|
3-amaliy mashg’ulot: Meva o‘simliklarini unuvchi va hosil beruvchi novdalarining harakteristikasi Ishning maqsadi
|
bet | 2/2 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 130,5 Kb. | | #153277 |
Bog'liq mevar 3 amaliy mavzuBirinchi davrda - meva daraxtlarining asosiy shoxlari, popuk ildizlari va so‘ruvchi ildizlari bilan asosiy ildizlari rivojlanadi. Daraxtning o‘suv davri ancha uzoq: masalan, shaftolida 2-3 yil, danakli meva daraxtlarning ko‘pchiligida va olma hamda nokning ayrim navlarida 4-5, shu mevalarning kechpishar navlarida 8-11 yilgacha davom etadi.
Bu davrda daraxt shox-shabbalarigashakl beriladi, asosiy shoxlarning o‘sishi tartibga solinib, o‘suv shoxlari hosil qilinadi.
Ikkinchi davrda - meva daraxtlari to‘la hosilga kirgan bo‘lib, ularda kuchli o‘sish davom etadi, o‘suv shoxlarning soni ortadi, daraxt qiyg‘os hosilga kiradi. Bu davrda daraxtlarning shox-shabbasiga shakl berish, o‘suv shoxlari chiqishini tezlashtirish, agrotexnika tadbirlarini qo‘llanish yo‘li bilan daraxtlarning o‘sishi va hosil berishga qulay sharoit yaratish ishlari amalga oshiriladi.
Uchinchi davr - daraxtlarning uzoq vaqt davomli mo‘l hosil berishidan keyin boshlanadi. Bu davrda daraxtlar sekin-asta hosildan qoladi, shox-shabbaning uchki qismlari quriy boshlaydi, alohida shoxlari butunlay qurib, eski qari ona shoxlardan, uyquda qolib ketgan kurtaklardan bachki (duvarak) novdalar chiqa boshlaydi. Bu davrda daraxt shox-shabbalarini kallaklab, bachki novdalar hisobiga yangi shox-shabba paydo qilish va shu yo‘l bilan daraxtning o‘sish siklini yangilash mumkin. Lekin, yangi chiqqan shox-shabbalar daraxtning oldingi shox-shabba kattaligiga hech vaqt yeta olmaydi. Shox-shabbaning kichiklashishi bilan daraxtning ildiz tizimi ham qarib, ko‘pchilik qismi qurib, kichiklashadi. Keyinchalik qari daraxt shoxlari butunlay quriydi, tana va tana atrofidan, uyqudagi kurtaklardan bachki novdalar o‘sib chiqadi.
Bu davrda qurib qolgan daraxtlar kundakov qilinadi.
Meva daraxtlarining har bir o‘sish va hosil berish davrida ularni yuqori agrotexnika asosida parvarishlab, uzoq yashashini va mo‘l hosil berishini ta’minlash mumkin.
Meva daraxtlarining turi va naviga qarab ularning yashash davrlari ham har xil bo‘ladi. Daraxtlarning uzoq yashashi qaysi payvandtaglarda, qanday maydonda o‘stirilayotganligiga va parvarishlashga bog‘liq. Masalan, shaftoli sizot suvlari yuza joylashgan va sho‘rxok yerlarda boshqa yerlarga nisbatan 3-4 yil kam yashaydi. Unumdor tuproqlarda payvandlangan shaftoli 2-3-yili hosilga kiradi, 4-5- yildan boshlab mo‘l hosil beradi, 9-10- yildan hosili kamaya boshlaydi, 11-12 yildan keyin hosildan qoladi va kundakov qilinadi.
Umuman danakli meva daraxtlari ichida shaftoli qisqa umr ko‘radi. Danakli mevalarning ko‘pchiligi (shaftoli, gilos, olxo‘ri, olcha va boshqalar) urug‘li (olma, nok, behi) mevalarga nisbatan barvaqt hosilga kiradi, lekin ularning umri qisqa bo‘ladi.
