3-Amaliy mashg‘ulot




Download 6.31 Mb.
bet1/7
Sana16.02.2024
Hajmi6.31 Mb.
#157576
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iSpring Suite dasturi yordamida multimediali elektron o‘quv kurslarini yaratish.
ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide

3-Amaliy mashg‘ulot


AutoPlay Media Studio dasturi yordamida elektron darslik yaratish asoslarini o‘rganish. iSpring Suite dasturi yordamida multimediali elektron o‘quv kurslarini yaratish.
Zamon talablariga javob beradigan kuchli, mukammal multimedia hujjatlarini yaratish uchun Windowsning yuqorida qayd etib o‘tilgan standart multimedia dasturlari imkoniyat jihatdan yetarli emas. Shu sababli keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga va ulardan foydalanishga oid juda ham ko‘plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir.
Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin.
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin.
Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o‘zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmpva .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo‘ladi.
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tayyor loyiha bunda.exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi arxiv ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.
Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiri- tilgan. Dasturning bu xossasi uning “Label”, “Paragraph” va “Button” kabi obyekt- lari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to‘liq versiya bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug‘atlar bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, AutoPlay Media Studio ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan:

  • Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multi- media- ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish;

  • Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va boshqalarni biriktira olish xususiyati;

  • Web-ilovalarni yaratishga mo‘ljallangan mukammallashgan instrumentlar;

  • XML, SQL va shifrlash mexanizmalari bilan ishlay olishi;

  • RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;

  • Slide-show bilan ishlash imkoniyati;

  • Matn rangini o‘zgartirish uchun “RadioButton” obyektining mavjudligi;

  • Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi;

  • Obyektlarni formatlash imkoniyati;

  • Kalit so‘zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;

  • CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hk.




Download 6.31 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 6.31 Mb.