4. Paxtani yeirik iflоsliklаrdаn tоzаlаsh ускуналари
•
• Chigitli paxtani har xil aralashmalardan tozalash uchun, ularning
(aralashmalarning) fizik-mexanikaviy xususiyatlarini hisobga olib, texnologik
uskunalar turi tanlab olinadi. Masalan: yirik iflosliklarni chigitli paxtadan
ajratishda arrali barabanlar seksiyasidan foydalaniladi.
•
Chigitli paxtani yirik iflosliklardan tozalash
samaradorligi uskuna ish
organlarining chigitli paxtaga ta’sir etish usuliga: to’rli sirt yoki qobirg’a ustida
chigitli paxtani silkitish, tozalash vaqtida havo oqimining aralashishi, arrali
barabanlarning chigitli paxta bo’laklarining qanday titkilab tarashiga bog’liq.
Tozalash uskunalari ish organlarining chigitli paxtaga ta’siri o’z navbatida bir
qator sabablarga: uskunaning ish unumdorligiga, ishchi qismlarining aylanish
tezligiga, ishchi organlari orasidagi texnologik masofalarga (zazorlarga),
ularning konstruksiyasiga, chigitli paxtaning nechanchi marta tozalanishiga
bog’liq.
•
Tozalash uskunalarining texnika xavfsizligi
• Paxta tozalovchilar quyidagi qoidalarga amal qilishlari shart:kuygan yoki
tutun xidi paydo bo‘lganida
mashina-uskunani, pnevmotransportni darhol
to‘xtatish va smena ustasiga xabar qilish, yong‘in chiqqanda uni zudlik bilan
o‘chirish choralarini ko‘rishi kerak.
• Bundan tashqari paxta tozalovchi ish boshlashdan oldin xavfsizlik
choralariga bo‘ysunishi kerak: asbob- uskunalarni ishlatishdan oldin chang
va xas-cho‘plarni chiqarish tizimlarini ishga tushirish zarur.
• Рaxta tozalash bo‘limining mashina-uskuna sozlovchisi uchun xavfsizlik
texnikasining umumiy qoidalariga rioya qilishda bo‘limning
xavfli joylarini
bilib olish lozim.
• Bular: aylanuvchi quritish
barabani, nam paxta uzatadigan konsol vintli
shnek yuritmasi; vintsimon ta’minlagich, mashina- uskuna yuritmalari,
quritilgan paxtani tushirish navi, tozalagichlardagi ta’minlovchi
yulduzchalari, qabul qiluvchi plankali barabani, arrasimon barabanlari,
tozalagichlarning qoziqli shneklar, vintsimon xas-cho‘plar konveyeri;
separatorning vakuum-klapani va kurakchali vali,
vintsimon konveyer
novidagi bo‘shatish tuynugi, paxta elevatorining pastki qismidagi qarov
oynasidan iborat.
• texnologik mashina ishlayotganida to‘siqlarni ochish va olish man etiladi;
• yuritma tasma (qayish)larining sirpanib tushishini
bartaraf etishda bitum, kanifol pastasi
yoki gudrondan foydalanish yaramaydi. Tasmalar bo‘shashib ketganida ularni qaytadan
tortish kerak;
• quritish-tozalash bo‘limidagi mashinalarning ishchi qismlarini ta’mirlashda sindirmaslik
uchun bolg‘a bilan urish mumkin emas;
• ishlayotgan mashina-qurilmalarni ta’mirlash, sozlash va
moylash man etiladi;
• quritish-tozalash bo‘limi mashina-uskunasining belgilangan aylanishlar sonini, asosiy ish
organlaridagi oraliq masofalarini o‘zgartirish man etiladi;
• shneklar ta’mirlangandan so‘ng barcha novlarini sharnirlar bilan ishonchli
mahkamlangan
qopqoqlar bilan yopib qo‘yish kerak;
• mashina-uskunaning ularga xizmat ko‘rsatish qismida joylashgan barcha tashqi aylanadigan
qismlari (birlashtiruvchi mufta, shkiv, ponasimon va yassi qayishli uzatmalar, val uchlari va
boshqalar) to‘silgan bo‘lishi kerak;
• o‘tkir va o‘tkir uchli asboblar (parma, zubilo, otvyortka, pichoq va boshqalar) bilan
ishlashda ular qirrasini ishlov berilayotgan detalni ushlab turgan qo‘l tomoniga yo‘naltirish
kerak emas;
• elektr xavfsizligi qoidalarini o‘rganmay turib, elektr asbobdan foydalanishga yo‘l
qo‘yilmaydi;
• elektr asbob bilan ishlaganda dielektrik qo‘lqopdan, kalish va
rezina gilamchadan
foydalaniladi.