Meva daraxtlari yil davomida bir necha o‘suv fazalarini boshidan kechiradi. O‘zbekiston sharoitida meva daraxtlari kuzda barglarini to‘kib, qishki tinim davriga kiradi. Bahorda kunlar isishi bilan daraxtlar uyg‘ona boshlaydi. Danakli meva daraxtlarining tinim davri urug‘lilarnikiga nisbatan qisqaroq o‘tadi.
Tashqi sharoit o‘zgarishi bilan o‘simliklar hayotida morfologik belgilar ham, fiziologik funksiyalar ham o‘zgaradi. Bu hodisalar barcha o‘simliklarga tegishli bo‘lib, fenologik fazalar yoki fenofaza deyiladi. Fenofaza o‘z navbatida o‘suv va tinim fenofazalarga bo‘linadi. Vegetatsiya davriga bir necha fazalar kiradi: gul va barg kurtaklarining bo‘rtishi, gullarning ochilishi, tugunchalarning hosil bo‘lishi, barg va novdalarning rivojlanishi, meva kurtaklarining hosil bo‘lishi, mevalarning pishishi, daraxtning o‘sishdan to‘xtashi, novdalarning yo‘g‘onlashishi, kurtak va novdalarning yetilishi va xazonrezgilik. Daraxtda kurtaklar bo‘rtishidan to barglar sarg‘ayib to‘kilgunicha bo‘lgan davr vegetatsiya (o‘suv) davr deb ataladi (6, 7 – rasmlar).
Daraxtlarda butunlay tinim davri yo‘q. Ular bu davrda juda sekin bo‘lsa ham nafas olib turadi, havo isiganda o‘zidan ko‘plab namni bug‘latadi. Meva daraxtlarining o‘sishi, barglarining to‘kib yuborishi va keyinchalik qishki tinim davriga kirishi, tashqi muhitning o‘zgarishiga bog‘liq. Masalan, bahorda havo harorati 10-150 ga yetganda asta-sekin vegetatsiya davri boshlanadi. Kun isishi bilan barglar yiriklashadi, novdalar va ildizlar o‘sadi va hosilga kirgan daraxtlarda 100-300 kg gacha va undan ham ko‘p hosil olinadi.
Tinim davri ham ayrim fazalardan: dastlabki tabiiy (chuqur) va majburiy tinim davrdan iborat. Dastlabki tinim davri odatda, daraxtlarda xazonrezgilikdan keyin boshlanadi, o‘sish uchun zarur bo‘lgan sharoit, asosan issiqlik, namlik va yorug‘lik yetarli bo‘lmagan davrda o‘simlik majburiy tinim holatga o‘tadi. Majburiy tinim davrini o‘tayotgan daraxtlarga qulay sharoit yaratilsa, ularning kurtaklari yozilib ketadi.
O‘zbekistonda qish issiq kelgan yillari meva va rezavor-meva o‘simliklarning ildizi qishda ham o‘saveradi. Binobarin, o‘simlikning tinim davri absolyut emas, balki nisbiydir.
O‘zbekistonda meva daraxtlarining ayrim turlari navbat bilan quyidagicha gullaydi: bodom, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, olcha, gilos, nok, olma, behi, anor. Ba’zi meva daraxtlari (bodom, o‘rik, shaftoli va boshqalar) barglari yozilmasdan oldinroq gullaydi, boshqalari (olma,nok va boshqalar) da esa aksincha, vegetativ kurtaklar ertaroq yoziladi.
Muhokama uchun savollar:
1. Meva daraxtlarining rivojlanish davrlarini I.V.Michirun va G.O.Shitt bo‘yicha aytib bering ?
2. Meva daraxtlarida yoshlik davri necha yil davom etadi ?
3. Meva daraxtlarida hosil berish davri necha yil davom etadi ?
4. Eng uzoq umr ko‘radigan meva ekinlari qaysilari ?
5. Meva ekinlarida tinim davri qachon boshlanadi va qancha davom etadi?
6. Meva ekinlarida qancha va qanday o‘suv fazalari mavjud hamda ularning davomiyligiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi ?
|
| |