Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish




Download 187,3 Kb.
bet3/4
Sana21.05.2024
Hajmi187,3 Kb.
#248062
1   2   3   4
Bog'liq
3-bo\'lim

3.2.Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish.
1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish — mazkur Nizomga muvofiq maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablarini aniqlashga qaratilgan tekshiruv.
Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan salomatlikka yetkazilgan zararning og‘irligi darajasidan qat’i nazar, yuz bergan guruhli baxtsiz hodisalar;
oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir baxtsiz hodisalar;
o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar.
2. Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol sxemaga binoan quyidagilarga xabar berishi kerak:
hududiy mehnat organining davlat mehnat inspeksiyasiga;
yuqori turuvchi xo‘jalik organiga;
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining mahalliy organiga va “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy organiga, agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga.
3. Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish maxsus vakolatli organ bilan oldindan kelishilmagan va xabardor etmagan holda maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va uch kishigacha o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisani hududiy mehnat organi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya maxsus tekshiradi;
rais — hududiy mehnat organining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori yoki O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili yoxud “O‘zenergoinspeksiya” vakili nazorati ostidagi korxona (obyekt) bo‘yicha;
a’zolar — yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili, ish beruvchi, II bo‘limning 7, 10, 11, 12 va 13-kichik bandlarida ko‘zda tutilgan hollarda jabrlanuvchining asosiy ish joyi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining vakili.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organi nazorati ostidagi korxona (obyekt)larda yuz bergan guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisani tegishli hududiy mehnat organining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” respublika yoki mahalliy organlari buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili ishtirokida tekshiradi. Komissiya raisi qilib shu organ vakili tayinlanadi. Komissiya tarkibiga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektor kiradi.
Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar yuz berganda, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillari tarkibida ish beruvchining buyrug‘i bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan N-1 shaklidagi dalolatnoma maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir kun ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
uch nafardan o‘n bir nafargacha inson sabab bo‘lgan baxtsiz hodisani maxsus tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaroriga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan o‘tkaziladi:
rais — O‘zbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori;
a’zolar — yuqori turuvchi organ rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki tashkilot xodimlarining boshqa vakillik organi raisi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” nazorati ostida bo‘lgan tashkilot (obyekt)dagi baxtsiz hodisa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organining buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya tomonidan yuqori turuvchi organ rahbari ishtirokida tekshiriladi. Komissiya raisi etib Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiyasi” organi rahbarlaridan biri tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori komissiya tarkibiga kiritiladi.
O‘n bir nafar va undan ortiq insonning o‘limiga sabab bo‘lgan baxtsiz hodisalar Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
4. Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, korxona (bo‘linma, sex)dagi mehnatni muhofaza qilish ahvolini, agar zarur bo‘lsa, tarmoqning boshqa korxonalarida ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi hamda III bo‘limning 7- bandida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Komissiya a’zolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil etadilar, zarur bo‘lsa tegishli organlarga takliflar kiritadilar yoki ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o‘lganning oila a’zolariga ularning huquqlarini tushuntiradilar.
5. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori maxsus tekshirish komissiyasi chiqargan xulosalardan norozi bo‘lsa, shuningdek, u zarur deb hisoblagan boshqa hollarda o‘z xulosasini chiqaradi
Komissiya a’zosi maxsus tekshirish o‘tkazayotgan komissiya xulosasidan norozi bo‘lganda o‘zining alohida fikrini bildirishi mumkin.
6. Maxsus tekshirish komissiyasi talabiga ko‘ra ish beruvchi:
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun o‘zlarining oralaridan ekspert guruhi tuzish mumkin bo‘lgan ekspert-mutaxassislarni taklif qilishi;
texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan o‘tkazish va boshqa ishlarni amalga oshirishi;
baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olishi va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi;
