Yong’in darakchilari va aloqa tizimlari




Download 187,3 Kb.
bet2/4
Sana21.05.2024
Hajmi187,3 Kb.
#248062
1   2   3   4
Bog'liq
3-bo\'lim

Yong’in darakchilari va aloqa tizimlari

  • O’tni o’chirish deganda, yonish uchun zarur bo’lgan uchta omilning birini bartaraf etish yo’lida qilinadigan harakat tushuniladi. YA’ni yonishni to’xtatish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo’ladi: 

  • - yong’in hududiga kislorodni kirish yo’lini to’sish yoki yonuvchi moddani miqdorini kamaytirish, ya’ni to’siq qo’yish;

  • - yonuvchi manba’ hududini yoki yonayotgan moddaning haroratini issiqlikni yutadigan, ammo o’zi yonmaydigan sovutgich moddalar yordamida keskin pasaytirish, demak sovutish; 

  • -yonuvchi suyuq moddalarni o’tda yonmaydigan moddalar (gaz yoki suv) bilan suyultirish. 

  • Amaliyotda yong’inni o’chirishda bu usullarning dastlabki ikkitasi, ya’ni o’tni o’chiruvchi moddalar yordamida ihotalab qo’yish va sovutish usullari ko’proq qo’llaniladi.

  • O’tni o’chirish uchun ishlatiladigan, olovda yonmaydigan turli xildagi moddalar, jumladan suv, inert gazlardan karbon ikki oksidi, azot, argon, suv bug’lari, kimyoviy ko’piklar, geterogen kukunlar, galogen karbovodorod sovutgichlari va ularni uzatib beruvchi uskunalar va boshqalar o’t o’chirish vositalari bo’lib xizmat qiladi. 

  • Bugungi kunda o’t o’chirish vositasi sifatida yong’inni o’chirishda eng ko’p ishlatiladigani suv hisoblanadi. Suvdagi o’tni o’chirish xususiyatlari, uni yuqori darajadagi issiqlikni yutuvchanligi (issiqlikni yutish qobiliyati 2260 kDj/kg), yuqori haroratga chidamliligi va bug’langanda hajmini 1700 marotaba ko’payib ketishi bilan belgilanadi. Suv o’t o’chirishda eng qo’lay vositalardan xisoblanadi, chunki unda birvaqtni o’zida 3 ta xislat, ya’ni sovutish, suyultirish va ihotalash xususiyatlari mavjud.

  • Suv oqimini katta b osim ostida kuchaytirib beraoladigan 28-50 mm diametrli brandsboy lafet uskunalari yoki diametri 13-25 mm bo’lgan dastakli o’t o’chirish vositalari yordamida yaxlit yoki maxsus purkagich uskunalar yordamida suv bug’lari oqimi shaklida purkab uzatilishi mumkin. Suvni bu boradagi kamchiligiga, uning yonuvchi sirtga yopishmasligi va oquvchanlik xususiyatlarini ko’rsatish mumkin. Buning oqibatida suv ko’p miqdorda sarflanadi va atrofdagi buyum va jihozlar yaroqsiz holga kelib qoladi.

  • Suvni o’ziga shimib olish xususiyati past bo’lgan moddalarni o’chirishda suvga 1% li, ko’pik hosil qiluvchi, sulfanol, natriykarboksimetilsellyuloza moddalari qo’shilsa, paxta yoki undan tayyorlangan matolarni o’chirishda suvning sarfini 2-2,5 barobarga kamayishini ta’minlash mumkin bo’ladi.

  • Bundan tashqari shuni ham nazarda tutish lozimki, hamma yong’inlarda ham o’t o’chirish vositasi sifatida suvni ishlatish mumkin bo’lavermaydi. CHunonchi, metal va uning gidridlari, metaloidlar va karbidlarni hamda elektr dastgohlari yonganda ularni suv bilan o’chirish ma’n etiladi. CHunki bunday yong’inni o’chirish jarayonida noxush oqibatlar yuzaga kelishi, ya’ni yong’inni kuchayib ketishi yoki elektr ta’siridan fojia yuz berishi mumkin.

