3-amaliy mashg‘ulot
HotPotatoes dasturidan foydalanib mashq qiluvchi elektron kurslarini yaratish
Mashg’ulotining maqsadi:
«Hot Potatoes» dasturida
interaktiv topshiriqlar
yaratish
Amaliy mashg’ulotning nazariy qismi
Multimedia mahsulotlaridan inson faoliyatining ko’p sohalarida foydalaniladi.
Shulardan biri Hot Potatoes dasturi. Biz bu dasturdan o’quvchi va talabalarga ta’lim
berishda samarali foydalanishimiz mumkin. Bu bilan o’quvchilarning bilimini qiziqarli
tarzda tekshirib ularning bilimini oshirishimiz mumkin.
Bu dastur yordamida turli tillardagi va barcha fanlardan matnli, ovozli va
videoma’lumotlardan foydalangan 10 turdagi topshiriqlar yaratish mumkin.
Dasturni
o’ziga xos tomonlaridan biri shundagi, unda yaratilgan vazifa standart formatdagi veb
sahifa ko’rinishida yaratiladi.
Hot potatoes dasturi ilk bor 1997-2003 yilarda Kanadadagi
Viktoriya universiteti
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va shu yillar davomida bu dastur takomillashtirilgan.
Bu dasturning oxirgi versiyasi Martin Holams tomonidan yaratilgan. Hot Potatoes test yoki
viktorinalar yaratish imkonini beradigan bepul dasturdir. Shuningdek, Moodle bu testlarni
yuklab olish va uni Moodle kitobiga kiritish mumkin.
Avvalo siz Hot Potatoes dasturini kompyuteringizga yuklab olish va sozlab
olishingiz mumkin. Dasturni quyidagi manzildan yuklab olish mumkin
http://hotpot.uvic.ca/index.php#downloads
Hot Potatoes - o'qituvchilarga dasturlash tillarini bilmasdan va dasturlash sohasida
mutaxassislarni jalb qilmasdan interaktiv vazifalarni mustaqil ravishda yaratish imkonini
beruvchi amaliy dasturiy paketdir
Ushbu dasturiy paketning o'ziga xos xususiyati shundaki,
yaratilgan vazifalar
standart veb-sahifa formatida saqlanadi: ularni ishlatish uchun faqat veb-brauzer talab
qilinadi (masalan, Internet Explorer). Hot Potatoes dasturiy paketi yordamida vazifa
mashqlarini yaratish va tahrirlash mumkin.
Dasturiy paket butun dunyoda har qanday fanni o`qitishda
unga oid bilimlarni
nazorat qilish vazifalarni yaratish uchun keng qo'llaniladi.
Dasturiy paket 1997-2003 yillarda Viktoriya universiteti (Kanada) gumanitar
ta'limdagi axborot texnologiyalari markazida ishlab chiqilgan http://web.uvic.ca/hcmc).
Dasturiy paket mualliflari:
Styuart Arneyl (Stewart Arneil) - HTML, JavaScript, Makintosh uchun dasturlash;
Martin Holms (Martin Holmes) - HTML, JavaScript,
Windows uchun dasturlash
(http://www.mholmes.com)
Hillari Striit (Hilary Street) «Interdesign Media» kompaniyasi – grafika.
Martin Holms 2003 yil oktyabr oyida chiqarilgan dasturning so'nggi, 6 versiyasi
muallifi.
Dasturiy paket bepul (muayyan shartlar asosida) va pullik xizmat asosida taqdim
etiladi.
Dasturiy paket yordamida yaratilgan o'quv materiallari internetda erkin foydalanish
imkoniyatiga ega bo'lish sharti bilan notijorat davlat ta'lim muassasalari tomonidan bepul
ishlatilishi mumkin.
"Uskunalar" dasturiy moduli pullik - u alohida sotib olinadi va ro'yxatdan
o`tkaziladi.
Dasturiy paketni http://web.uvic.ca/hrd/hotpot saytining
bosh sahifasidan yuklab
olish mumkin.
Dasturiy paketni o'rnatish uchun
Setup
faylini ishga tushirishingiz kerak
(sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali) va o'rnatish ko'rsatmalariga
rioya qilish zarur bo`ladi. Dasturiy paketni o'rnatishda barcha
fayllar dasturiy paket
papkasiga ko'chiriladi, tizim darajasida hech qanday sozlashlar o`rnatilmaydi.
Dasturiy paket yordamida matn, grafik, audio va video ma'lumotlardan foydalangan
holda turli fanlardan 10 turdagi mashq va testlarni yaratishingiz mumkin.
Hot Potatoes turli xil vazifalar va testlarni tayyorlash uchun 5 ta dasturiy modulini
o'z ichiga oladi. Har bir moduldan mustaqil foydalanish mumkin.
1. Viktorina
JQuiz
- ko'p javobli savollar (4 turdagi vazifalar).
2
.
JCloze
– Jumlalardagi bo`shliqlar o`rnini to'ldirish.
3.
JMatch
- muvofiqlikni belgilash (3 turdagi vazifalar).
4.
JCross
- Krossvord.
5.
JMix
- ketma-ketlikni tiklash.