tekshirish uchun zarur bo‘lgan transport va aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi;
komissiya a’zolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berishi;
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish materiallarini mashinkada yozishni va yetarli miqdorda ko‘paytirishni ta’minlashi shartdir.
Texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari sinovdan o‘tkazish va taklif qilingan mutaxassislar amalga oshirayotgan boshqa ishlar, shuningdek, transport va aloqa vositalari xarajatlarini baxtsiz hodisa yuz bergan korxona to‘laydi.
Komissiya a’zolari tekshirish davomida ish beruvchidan, korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, guvohlar va boshqa shaxslardan yozma va og‘zaki tushuntirishlar olishga haqlidirlar.
Izoh: Ekspert guruhi tekshirish komissiyasi raisining farmoyishiga muvofiq tuziladi. Ekspert xulosasini talab qiluvchi masalalar va ekspert guruhi xulosasi bo‘lgan materiallar yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
7. Maxsus tekshirish materiallariga quyidagilar kiradi:
maxsus tekshirish dalolatnomasi;
har bir jabrlanuvchiga alohida tuzilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma;
rejalar, sxemalar, tekshirish protokoli va baxtsiz hodisa yuz bergan joyning fotosuratlari;
yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joy sxemasi;
so‘roqlar protokoli, jabrlanuvchining va baxtsiz hodisani ko‘rgan guvohlar va boshqa aloqador shaxslarning, shuningdek, GOST, SSBT standartlari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishiga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning tushuntirishlari, ekspert guruhi tuzish to‘g‘risidagi farmoyish va boshqalar;
jabrlanuvchilarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitilganligi va yo‘riqnomalar olganligi haqidagi qayd daftarlaridan ko‘chirmalar;
jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatning xususiyati va og‘irligi, o‘limi sabablari to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
ekspert guruhining (zarur bo‘lganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar va hokazolarning natijalari;
avariya tufayli ko‘rilgan moddiy zarar haqidagi ma’lumotnoma;
maxsus tekshirish komissiyasi tuzish haqidagi buyruq yoki qaror;
yo‘riqnomalar, nizomlar, buyruqlardan va mehnat xavfsizligi me’yorlarini va unga mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilovchi boshqa dalolatnomalardan ko‘chirmalar;
korxona (bo‘linma, sex)da mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirish to‘g‘risidagi maxsus tekshirish komissiyasining dalolatnomasi;
zarur bo‘lgan hollarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorining xulosasi.
o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma — yetkazilgan zararni qoplash summasini hisoblab chiqish uchun;
boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi — o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuz berganda.
8. Maxsus tekshirish tugagandan so‘ng o‘n besh kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat mehnat texnik inspektori, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi organi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organi nazoratchisi tekshirish materiallarini:
guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga yuboradi;
maxsus tekshirish bo‘yicha barcha materiallarning nusxalarini hududiy mehnat organiga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek, tegishli boshqaruv organi, tashkilotga va jabrlangan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi;
Agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi tashkilot (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa, maxsus tekshirish materiallari nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organiga yuboriladi.
9. Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi (yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbari) maxsus tekshirish materiallarini zudlik bilan ko‘rib chiqishga, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish to‘g‘risida komissiya taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarish haqida, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha lavozimi va kasbiga oid vazifalarning bajarilmasligi (buzilishi)ga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida buyruq chiqarishga majburdir.
Ish beruvchi maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarning bajarilganligi haqida maxsus tekshirish o‘tkazishni boshqargan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektoriga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki O‘zenergoinspeksiyasining obyektlar nazorati ostida bo‘lgan mahalliy organlariga yozma ravishda axborot beradi.
10. Agar jabrlanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotgan davrda shu baxtsiz hodisa sababli o‘lib qolsa, ish beruvchi bu haqda darhol mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektoriga va ushbu Nizomning III bo‘limi 2-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarga xabar berishga majburdir.
Ushbu baxtsiz hodisa o‘lim sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa sifatida hisobga olinishi kerak.

Download 187,3 Kb.
1   2   3   4




Download 187,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish

Download 187,3 Kb.