  • Yong’inni o’chirishda suv va ko’pik moddalarini ishlatish mumkin bo’lmagan holatlarda o’t o’chirish vositasi sifatida yonmaydigan gazlardan keng foydalaniladi. Bunday gazlarga azot, karbon ikki oksidi, argon, brometil, xlor brommetan va boshqalar misol bo’ladi.

  • Bu gazlar havodagi kislorodni yonishga yordam beraolmaydigan darajagacha suyultirish yoki uni yonuvchi muhitdan (yopiq hajmda) siqib chiqarish maqsadida ishlatiladi. Masalan, shu maqsadda eng ko’p ishlatiladigan karbonat angidridi (SO2) havodan 1,5 barobar og’ir bo’lganligi sababli, pol sathidagi yonuvchi hajmni sovutish bilan birga unga keladigan kislorod yo’lini to’sish evaziga, yong’inni tez o’chirish imkonini beradi. 1litr suyuq karbonat angidridi, balondan ochiq havoga chiqarilganda uning hajmi 506 litrga ko’payadi. Bu degani yopiq hajmdagi yonuvchi manba’ga, tashqaridan kislorodni kirib kelishiga mutlaqo imkon qolmaydi demakdir. Odatda, SO2 suyuq yoki gaz holatida 2 litrdan to 80 litrlik hajmdagi harxil po’lat balonlarda, 3430 kPa bosimda saqlanadi. Gazni o’t o’chirish uchun qo’llashda balonlarda o’rnatilgan, maxsus og’zi kengaytirilgan karnaycha orqali uzatiladi. Undan chiqayotgan gaz oppoq parcha-parcha qorsimon ko’rinishda bo’lib, karnaychadan otilatib chiqish paytida harorati - 80oS ga yaqin bo’ladi. SHu boisdan ularni ishlatishda xavfsizlik nuqtai nazaridan qo’lqop kiyilishi zarur xisoblanadi.

  • Karbonat angidridi to’lg’azilgan gaz balonlarini xavfsizlik holati ular saqlanayotgan muhitning haroratiga bog’liq bo’ladi. Muhitning harorati ko’tarilgan sari, balondagi suyuq karbonat angidridi gaz holatiga aylanaboshlaydi, natijada balondagi bosim ko’tarilib portlash xavfi yuzaga keladi. Bunday xavfni oldini olish uchun barcha o’t o’chirgichlarning balonlari suyuq gaz bilan faqat 75% hajmida to’lg’aziladi va ularning hammasi himoya pardalari (membranalar) bilan ta’minlangan bo’ladi.

  • Birlamchi o’t o’chirgich vositalari ichida eng ko’p ishlatiladigan vosita, bu qo’lda ishlatiladigan o’t o’chirgichlardir. YOng’inni dastlabki davrida bunday o’t o’chirgich vositalarni ahamiyati juda katta. Birlamchi o’t o’chirgich vositalarini o’z joyida tezkorlik bilan ishlatabilish har bir ziyolining fuqarolik burchidir.

  • Qo’lda ishlatiladigan birlamchi o’t o’chirgich vositalari kimyoviy ko’pikli, gazli va kukunli turlarga bo’linadi va ularni og’irligi 20 kg dan oshmasligi kerak. O’t o’chiruvchi vosita sifatida karbon ikki oksidi (suyuq holatda), tarkibida brom aralashgan aerozollar va poroshoklar ishlatiladi.

  • Kukunli o’t o’chirgich OPS-10 vositasining ish uslubi maxsus balonchadagi siqilgan havo yordamida o’t o’chirgich korpusida joylashgan kukunni puflab chiqarishga asoslangandir. Bunday o’t o’chirgich vositalari ishqorli metallar ishtirokida sodir bo’lgan yong’inlarni, shuningdek avtomobil motori va elektr tarmog’iga ulangan holda yonayotgan dastgohlarni o’chirishda qo’llaniladi va bitta OPS-10 yordamida 0,25 m2 yuzadagi yong’inni o’chirish mumkin. Uning ishlash muddati 45-80 soniyaga etadi. Bu toifadagi o’t o’chirgichlarda ishlatiladigan kukun namunalari natriy gidrokarbonat, alyuminiy va magniy moddalari aralashmasidan tarkib topgan bo’lib, olovni o’chirish uchun kukunni yonayotgan yuzaga purkash kifoya qiladi.



