|
3. Hayot foaliyati xavfsizligi
|
bet | 2/2 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 25,58 Kb. | | #273825 |
Bog'liq Hayot faoliyati xavfsizligiGuruh–sanitar-gigienik ishlab chiqarish muhiti, ish hududini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llaniladigan uskunalar va texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lib, miqdoriy baholanishi mumkin va me’yorlanadi.
Sanitar-gigienik omillar:
yoritilganlik (tabiiy, sun’iy);
mikroiqlim;
havo xarorati, S;
nisbiy namlik, %;
havo harakati tezligi, m/s;
havo muhitida zaharli moddalar (bug‘lar, gazlar, aerozollar) mg/m3;
mexanik tebranishlar:
tebranish (titrash) (Gs-chastota, mm, amplituda, tebranish tezligi-m/s);
shovqin (oktava chiziqlari, Gs-chastotasi, tovush bosimi darajasi-Db);
ultratovush (shovqin kabi);
infraqizil, ultrabinafsha, ionlashish nurlanish (km, m, dm, sm, mm);
radiochastotalar to‘lqinlari (Gs, kGs, Mgs);
atmosfera bosimi (dengiz darajasidan ham baland: m, mm, barometrik, simob ustuni);
kasbiy infeksiyalar va biologik agentlar.
Guruh - mehnat jarayoni bilan shartlanadigan psixo-fiziologik. Ushbu guruhdan faqat bir qismi miqdoriy baholanadi.
Psixofiziologik (mehnat) omillari:
jismoniy vazifa (kkal);
ish holati;
asab – psixologik - aqliy, asab - hissiyot, ko‘rishning zo‘rayishi, asab-ruhiy vazifa;
mehnat jarayonining bir xilligi;
mehnat va hordiq tartibi (rejimi):
smena ichi (tushlikka tanaffus);
sutkalik (ish smenalarining davomiyligi);
yillik (ta’tilning davomiyligi);
Guruh–estetik omillar, ishlayotganlar tomonidan atrof-muhit ahvoli va uning elementlari qabul qilinishi bilan xarakterlanadi, miqdoriy baholanmaydi.
Estetik omillar:
ish hududida yorug‘lik tovush muhiti kompozitsiyasining uyg‘unligi, havo muhiti hidlarining hushbuyligi, hamohanglik kompozitsiyasi, ish holatlari va mehnat harakatlarining uyg‘unligi;
jamoaning ijtimoiy - ruhiy birdamligi;
jamoada guruhlararo munosabatlar xarakteri (janjalli holat, darajasi);
Guruh - mazkur mehnat jamoasida psixologik iqlimni xarakterlaydigan sotsial-psixologik omillar, miqdoriy baholanmaydi.
Ish vaqtidan foydalanishni va korxonada mashg‘ul bo‘lgan mehnatni tashkil etish shakllarini tashkil qilish asosida mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini takomillashtirish sohasida tadbirlar ishlab chiqiladi, ularning maqsadi mavjud texnika asosida mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir. Bunday tadbirlarning eng muhim yo‘nalishlari quyidagalardir:
Ayrim ishchilar, kasblar va ish o‘rinlari, brigadalar, uchastka va sexlar bo‘yicha loyihalashtiriladigan ish vaqti balanslarini tuzib chiqish, bu balanslarni o‘zaro bajariladigan ishlar va mehnat funksiyalarining mehnat sarfi darajasi bilan bog‘lash;
Ishlab chiqarish jarayonining barcha uchastkalarida bir xil intensivlikni va mehnat xamda dam olishning ilmiy asoslangan tashkiliy asosda mehnat, uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash.
Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining xar qanday shakllarida ijrochilarning samarali, yuqori unum bilan ishlashining zarur sharti ish o‘rinlarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatishdir. Ish o‘rni xar qanday ishlab chiqarish va mehnat jarayonining birinchi bo‘g‘ini bo‘lib, aynan ish o‘rnida ishlab chiqarish jarayoni uchta elementining xammasi: mehnat ashyolari, mehnat vositalari va ishchi kuchi, ya’ni ijrochi xodimning jonli mehnati yagona bo‘lib boshlanadi, bu xamkorlik natajasida esa yanga iste’mol qiymatlari, mehnat maxsulotlari yaratiladi. Shuning uchun xam ish o‘rinlarini tashkil etishga katta e’tibor beriladi.
