|
3 amaliy mashg‘uloti
|
bet | 2/2 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 1,72 Mb. | | #102317 |
Bog'liq UMIDJON mb3Natija:
3.4-rasm. Hodimlar nomli jadval yaratilishi
5. Hodimlar bazasida jadvallarni ko‘rish uchun show tables-dan foydalaniladi:
So‘rov: show tables;
Natija:
3.5-rasm. Hodimlar bazasida jadvallarni ko‘rish
6. DESC yordamida siz jadval ustunlari haqidagi turli ma’lumotlarni (qiymat turi, kalit yoki yo‘q) ko‘rishingiz mumkin.
So‘rov: desc hodimlar;
Natija:
3.6-rasm. Yaratilgan Hodimlar jadvalini ko‘rinishi
7. Jadvalga yangi “ishga_kirgan_yili” nomli ustun qo‘shamiz:
So‘rov: Alter table hodimlar add ishga_kirgan_yili varchar(30);
Natija:
3.7-rasm. Hodimlar jadvaliga ALTER operatori orqali ustun qo‘shilishi
8. “isga_kirgan_yili” nomli ustunning o‘lchamini o‘zgartiramiz:
So‘rov: Alter table hodimlar modify ishga_kirgan_yili char(30);
Natija:
3.8-rasm. Hodimlar jadvalida ALTER operatori orqali mavjud ustun toifasi o‘zgartirilishi
10. Jadvalimizdan ortiqcha ustunni o‘chirish
So‘rov: Alter table hodimlar drop column ishga_kirgan_yili;
Natija:
3.9-rasm. Filmlar jadvalida ALTER operatori orqali mavjud ustun o‘chirish
XULOSA
Uslubiy ko‘rsatmalar: SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumotlar turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:
INTEGER
|
butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora).
|
SMALLINT
|
«qisqa butun» (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora).
|
DECIMAL(p,q)
|
o‘nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O‘nli nuqtadan so‘ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‘lsa, tashlab yuborilishi mumkin).
|
FLOAT
|
haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307).
|
CHAR(n)
|
uzunligi o‘zgarmas, n ga teng bo‘lgan simvolli qator (0 < n < 256).
|
VARCHAR(n)
|
uzunligi o‘zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va har xil MBBT larda turlicha, lekin 4096 dan kam emas).
|
DATE
|
maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana; sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi-o‘ninchi mingyilligi bilan cheklangan haqiqiy sanalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
|
TIME
|
maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko‘zda tutilgan bo‘yicha hh.mm.ss).
|
DATETIME
|
sana va vaqt kombinatsiyasi.
|
MONEY
|
maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul birligi.
|
|
| |