  • 3.2-rasm. Kukunli o’t o’chirgichlar

  • Ko’pikli o’t o’chirgichlarni suv bilan o’chirilishi mumkin bo’lgan barcha qattiq jismlar va ba’zi suyuqliklar, jumladan benzin, kerosin (spirt, atseton, serouglerodlardan tashqari) kabi engil yonuvchi moddalar yonganda o’chirish uchun mo’ljallangandir. SHunday rusumdagi bitta o’t o’chirgich bilan 0,75-1,0 m2 maydondagi yong’inni o’chirish mumkin. Bu bilan bir qatorda OVP-10 rusumli havo-ko’pikli o’t o’chirgich ham, OXP-10 o’t o’chirgichlari qo’llaniladigan yong’inlarni o’chirishda qo’llanilishi mumkin.

    OVP-10 va OVP-5(3) rusumli havo bilan mexanik ko’pik aralashmasida ishlaydigan o’t o’chirgichlarda 6 % li ko’pik hosil qiluvchi PO-1 eritmasi zaryad sifatida to’ldiriladi. Bu zaryadni haydab chiqarish uchun ballon (6)da yuqori bosim ostida joylangan karbon javhari xizmat qiladi. O’t o’chirgich havoli mexanik ko’pikni hosil qilish uchun maxsus qopqali sifon naycha (9) bilan jihozlangan.
    Bunday o’t o’chirgichlarni ishlatish uchun, dastlab dastak(3) ni 180 grad. aylantiriladi. Bu holda shtok (4) stakan (2) dan ajraydi va o’t o’chirgich korpusini 140 grad. ag’darib, kupik sachratuvchi teshikni yonuvchi manbaga yunaltiriladi. SHunda stakandan oqib chiqqan karbon javhari ko’pik hosil qiluvchi eritma bilan qo’shilib ishchi kamerada bosim hosil qiladi. Bu bosim ta’sirida eritma sifon naychasi (5) orqali purkagich (8) ga tushadi va uerda eritmani havo bilan aralashuvi natijasida havoli mexanik ko’pik hosil bo’ladi.

    • Gazli o’t o’chirgichlar karbon javharli, aerozolli va karbon dioksidbrometilli turlarga bo’linadi (chiz. 31). Karbon ikki oksidi (chiz. 31 a, b) va galoidlangan uglevodorod (aerozolli, chiz. 31 v, g) asosida ishlaydigan o’t o’chirgichlar, elektr quvvati bilan ishlaydigan dastgohlar, elektr motorlar va avtomobillar hamda qimmat baho ashyolar hujjatlar (ko’rgazma zallari, arxiv va kutubxonalardagi buyumlar) yonganda qo’llash uchun mo’ljallangan.

    • O’t o’chirish tajribasida qo’llaniladigan yana ikkita, OUB-7 va OPS-10 o’t o’chirgich vositalari mavjud bo’lib, ularda o’t o’chiruvchi modda sifatida galoidlangan uglevodorod va o’tni o’chiruvchi kukunlar ishlatiladi.

    • Bunday kukunli o’t o’chirgichlarni ishlash tartibi, ularning ichidagi balonchadan chiqayotgan siqilgan havo ta’sirida o’tni o’chiruvchi kukun so’rilib, diffuzorga uzatib berishga asoslangan, diffuzor esa o’z navbatida kukunni purkab yuborishga xizmat qiladi.




    Download 187,3 Kb.
  • 1   2   3   4




    Download 187,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yong’in darakchilari va aloqa tizimlari

    Download 187,3 Kb.