3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: gpon tarmog’i abonent terminalini sozlashni o’rganish Ishdan maqsad: gpon tarmog’i abonent terminalini sozlashni o’rganish




Download 361,1 Kb.
bet1/3
Sana12.01.2024
Hajmi361,1 Kb.
#135689
  1   2   3
Bog'liq
25-26-amaliy GPON asosida tarmoq loyihalash


3-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: GPON tarmog’i abonent terminalini sozlashni o’rganish
Ishdan maqsad: GPON tarmog’i abonent terminalini sozlashni o’rganish
1. Nazariy qism
IP televideniya (IPTV) va internet orqali yuqori sifatli videolar tamosha qilish hamda ularni yuklab olish kabi xizmatlar internet kanalidan yuqori tarmoq o’tkazuvchanligini talab qiladi. ADSL va XDSL texnologiyalarida kabel uzunligi va kanal o’tkazuvchanligi bo'yicha ayrim cheklovlar mavjud.
GPON (Gigabit passiv optik network) - Gigabit passiv optik tarmoq bu- Internet, raqamli televizion va IP-telefonlarni bitta sim orqali ulanish texnologiyasi. Aloqa xizmatlarini ulash uchun boshqa texnologiyalardan asosiy farqi - yuqori tezlikda ma'lumotlarni uzatish. Gigabit PON tarmoq kengligi 1 Gb / s gacha, ya'ni HD sifatli filmni yuklab olish jarayoni besh daqiqadan ko'proq vaqtni oladi. Gigabit PON bevosita abonentning turar joyiga kabel yotqizishni ta'minlaydigan va simli kabel orqali bir vaqtning o'zida bir nechta aloqa xizmatlarini olish imkonini beruvchi optik-tolali aloqa tarmog'ining bir turi. Internet-provayderlar iste'molchilarni eskirgan tizimda ishlovchi (mis sim orqali tarmoq tashkil etish) texnologiyadan tez va ishonchli optik tolali aloqa liniyalariga o'tkazish uchun GPON dan foydalanadilar. Bu nimani anglatadi? Ilgari ma'lumotlar uzatish uchun elektr signal ishlatilgan. Ma’lumotlar mis kabellar orqali uzatilganligi uchun aloqa tezligi va sifatiga ta'sir ko'rsatadigan kamchiliklar mavjud bo’lgan. Keyinchalik esa yoruqlik asosidagi optik-tolali aloqa liniyalaridan foydalanib signalni uzatish uchun bir tizim yaratildi. Ma'lumot uzatish tezligi oshdi, bir vaqtning o'zida bir nechta aloqa xizmatlarini ulash uchun bitta sim orqali - internet, televizor va telefonni ishlatish mumkin bo'ldi. Turli xil xizmatlardan bir vaqtning o'zida foydalanishingiz mumkin: masalan, televizorlarni yuqori piksellardagi formatda tomosha qilib, internetdan filmlarni yuklab olish. Shu bilan birga, bir nechta qurilmalar tarmoqqa ulangan bo'lsa ham, ma'lumotlar uzatishning sifati va tezligi yuqori bo'laveradi (3.1-rasm).


3.1-Rasm. GPON texnologiyasining yakuniy ko’rinishi.
Shu o’rinda "Passiv" termini ma’nosi esa – aloqa stansiyalaridan to abonentgacha bo’lgan tarqatilish tarmog’i oralig’ida hech qanday kommutator yoki qayta ulagich qurilmalarining mavjud emasligida bo’lib, qo’shimcha elektr energiyasini iste'mol qilinmasligi va ortiqcha boshqarilish va nazoratga muxtoj emasligini anglatadi. GPON texnologiyasi orqali xonadonga umumiy kabeldan shaxsiy optik kabelni tortib borish mumkin.U xonadonga o’rnatilgan ONT (Optical Network Terminal) modemi bilan bog’lanadi. Modem orqali abonentga barcha xizmat turlari telefon ,televideniya va internet taqdim etiladi.Modem Wi-Fi tarmog’iga ulanganligi sababli ixtiyoriy qurilma tarmoqqa simsiz bog’lanishi mumkin. GPON texnologiyasini afzalliklaridan biri shundan iboratki, butun bir xonadon bitta kabel orqali tarmoqqa ulanadi. Butun xonadon bo’ylab turlicha kabellar tortilmaydi, kabel shiftda osilib turmaydi. Eshik yonida turli kabellar uchun o’nlab teshiklar mavjud bo’ladi. GPON texnologiyasi hattoki tarmoqda bir vaqtning o’zida bir necha qurilmalar ishlayotgan paytda ham internet tezligi 500 Mbit/s dan tushmaydi. Tarmoq halaqitlardan himoyalangan Wi-Fi routeriga qo’shnilar, radiotelefonlar va boshqa turli omillar ta’sir o’tkizmaydi. Eng asosiysi GPON passiv optik tarmoqqa tegishli. Xavfsizlik jihatidan ma’lumotlar himoyalangan bo’lib, optik kabel orqali uzatilayotgan signalni har xil usullar bilan to’xtabib qolish yoki o’g’irlash juda murakkab jarayon hisoblanadi.Har bir texnologiyani afzallik tomonlari bo’lgani kabi bir qator kamchiliklari ham mavjud. GPON texnologiyasi ham bundan mustasno emas. Routerni tanlab bo’lmasligi, ONT qurilmasini oddiy do’konlardan sotib olib bo’lmasligi, boshqa modem orqali optik tarmoqqa ulanishni mavjud emasligi, kabelni oz miqdorda bo’lsada foydalanuvchilarga zararli ekanligi, kabelni tortib kirish uchun mo’ljallangan teshikni yonida albatta rozetka bo’lishi shart.
Shunday qilib, GPON hozirgi kundagi barcha xizmat ko’rsatishlarga yordan bera olishi bilan birgalikda abonentlarni o’zaro aloqa qilishlari uchun yangi xizmatlar biznes mijozlar talablariga javob bera oladi. Mamlakatimiz telekommunikatsiya tarmoqlarini PON texnologiyasi asosida qurilgan tarmoqlarga o’tkazish kata spektrdagi xizmatlar turini taqdim qiladi. Bu esa foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashinuvi jarayonini yanada tezlashtiradi.

