Tashkilotlarda hodimlar o'rtasida pochta tizimini joriy qilish




Download 24 Kb.
Sana15.01.2024
Hajmi24 Kb.
#137457
Bog'liq
Akbarov Bobur Andijon


Tashkilotlarda hodimlar o'rtasida pochta tizimini joriy qilish
Akbarov Bobur Andijon mashinasozlik instituti,Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari mutaxassisligi 1-kurs magistranti.
Annotatsiya:Ushbu maqolada pochta,pochta texnikasi,pochta aloqasi,Tashkilotlarda hodimlar o'rtasida pochta tizimini joriy qilish haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Pochta,xat-xabar,gazeta,joʻnatmalar,pochta aloqasi,pochta texnikasi,xalqaro pochta,xalqaro aloqalar.
Pochta (polyakcha poszta) — 1) xat-xabar, gazeta-jurnal, joʻnatma, pul va h.k. qabul qilinib-joʻnatiladigan davlat aloqa muassasasi (qarang Pochta aloqasi). 2) shu muassasa orqali yuborilgan yoki olingan narsa (xat, joʻnatma va boshqalar).
Pochta texnikasi - pochta aloqasi asosiy ishlab chiqarish operatsiyalari (pochtani qabul qilish, manzil boʻyicha egalariga yetkazish, ajratish, tashish va boshqalar) ni bajarishda foydalaniladigan qurilma va transport vositalari. Eng sodda Pochta texnikasi 1653 i. fransuz Renuar de Villays taklifi bilan yaratilgan pochta yashigidir. Pochta 19-asr boshlarida otga qoʻshilgan relsli ekipajlarda, 1830-yil Buyuk Britaniyada Liverpul — Manchester oraligʻida temir yoʻl ishga tushishi bilan pochta vagonlarida tashila boshladi. Transport yoʻli, suv, avtomobil va havo transport larining rivojlanishi pochta alokasining keng suratda oʻsishiga olib keldi. Shundan soʻng dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaldi. Pochta muassasalarida pochtakassa apparatlari qoʻllanila boshladi. Ular joʻnatilgan pullarni qabul qilib olish va egalariga toʻlashni, qiymatli xat, joʻnatma, te-lefamma va boshqalarni qabul qilishni huj-jatlashtirish imkonini beradi. Joʻnatma, xatlar, banderol, gaz. va jur.larni ajratishni mexanizatsiyalashda maxsus pochta mashinalaridan foydalaniladi. Yirik pochta uzellarida junatiladigan pochtalarni ajratishda yarim avtomat mashinalardan, ichki ishlab chiqarishda esa konveyerlardan foydalaniladi.Joʻnatmalarni manzil boʻyicha ajratishda yarim avtomat saralash mashinalari ishlatiladi; mashina taqsimlash konveyeri, toʻplagich va klavishli pultdan iborat. Operator pult orkali mexanik yoki elektron qurilmalariga manzil beradi, yaʼni toʻplagichga yuk tushirish joyini belgilaydi. Hozir deyarli barcha pochta muassasalarida kompyuter xizmatidan foydalaniladi. Joʻnatmalar aviatsiya, temir yoʻl, avtotransport vositalarida tashiladi, telegraf, telefon, internet orqali uzatiladi.
Pochta aloqasi — transport vositalari yordamida xat, davriy nashrlar, joʻnatma, pul va h.k.ni qabul qilib olib joʻnatadigan muassasalar tizimi. Pochta aloqasining yuzaga kelishi bevosita yozuvning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Yunoniston, Eron, Misr, Xitoy va Rim imperiyalarida Pochta aloqasi davlat boshqaruvida alohida ahamiyat kasb etgan va davlat Pochta aloqasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan: joʻnatilgan xatxabarlar otda va piyoda estafeta tamoyili asosida tashilgan. Hunarmandchilik va savdosotiqning rivojlanishi bilan hunarmand va savdogarlarga xizmat qiluvchi shahar pochtalari vujudga keldi. Ular, ayni paytda, aholining boshqa tabaqalariga ham xizmat qildi.1924-yilda Oʻzbekistonda 110 aloqa korxonasi ishladi, shulardan 30 tasi qishloq aholisiga xizmat koʻrsatdi. Pochta yoʻllarining umumiy uz. 1300 km ga yetdi, birinchi Toshkent — Samarqand xavo aloqa yoʻli ishga tushirildi. Urushgacha boʻlgan davrda respublikadaP.a. muntazam rivojlandi. 