axborot almashinuvini boshqarish topologiyasi




Download 440.01 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2022
Hajmi440.01 Kb.
#23973
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu
Otabek diplom ishi, Karantin sharoitida kichik yoshdagi o, G\'aybullayev Latif, хроматографик анализ методлари Янгиси 12,04,2021
axborot almashinuvini boshqarish topologiyasi — bu alohida kompyuterlar o‘rtasidagi axborot almashish huquqi, ketma-ketligi va prinsiplari;

  • axborot topologiyasibu tarmoqdan uzatilayotgan axborotlar oqimining yo‘nalishidir.

    Misol uchun, jismoniy va mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog‘i axborotlarni uzatish uchun estafeta usulidan foydalanishi mumkin (ya’ni bu halqa ma’nosida) va bir vaqtning o‘zida barcha axborotni alohida ajratilgan bir kompyuterdan uzatishi ham mumkin (ya’ni bu yulduz ma’nosida). Mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog‘i, jismoniy topologiyali «Yulduz» (passiv) va «Daraxt» (passiv) ko‘rinishga ham ega bo‘lishi mumkin.
    Jismoniy, mantiqiy va boshqarish topologiyali har qanday tarmoq axborot topologiyasi ma’nosida yulduz, deb hisoblanishi mumkin, agarda, bir server va bir necha mijoz asosida yig‘ilgan tarmoq bo‘lsa, faqatgina shu server bilan aloqa qilinadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining kamligi haqidagi fikrlar markazdagi buzilishlarning sababi deyish adolatli bo‘ladi (bu holda - server).
    Xuddi shuningdek, har qanday tarmoq axborot ma’nosida «Shina» topologiyasi, deb atalishi mumkin, agarda, u bir vaqtning o‘zida server va shuningdek, mijoz bo‘ladigan kompyuterlar yordamida qurilgan bo‘lsa. Har qanday boshqa «Shina» hollari kabi, alohida kompyuterlarning buzilishi bunday tarmoqqa kam ta’sir qiladi.
    Markaziy hisoblash tarmoqlar topologiyasi haqidagi tahlilni tugatar ekanmiz, ta‘kidlab o‘tish kerakki, tarmoq turini tanlashda topologiyaning turi asosiy omil bo‘la olmaydi. Muhim omillar, masalan, tarmoqni standartlik darajasi, axborot almashish tezligi, abonentlar soni, qurilmalarning narxi va tanlangan dasturiy ta’minot bo‘la oladi. Lekin boshqa tomondan olib qaraganimizda, ba‘zi tarmoqlar turli bosqichda turli topologiyalarni ishlatish imkonini beradi. Endi tanlash bu bobda o‘tilgan jami fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda butunlay foydalanuvchining zimmasiga tushadi.
    Kompyutеrlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun kompyutеrlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyutеrlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:

    1. Kabеl yordamida bog‘lash. Bunda kompyutеrlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabеli (UTP) yoki shisha tolali kabеllar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.

    2. Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyutеrlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth tеxnologiyalari yordamida bog‘lanadi.


    Download 440.01 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 440.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    axborot almashinuvini boshqarish topologiyasi

    Download 440.01 Kb.