Hot Potatoes dasturi oynasi elemenlari
Hot Potatoes dasturi sozlab olgandan so’ng dasturni ochib quyidagi oynani
ko’rishingiz mumkin. Bu yerdan siz istalgan viktorina turini yaratishingiz mumkin.
Eslatma: the Masher (aralashtiruvchi) avval yaratilgan barcha viktorina turlarini
aralashtirish imkonini beradi
Hot potatoes 6 ta applications ni o’zida jamlagan holda, quyidagi interaktiv mashq
turlarini yaratishga imkoniyat beradi:
multiple – choice – test;
short – answer – qisqa javob;
jumbled – sentence – aralash so’z;
crossword – krossvord;
matching/ordering- moslash;
gap – filling – bo’sh joyni to’ldirish.
Barcha viktorinalarning quyidagidek bir xil asosiy tugmachalar paneli mavjud.
Yangi topshiriq yaratish
Yaratilgan topshiriqni ochish
Topshiriqni saqlash
Topshiriqni yangi nom bilan saqlash
Topshiriqni ochish
Veb sahifani esport qilish
Setka yaratish
Sozlamalarni o’zgartirish: ko’rinishi, muhokamalar
Testlar yaratish
Jquiz-
test bo’limi savollar va ularning bir necha variantlari bilan yaratish imkonini
beradi. Buning uchun savolni B 1 belgi qoyilgan katakchaga kiritish:
Javoblar shaklini belgilash:
bitta javobni belgilash;
bir nechta javobni belgilash;
qisqa javob:
Savollarni turlicha yaratish mumkin:
Alternativ tanlov
Qisqa javob
Yopiq test
Ko’p sonli tanlov
Yopiq test - talabalar yozib javob berish huquqini beradigan yagona test.
Quiz(test) tugmasini bosganingizda quyidagi oynani ko’rishingiz mumkin.
Имя maydoniga kiritmoqch bo’lgan testimizga nom beramiz masalan
“Kompyuterni asosiy va qo’shimcha qurilmalari“ deb nom beramiz.
Alternativ tanlovni tanlab “B” belgisi to’g’risidagi boshliqqa savolni kiritamiz,
savolni rasm ko’rinishida ham joylashtirish mumkin.
Javob variantlarini kiritamiz va to’g’ri javobni belgilaymiz. Har bir javob uchun
ma’lumot kiritish ham mumkin. “Комментарии” bo’limiga turli izohlar kiritishimiz
mumkin.
Yana boshqa savol qo’shish uchun “B” belgisi yonidagi tugmani bosamiz. Mavzu
va savol turi bir xil bo’ladi. Qisqa javob:
Dastur o’zi to’g’ri javoblar orasidan eng yaqinini topishga yordam beradi va qaysi
biri to’g’ri, qaysisi noto’g’ri ekani haqida belgi beradi.. Har bir savol uchun ball talabaning
to’g’ri javob topgunigacha bo’lgan urinishlari soniga qarab belgilanadi.
Ko’p sonli tanlov: Savolni kiritgandan so’ng, javob variantlarni yozing va to’g’risini
belgilaymiz.
Rasmlarni veb URLdan joylashtirgan ma’qul. Fayl nomlarida masofa tashlamang –
internet har doim ham buni yoqtirmaydi. Rasmlaringizni Hot Potato dasturingizdagidek
bir xil papkada saqlang. Dasturda ishlayotganingizda siz rasmni emas, uning uzun
qatordan iborat bo’lgan HTML kodini ko’rasiz. Bu kodni o’chira ko’rmang, aks holda
rasm to’liq paydo bo’lmaydi. Hamma savollarni kiritib bo’lgach fayini *jqz format turida
saqlaymiz
Keyin menyudan yoki asboblar panelidan Создать Веб страницу qatorini
tanlaymiz
Сохранение oynasi ochiladi va faylni saqlaymiz va quydagi oynadan Просмотр
задания в моем браузере tugmasini bosamiz.
Savolni alternative bo’lgan xolatida quydagi test quydagicha bo’ladi.
Qisqa javob javobli test bo’lganda quydagi oyna ko’rinishda bo’ladi.
Ko’p sonli tanlov testlarida quyidagi oyna ko’rinishda bo’ladi.
Viktorina
JQuiz
imkoniyatlari
Ushbu dasturiy modul yordamida savollar va turli xil javob berish variantlari
asosida mashqlar yaratish imkoni mavjud (1-rasm).
(1-rasm. Bir variantli javob yoki ikki va undan ko’p bo’lgan javoblarni belgilash mumkin
bolgan test savoli yaratilgan)
JCloze moduli
Ushbu dasturiy modul yordamida turli xildagi matnli jumlalarni kiritilib, ulardagi
bo`sh maydonlar o`rnini to’ldirisha oid interaktiv mashqlar yaratish imkoniyatlari mavjud
(2-rasm).
2-rasm,
JMatch moduli
Ushbu dasturiy modul yordamida mashqda keltirilgan ro'yxatdan muvofiqlik
variantini tanlash imkoniyati mavjud bo
’
lgan interaktiv mashqlar yaratish imkoni mavjud
(3-rasm).
3-rasm.
JCross moduli
Ushbu dasturiy modul yordamida turli xildagi bosh qotirmali interaktiv krossvord
topshiriqlari tuzish imkoniyati mavjud (4-rasm).
4-rasm.
Barcha mashqlar o'z-o'zini nazorat qilish rejimida amalga oshiriladi. Vazifalarni
bajarish natijasi foizda baholanadi.
Hot Potatoes
dasturiy paketi yordamida fanlarni o`qitishda kompyuter yoki mobil
qurilma yordamida o`quvchilar bilimini nazorat qilish imkonini beradigan ko'plab qiziqarli
va juda qulay mashqlar yaratish mumkin. Bundan tashqari, ushbu dasturiy paket o’z
kasbining ustasi bo’lgan mohir pedagoglarimizga ham nafaqat fanlarni samarali
o’qitishda, balki o’quvchilarni noan’anaviy yondashuvlar asosida darslarda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyatga
ega.
|