Paxtani mayda iflosliklardan tozalash bo‘yicha chet el texnologiyalari.
Chigitli paxtani qayta ishlash texnologiyasi rivojlangan va zamonaviy
ilg‘or texnikaga ega bo‘lgan davlat Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH)
hisoblanadi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida chigitli paxtani qayta ishlash
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 9, 2023. DECEMBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
361
korxonalarida o‘rta va uzun tolali chigitli paxtani qayta ishlashda
qo‘llaniladigan zamonaviy texnologik jarayonlarni o‘rganishda “Lyummus”
korporatsiyasi, «Kontinental Igl» uskunasozlik firmalari taklif etilgan
uskunalar majmualarini ko‘rish mumkin.
AQSH paxtani dastlabki ishlash texnologiyasida mayda ifloslikdan tozalash
mashinalariga paxta dastlab qoziqchali barabanlar ustki qismidan uzatilib, ular
yordamida titiladi. So‘ngra qoziqchali barabanlar titilgan paxtani to‘rli yuza ustidan
sudrab o‘tishi natijasida mayda iflosliklar ajraladi. Ajralgan iflosliklar to‘rli yuza
orasidan o‘tib ifloslik bunkeriga tushadi. Tozalangan paxta esa, keyingi jarayonga
uzatiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, AQSHda paxtani tozalash asosan
aeromexanik usulda amalga oshirilib, alohida ta’minlagich moslamalari
o‘rnatilmagan bo‘lib, paxta havo yordamida tozalagichlarga beriladi. Ko‘rinib
turibdiki qo‘shimcha moslamasiz mavjud tozalash barabanlari yordamida paxta
titilib yoyilgan holatga, ya’ni tozalanishga yaxshi tayyorlangan holatga kelmoqda va
qisman paxtadan iflosliklar ajralishi ham yuz bermoqda. Ushbu boshlang‘ich titish
jarayoni paxtani havo yordamida uzatishdagi mavjud vaqt birligi ichida paxtani
qism-qism shaklda uzatish kamchiliklarini bartaraf etadi va tozalash
samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi. Ushbu paxtani tozalash jarayoniga tayyorlash
usuli diqqatga sazovor bo‘lib, uni tadbiq etish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish amaliy
ahamiyatga egadir. Izlanuvchilar tomonidan bir barabanli tozalash mashinasi
yaratilib, paxta barabanning o‘qi bo‘ylab harakatlanishiga asoslangan bo‘lib,
arrachali baraban, reshetkali sterjen, yuqori qopqoq va yuritmadan iborat bo‘lib,
tozalagichning uzunligi 1200 mm, arrali barabanning diametri 443,4 mm ni tashkil
etgan. Mashinaning yirik ifloslik, qum va chang ushlab qolish samaradorligi
yuqoriligi aniqlangan. Arrachali barabanning optimal diametri 225 ayl/min tashkil
etgan. Ishlab chiqarilgan tolaning tashqi ko‘rinishi yaxshilanib, elektr-energiya sarfi
kamaygan.
Olib borilgan tajriba-izlanishlardan ta’kidlab o‘tilganki, tozalangan paxta
tarkibida qolgan iflosliklarning asosiylaridan biri plastik-pishmagan tolalar bo‘lib,
ularni paxta tarkibidan ajratib olish uchun tozalash mashinalariga berilayotgan havo
oqimi tezligini o‘zgartirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazilgan. Olib borilgan tajribalar
natijalariga ko‘ra plastik-pishmagan tolalar miqdorini paxta tarkibidan ajratib olish
uchun arrali silindrlar aylanishlar sonini kamaytirish taklif etilgan.
|