1937-yil it-tifoq Pochta va telegraf xalq komissarligining Oʻzbekiston hukumati huzuridagi vakilligi Boshqarmasi (1954-yildan Oʻzbekiston SSR Aloqa vazirligi) tashkil etilganidan keyin Pochta aloqasi davlat aloqa xizmati sifatida rivojlandi. Pochta va matbuotni tashishda aviatsiya, temir yoʻl, avtomobil transportidan kenfoqfoydalaniddi. 1974-yil Toshkentda temir yoʻl qoshida pochtamtning ochilishi, 1983-yil Toshkent pochtamtining yangi binosi qurilib foydalanishga topshirilishi bilan xat, joʻnatma, pul oʻtkazmalari, matbuot nashrlarini joʻnatish va yetkazib berish ishi yanada yaxshilandi. Pochta aloqasi aloqaning eng keng tarqalgan va ommaviy turiga aylandi.Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Pochta aloqasi sohasida tub islohotlar amalga oshirilib, tarmoq korxonalari faoliyati qayta koʻrib chiqil-di, koʻrsatiladigan xizmat turlari kengaydi, xalqaro aloqalar tubdan qayta tashkil etildi. 1993-yilda Oʻzbekiston 189 mamlakatni birlashtirgan Jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻlib kirdi.Hozirgi Oʻzbekistonning barcha aholi punktlari pochta korxonalari tarmogʻi bilan qamrab olingan. Bu korxonalar oddiy va buyurtmali xatlar, pochta kartochkalari, banderollar va oddiy joʻnatmalar, baqosi koʻrsatilgan xatlar, bahosi eʼlon qilingan joʻnatmalar, pochta, telegraf pul oʻtkazmalarini qabul qilish va joʻnatish; gazeta va jurnallarga obuna qilish va uni yetkazib berish; tovar va blankalarni, filateliya maqsulotlarini sotish; pensiya va nafaka pullarini yetkazish; telegramma qabul qilish va joʻnatish; aloqa boʻlimlarida shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlarini, elektron pochta, internet(ga kirish) xizmatlarini koʻrsatish; kommunal xizmat toʻlovlarini yigish va boshqa xizmat turlarini amalga oshiradi. 2002-yilda Pochta aloqasi korxonalarida 11,23 mln. dona xat, 62,1 mln. dona gazeta va jurnallar, 60 ming dona joʻnatma, 565 ming dona soʻzlashuvlar va 170 ming dona telegramma qabul qilindi, Pochta aloqasi korxonalari orqali 31 mlrd. soʻm pensiya va nafaqalar toʻlandi.Respublikada pochta korxonalari "Oʻzbekiston pochtasi" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga uyushgan. Kompaniya tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat boshqarmalari, Xalqaro pochta,Xalqaro tezkor pochta, "Oʻzbekiston markasi" aksiyadorlik jamiyati, 185 aloqa uzeli va 3012 aloqa boʻlimi bor (2003). Mamlakatimizda Pochta aloqasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Aloqa toʻgʻrisida" (1992-yil 13-yanvar) va "Pochta aloqasi toʻgʻrisida" (2000-yil 31 avg .) qonunlari bilan tartibga solinadi (Yana Aloqa).
Xulosa:Tashkilotlarda hodimlar o'rtasida pochta tizimini joriy qilish orqali xabarlar va axborotlar almashinuvi jarayoni yaxshilanadi hamda ish jarayonlari sifati ortadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Pochta orqali axborot almashunuvi qo’llanma.
Pochta aloqasi qo’llanma.
Download 24 Kb.




Download 24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashkilotlarda hodimlar o'rtasida pochta tizimini joriy qilish

Download 24 Kb.