Infografikaning
kamchiliklari
Infografikaning
birinchi
kamchiligi
shundaki,
uni
tayyorlash
unchalik oson hamda arzon emas. Matn yoki roʻyxatni yozish,
odatda, toʻgʻri tasvirlarni tanlash va ularni oqilona birlashtirishdan
koʻra ancha oson, arzonroq va tezroq. Bundan tashqari, yaxshi
infografikani yaratish uchun sizga ijodkorlik, kreativ dizayn fikrlash
kerak.
Ikkinchi kamchilik shundaki, baʻzida materialni taqdim etishning
bunday rang-barang shakli odamlarni bu maʻlumotni unchalik jiddiy
emas deb qabul qilishiga sabab boʻlishi mumkin
Infografikani yaratish juda oson. Yaxshi infografikani
yaratish ancha qiyin.
Maslahat:
Infografikani matn bilan ortiqcha toʻldirmang. Esda tutingki,
asosiy maʻlumotlar tasvir orqali amalga oshiriladi.
Life-hack:
infografika oʻz rolini bajarishini tekshirish uchun undan
barcha matnni olib tashlashingiz mumkin. Matnsiz ham, u nima
haqida ekanligi aniq boʻlishi kerak. Qoʻllanma sifatida koʻp matn
bermang
— bu materialni idrok etishni sezilarli darajada
murakkablashtiradi.