|
3-amaliy mashg’ulot: Meva o‘simliklarini unuvchi va hosil beruvchi novdalarining harakteristikasi Ishning maqsadi
|
bet | 1/2 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 130,5 Kb. | | #153277 |
Bog'liq mevar 3 amaliy mavzu
3-amaliy mashg’ulot: Meva o‘simliklarini unuvchi va hosil beruvchi novdalarining harakteristikasi
Ishning maqsadi: Talabalarni O’zbekistonda keng tarqalgan meva o‘simliklarining unuvchi va hosil beruvchi navdalarining harakteristikasini o’rganish.
Material va jihozlar:
1. Turli mevali ekinlar ko’chatlari, mevalari, urug’lari, gerbariylari, jadvallari, mulyajlari.
2. Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O’zbekiston mevachiligi. T., 1981.
3. Mirzayev M.M., Sobirov M.Q. Bog’dorchilik. T., 1987.
4. Ostonaqulov T.E., Narziyeva S.X., G’ulomov B.X. Mevachilik asoslari. T., 2010.
5. Bo’riyev H.Ch. Havaskor bog’bonga qo’llanma. T., 2002.
6. Ostonaqulov T.E. va boshqalar. Meva ekinlari yetishtirish bo’yicha fermerlarga savol-javoblar. Samarqand, 2012.
7. Mevachilik fanining o’quv uslubiy majmuasi.
8. Internet saytlari: www.agro.uz, www.ziyonet.uz, www.agriculture.uz, mevazor.uz, mehnat.uz
Asosiy tushuncha: Meva daraxtlarida tur va naviga hamda tashqi muhit omillariga qarab o‘sish va hosil berish davrlari har xil bo‘ladi.
Kuchli payvandtakka payvand qilingan olmaning bir yoshli ko‘chati bog‘ tashkil etiladigan yerga ekilganidan keyin yaxshi parvarish qilinganida o‘rta hisobda 40-60 yil yashaydi. Mana shu davr davomida mevali daraxt o‘z boshidan bir necha davrni o‘taydi. P.G.Shitt daraxt hayotida 3 ta asosiy davrni: o‘sish, meva berish va qurish davrini aniqladi.
Birinchi davr – urug‘ yoki ko‘chat ekilganidan to hosilga kirguncha bo‘lgan davr,
ikkinchi davr – to‘liq hosilga kirganidan to o‘sishdan qolishigacha bo‘lgan davr,
uchinchi davr – daraxt hosil berishdan qolib, to butunlay qurigungacha bo‘lgan davrdir. Lekin, keyinchalik u daraxtlarning o‘sish davrlarini qayta ko‘rib chiqib 9 ta davrga bo‘ldi:
1 - vegetativ organlarning o‘sish davri;
2- daraxtlarning jadal o‘sish va hosil berish davri;
3- daraxtlarning hosil berish va o‘sish davri;
4-hosil berish davri;
5-hosil berish va quriy boshlash davri;
6-daraxt ayrim shoxlarining quriy boshlashi, hosil berish va o‘sish davri;
7-daraxtlarning qurish, o‘sish va hosil berish davri;
8-qurish va o‘sish davri;
9-qurish davri.
Mevachilik amaliyotida 3 ta davr asosiy bo‘lib ularga to‘xtalib o‘tamiz.
|
| |