3-amaliy mashg‘ulot. Ishlab chiqarish sanoatida axborotlar oqimini tasvirlash texnologiyalari.
Tayanch so‘zlar: Datchik, o‘lchash o‘zgartgichi, sezgir element.
Har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari haqida axborot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi datchiklar (yoki o‘zgartirgichlar) keng qo‘llaniladi.
Datchik deb - nazorat qilinayotgan, rostalanayotgan kattalikni o‘lchash o‘lchash uchun qulay shaklga keltiruvchi qurilmaga aytiladi. Datchikning xarakteristikasi ko‘pincha, chiziqli bo‘lishiga harakat qilinadi. Ko‘pincha datchiklar noelektrik kattaliklarni elektrik kattaliklarga aylantirish uchun xizmat qiladi. Uning bevosita o‘;chanayotgan fizik kattalik ta’siridagi qismi sezgir element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termopara, manometrik termometrda termoballon ana shunday elementlardir.
Datchiklar kirish mexanik ko‘rsatkichlari (temperatura, bosim, sath, sarf, kuch kabilar) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik, sig’im kabilar) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgir elementi sifatida termojuft, rezistor, elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar, va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
Diskret chiqish signalli o‘lchash o‘zgartkichlari (releli o ‘zgartkichlar) chiqishda o‘lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatga erishganda o‘z holatini o‘lchovchi kontaktga ega. Ular asosan texnologik signalizatsiya uchun qo‘llaniladi.
Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlari (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik va kabilar) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga (yoki datchiklarga) bo‘linadi.
O‘lchash qurilmalarida axborotni uzatish vositasi energiya yoki modda oqimlari hisoblanadi. O‘lchash o‘zgartkichining yoki asbobning kirishiga energiya kirmasa (o‘lchash obyektidan yoki oldingi o‘zgartkichdan), o‘lchash axborotini uzatish mumkin bo‘lmaydi. Buni hisobga olib, barcha birlamchi o‘zgartkichlar ikki guruhga bo‘linadi: generatorli va parametrik o‘zgartkichlar.
|