Generatorli o‘zgartkichlar — shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi. Masalan, termopara haroratni termo EYKga aylantirib, energiyani faqat o‘lchash obyektidangina oladi. Shunday qilib, generatorli o‘zgartkichlarda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘ladi.
Parametrik o‘zgartkichlar — shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi. Xususan, agar obyektda qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lgan termorezistor o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda axborot olish uchun asbobdan yoki o‘zgartkichdan termorezistorga tok o‘tkazish zarur. Tokning o‘zgarishi o‘lchanayotgan haroratning o‘zgarishi haqidagi axborot bo‘ladi. Axborot signalining intensivligi manba signali intensivligiga bog’liq bo’lib, bu parametrik o‘zgartkichlarning o‘ziga xos xususiyatidir.
Haroratni o‘lchashning termoelektr usuli
Haroratni o‘lchashning termoelektr usuli termo EYK ning haroratga bog’liqligiga asoslangan. Termoelektr termometrlar yordamida haroratni o‘lchash 1821-yilda Zeebek kashf etgan termoelektr hodisasiga asoslangan. Bu hodisaning haroratlarni o‘lchashda qo‘llanishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida haroratlar farqi hisobiga hosil bo‘ladigan EYK effektiga asoslangan.
3.1-rasm. K (Xromel-alyumel) turdagi termojuft
3.2-rasm. Termojuft asosidagi datchik tuzilishi.
Prujinali (deformatsion) bosim o‘lchash asboblar
Prujinali (deformatsion) asboblarning ishlash prinsipi bosim ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini o‘lchashga asoslangan.
3.3-rasm. Membranali bosim o‘lchash asbobi.
3.3-rasm. Membranali sath o‘lchash asbobi.
Sarf o‘lchashni ultratovushli usuli
Sarf o‘lchashning ultratovushli usuli quvurga nisbatan ultratovush tezligining oqim tezligiga bog‘liqligiga asoslangan. Tovush to’lqinining harakatdagi muhitda tarqalishida tovushning manbadan qabul qiluvchi qurilmaga yetib borish tezligi faqat tovushning tezligiga emas, balki harakat qiluvchi muhitning tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Sarf o‘lchashning ultratovushli prinsipi shunga asoslangan.
Agar tovush to‘lqini oqim yo‘nalishida harakat qilsa, ularning tezligi qo‘shiladi, tovush oqimga qarshi yo‘nalsa, tezliklar ayirmasi topiladi. Ultratovushning oqim bo‘yicha va unga qarshi yo‘nalishdagi tezligining farqi oqim tezligiga, binobarin, oqayotgan suyuqlik sarfiga mutanosib. Ultratovushli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi quyidagilarga asoslangan:
1) ultratovushning oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi vaqt tafovutini o‘lchash;
2) ultratovush tebranishlarining oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi tebranishlari fazalarining siljishini o‘lchash;
3.3-rasm. Ultratovushli sarf o‘lchash asbobi.
Istalgan ishlab chiqarish korxonalarini avtomatlashtirishda, turli xil datchiklar va ijro etuvchi qurilmalarda foydalaniladi. Bu datchiklar kontroller va modullar bilan bog'langan bo'ladi, ya'ni kontrollerlar datchiklardan signalni olib ijro etuvchi qurilmalarni boshqaradi. Agar kontrollerga ulangan har bir datchik yoki qurilmalarni o'zini alohida bog'lovchi interfeysiga ega bo'lsa, u holda turli ishlab chiqaruvchilarni har bir datchigi uchun o'ziga xos parametriga ega alohida kontroller o'rnatish kerak bo'lar edi. Shuning uchun sanoat avtomatikasida signallarni yagona tizimiga keltirish qabul qilingan. Bu avtomatika tizimiga xizmat ko'rsatish, yangilarini ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, muammolarni bartaraf etishni soddalashtiradi.
Ya'ni, agar biror datchik ishdan chiqsa, bir xil
chiqish signaliga ega bo'lgan, turli ishlab chiqaruvchilarni, tipi bir bo'lgan boshqa datchiklari bilan almashtirish mumkin.
Ishlab chiqarishda signallarni ikki turidan foydalaniladi.
|