|
3-Amaliy mashg‘ulot
|
bet | 2/7 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 6,31 Mb. | | #157576 |
Bog'liq iSpring Suite dasturi yordamida multimediali elektron o‘quv kurslarini yaratish.Dastur interfeysi. Auto Play Media Studio dasturi bosh oynasi rasmda keltirilgan va bu oynani 6 ta maydonga ajratish mumkin.
AutoPlay Media Studio 1.Menyu qatori.
Asboblar paneli.
Loihaninig yo’l ko’rsatuvchisi.
Obyekt xususiyatlari paneli.
Ishchi maydon.
Loiha o’lchami paneli.
Menyu qatori o’z ichiga quyidagilarni oladi:
Fayl. Sozlash. Tahrirlash, joylashtirish. Sahifa. Muloqot.
Obyekt. Loiha. Nashr qilish. Ko’rinish. Asboblar. Yordam.
Muloqot oynasida quyidagi to‘rtta taklif ilgari surilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Создать новый проект (Create a new project);
Открыт проект (Open an existing project);
Открыть последний (Restore last open project);
Выйти из программы (Exit AutoPlay Media Studio).
Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif rus tilida, inglizcha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif qavs ichida berilganigidek ingliz tilida bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, AutoPlay Media Studio har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos scriptlar uchun tayyor kodlar to‘plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq va to‘liqroq foydalanish uchun dasturning inglizcha variantini kompyuterga o‘rnatgan ma’qul.
Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Создать новый проект” bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi
Yangi loiha yaratish bosqichlari. AutoPlay Media Studio dasturi o’rnatilgach uni ishga tushirsak quyidagi muloqot oynasi hosil bo’ladi.
Yangi loiha yaratish uchun hosil bo’lgan oynadan Создать новый проект tugmasini aktivlashtiramiz. Yangi hosil bolgan oynadan Blank Project bandini tanlab loiha nomini kiritish va ОК tugmasini faollashtirish lozim.
Natijada bo’sh oynadan iborat yangi loiha hosil bo’ladi. Yangi sahifaga fon berish jarayonini ko’rib o’tamiz.
Buning uchun istalgan rasmni o’lchamlarini 800×600 ga keltirish kerak. Fonni o’rnatishdan oldin loiha oynasi o’lchamlarini almashtirish lozim. Buning uchun bosh menyudan Project-Settings tanlanadi.
Shirift to`g`irlash quyidagicha amalga oshiriladi.
Tanlangan obektning ustiga sichqoncha o`ng tugmasini bosib bilan Settings bo`limini tanlaymiz va quyidagi amalni bajaramiz.
Amalga oshirilgandan so`ng tugmacha shirifti to`g`irlanadi.
Natija:
|
| |