtaga ta’siri
jihatidan bir ta’sirli va qayta ta’sirli, ish organlarining soniga qarab bir
barabanli va ko’p barabanli, konstruksiyasi boyicha esa barabanli va
shnekli xillarga bo’linadi.
•
Chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash
uchun ishlatiladigan
uskunalar paxta tozalash korxonasining quritish-tozalash, tozalash sexiga
va har bir jinning ta’minlagichiga o’rnatiladi. Chigitli paxtadan mayda
iflosliklarni ajratish uskunalari
pnevmatik, pnevmomexanik va mexanik
usullarga bo’linadi.
•
Hozirgi kunda paxta tozalash sanoati korxonalarida chigitli paxtani
mayda iflosliklardan tozalashda asosan 8 ta qoziqchali barabanli SCH-02,
1XK markali tozalagichlar va YEN.178 qoziqchali bloklar ishlatilmoqda. 19
-
rasmda 1XK markali mayda iflosliklardan tozalash uskunasining
umumiy
ko’rinishi berilgan.