Amaliy ishni bajarilish tartibi
Cisco Packet Tracer dasturini ishga tushiramiz va quyidagi strukturadi kompyuter tarmog‘ini quraming:
1-rasm.
Keyingi bosqichda kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatamiz, buning uchun dastlab Serverda DHCP xizmatini sozlanadi va ishga tushiriladi, buning uchun dastlab Serverning IP manzili, shlyuz (Geteway) va DNS Server manzillari sozlanadi. Sozlash jarayonini boshlash uchun Serverga sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va “Desktop” bo`limidan “IP configurations” tanlanadi:
2-rasm.
Keyingi bosqichda IP addres bo‘limiga 192.168.1.1 va Subnet mask bo`limiga 255.255.255.0 qilib sozlamalar kiritamiz:
3-rasm.
Shlyuz (Geteway) va DNS Server manzillari sozlash uchun “Cofig” bo`limidan “Settings” qatori tanlanadi va ochilgan oynaning Default Geteway qismiga 192.168.1.2 va DNS Server qismiga 192.168.1.3 IP manzillar kiritiladi:
4-rasm.
DHCP xizmatini sozlash jarayonini boshlash uchun “Services” bo‘limidan “DHCP” qatori tanlanadi:
5-rasm.
Keyingi bosqichda Servisni yoqamiz va rasmda keltililgan tartibda tegishli ma’lumotlarni (IP-manzillarni) kiritamiz va “Save” tugmasini bosamiz:
6-rasm.
Keyingi bosqichda komyuterlarning IP manzillari sozlanadi. Buning uchun kompyuterga sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va “Desctop” bo`limidan “IP configiration” qatori tanlanadi:
7-rasm.
Ochilgan oynadagi “IP configiration” bolimidagi “DHCP” sozlamasi tanlanadi. Natijada kompyuterni server bilen kelishgan holda avtomatik IP-manzil olganini ko‘rish mumkin (8-rasm). Ushbu amal barcha kompyuterlar uchun bajariladi.
8-rasm.
Keyingi bosqichda Pochta xizmatini sozlash jarayonini boshlash uchun Serverga sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va “Servuces” bo`limidan “EMAIL” qatori tanlanadi:
9-rasm.
Keyingi bosqichda 9-rasmdagi oynaning “Domain Name” qismiga pochta uchun domen nom beriladi (masalan test.uz) va oynaning “User Setup” qismida har bir kompyuter uchun foydalanuvchilar ro‘xatga olinadi:
10-rasm.
Keyingi bosqichda komyuterlarda pochta xizmati sozlanadi. Buning uchun 1-kompyuterga sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va “Desctop” bo`limidan “Email” qatori tanlanadi:
11-rasm.
Ochilgan oynaning “Your Name” maydoniga foydalanuvchi nomi (masalan FIO), “Email adress” maydoniga 1-komyuter uchu mo‘ljallangan pochta manzili (pc1@test.uz), “Incimming Mail Server” va “Outgoing Mail Server” maydonlariga server IP manzili (192.168.1.1), “Login Information” qismida esa pochta xizmatini sozlashda ro‘yxatga olingan 1-kompyuter pochta fuydalanuvchisi (pc1) va uning uchun berilgan parol kiritilad hamda “Save” tugmasi bosiladi (12-rasm). Ushbu jarayon barcha komyuterlarda bajariladi.
12-rasm.
12-rasmdagi oynada barcha ma’lumotlar kiritilib, “Save” tugmasi bosilganda quyidagi oyna ochiladi (13-rasm).
Ushbu oynaning “Compose” tugmasi orqali elektron pochta jo‘natish momkin bo‘ladi.
Topshiriq:
Cisco Packet Tracer dasturida server asosida tarmoq quring.
Qurilgan tarmoqda DHCP va EMAIL xizmalarini sozlang.
Ixtiyoriy 2 ta kompyuter o‘rtasida elektron pochta xabarlari almashish jarayononi tekshiring.
Nazorat savollari
Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi nima uchun kerak?
Dinamik IP manzil deganda nimani tushunasiz?
Elektron pochta deganda nimani tushunasiz?
Qanday pochta protokollarini bilasiz?
|