3.2 – rasm. GEPON tеxnologiyasi asosida binolarga ma’lumotlarni uzatishda tarmoq imkoniyatlari
Xizmatlar komplеktini to‘liq taqdim etish uchun GEPON tеxnologiyasi asosida optik tolani uygacha yotqizish ishlari amalga oshiriladi.
ONT router (ONT abonent terminali) - bu GEPON / GPON tarmog'idagi abonent tomonida joylashgan qurilma. Ya'ni, ONT optik modem ixcham VLAN kalitidir.
ONT terminalining asosiy vazifasi - yuqori tezlikdagi trafikdan unga mo'ljallangan paketlarni qabul qilish va qayta aloqa ma'lumotlarini yuborish. Standart ONT terminallari GEPON tarmog'idan ulanish uchun bitta port va bir nechta portlar uchun - abonent tomondan burama juftlik uchun jihozlangan.ONT terminali yopiq joylarda o'rnatiladi.
PON arxitеkturasi nuqta-nuqta mantiqiy topologiyasi asosida foydalanib, markaziy tugun bitta portiga o‘nlab abonеntlarni qamrab oluvchi daraxtsimon arxitеktura to‘liq optik-tola bo‘lagini ulash mumkin. Bunda daraxtsimon topologiyani oraliq tugunlarida elеktr toki va xizmat talab qilmaydigan to‘liq passiv optik tarmoqlagichlari o‘rnatiladi. PON arxitеkturasining asosiy g‘oyasi bitta qabul qiluvchi va uzatuvchi OLT moduldan foydalanib, ONTning ko‘plab abonеnt qurilmalariga ma’lumot uzatish va ulardan qabul qilishdir.
PON tеxnologiyasining asosiy afzalliklari:
• minimal kеrakli miqdorda optik toladan foydalanish;
• faol tugunlar (markaziylardan tashqari) yo‘qligi;
• har bir abonеnt uchun yuqori tеzlik.
GEPONning asosiy xususiyatlari:
• yuqori tеzlik;
• o‘rnatish va xizmat ko‘rsatishning oddiyligi;
arzon narx;
• xizmat sifatini QoSni qollab quvvatlash.
Tarmoq kirish imkoniyatini tashkil qilish uchun markaziy qurilma (OLT) dan foydalanadi. Abonеntlarda (ONU) — Abonеnt uskunalari o‘rnatiladi. Tеlеfon aloqasi xizmatlarini taqdim etish uchun quyidagilarni ta’minlovchi xonadon shlyuzlaridan foydalaniladi:
• bir necha qurilmalarni ulash;
• tеlеfon ulanish(VoIP) ;
• WiFi asosida xonadonda lokal tarmoq tashkil etish;
VoIP quyi tizimi;
• VoIP quyi tizimi IP PBX va xonadon shlyuzidan tashkil topadi.
IP PBXning asosiy vazifalari:
• VoIP abonеntlari avtorizatsiyasi;
• ichki qo‘ng‘iroqlarni ulash.

Download 361,1 Kb.
  1   2   3




Download 361,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: gpon tarmog’i abonent terminalini sozlashni o’rganish Ishdan maqsad: gpon tarmog’i abonent terminalini sozlashni o’rganish

Download 361,1 Kb.