|
3-Amaliy ish 1-topshiriq Ishdan maqsad: Zamonaviy kompyuterlar uchun foydalanilayotgan kompyuterlarning xotira qurilmalari bilan tanish. Topshiriqlar
|
bet | 8/27 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #133763 |
Bog'liq 3-Amaliy ish 1-topshiriq - RejabboyevKesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasidan ko`p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta.
Shinalar
Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi electron sxemalar mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayriboshlovchi magestral yo`l deb ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan aytganda, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo`lishi mumkin. Asosan uch xil shina mavjud:
berilganlar shinasi;
manzilli shina;
buyruqli shina.
Manzilli shina. Berilganlar bu shinada tezkor xotiraning
yacheykalari manzili kabi yuboriladi. Aynan shu shinadan protsessor bajarilishi kerak bo`lgan buyruqlar manzilini o`qiydi. Zamonaviy protsessorlarda manzilli shinalar 32 raziryadlidir, ya’ni u 32 ta parallel simlardan tashkil topgan.
Berilganlar shinasi. Shu shina orqali protsessor registriga berilganlar nusxasi ko`chiriladi va aksincha. Intel Pentium protsessorli ShK larda berilganlar shinasi 64 raziryadlidir.
Buyruqli shina. Protsessor bajaradigan buyruqlar shu shina orqali tezkor xotiradan keladi. Buyruqlar baytlar ko`rinishida tasvirlanadi. Oddiy buyruqlar bir baytga joylashtiriladi, lekin shunday buyruqlar ham mavjudki, ular uchun ikki, uch va undan ortiq baytlar kerak bo`ladi. Ko`pchilik zamonaviy protsessorlar 32 razryadli buyruq shinalarga ega.
Sistema blokidagi shinalar faqat protsessor bilan bog`lanish uchungina ishlatilmaydi. Sistema blokining barcha boshqa ichki qurilmalari, shu bilan birga unga ulangan qurilmalar bir - birlari bilan o`zaro shinalar yordamida bog`langan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-Amaliy ish 1-topshiriq Ishdan maqsad: Zamonaviy kompyuterlar uchun foydalanilayotgan kompyuterlarning xotira qurilmalari bilan tanish. Topshiriqlar
|