Ish o‘rin - ishlab chiqarish makonining bir qismi bo‘lib, unda barcha asosiy va yordamchi texnologaya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari bo‘ladi va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Isho‘rni ichida ish zonasi ajratiladi, bu uch o‘lchovli makon bo‘lib, uning doirasida xodimning barcha asosiy mehnat xarakatlari amalga oshiriladi. Bu zona ish o‘rnining eng faol kismi hisoblanadi va uni tashkil etishga aloxida talablar qo‘yiladi: insonning antropometrik va biomexanik shrametrlariga mos kelishi, fiziologik jixatdan oqilona ish vaziyatini, tana a’zolarining mehnat ashyolariga, asbob yoki mashinalar va mexanizmlarni boshqarish organlariga yetishi, shuningdek mehnat xarakatlarining xavfsizligini va mehnat sharoitlarining zararsizligini kafolatlash. Ish o‘rni va ish zonasini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni fanning maxsus tarmog‘i - ergonomika tomonidan ishlab chiqiladi. Bu fanning vazifasi - insonning mehnat jarayonlarsdagi funksional imkoniyatlarini o‘rganish va eng maqbul mehnat sharoitlarini yaratishi yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chikishdir
Ko‘p paytda ish o‘rinlaridagi barcha mehnat jarayonlari qo‘l bilan amalga oshiriladi, ko‘l asboblari qo‘llaniladi, mehnat ashyolarini o‘zlashtirishning asosiy energiya manbai odamning jismoniy kuchi hisoblanadi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ish o‘rinlari qo‘l va mashina-qo‘lda shi bajariladigan ish o‘rinlaridan shu bilan farqqiladiki, asosiy texnologik jarayonlar to‘la-to‘kis mashinalar va mexanizmlar bilan amalga oshiriladi, xodim zimmasida esa faqat mashinalarni boshqarish qoladi, ya’ni insonning quvvati boshqaruvga sarf etishadi, mehnat buyumini o‘zgartirish esa uning zimmasiga kirmaydi. Mexanizatsiyalashtirilgan ish o‘rinlariga yarim avtomatlarda ishlaydigan stanokchilar, avtotransport xaydovchilari, ekskavator yoki buldozer mashinistlari, quduqlar qaziydigan parmalovchi ustalar va boshka ko‘pgina kasblar va ish turlarini bajaradigan xodimlarning ish o‘rinlari kiradi. Bu yerda mashina avtomat tarzida emas, balki insonning doimiy boshkaruvida ishlaydi.
Avtomatlashtirish ish o‘rinlarida bugun texnologaya jarayoni stanok, mashina yoki avtomat tarzida xarakat kiladigan agregat yordamida inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, xodim zimmasida fakat avtomatni ishga tushirish va to‘xtatish uning ishini nazorat kilish va zarur bo‘lganda sozlash va yarim sozlash ishlari koladi. Xodimning anchagina vakgi bo‘shab koladi, bu vakgdan ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishda va mehnat unumdorligini birmuncha oshirishda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Avtomatlashgan jarayonlarda bo‘lgani kabi xodim fakat apparaturalar bajaradigan jarayonlarni kuzatadi va nazorat kiladi, zarurat tugashganda ularni tartibgasoladi.
Ixtisoslashuv belgisi bo‘yicha barcha ish o‘rinlari ixtisoslashgan va universal ish o‘rinlariga bo‘linadi. Mazkur vazifalarni bajarish uchun jixozlangan ixtisoslashgan ish o‘rinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi bo‘yicha bir - biriga yakin vazifalar bajarilishi mumkin. Universal ish o‘rinlarida xilma - xil ishlar bajariladi. Bunday ish o‘rinlari odatda asbob - uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chikarish sharoitida bir ish turidan tezda boshkasiga o‘tib ishlash imkonini beradigan bir kator stanoklar va mexanizmlar bo‘ladi.
Mehnat taksimoti belgisi bo‘yicha ish o‘rinlarining ikki turi - yakka tartibdagi ish o‘rinlari va jamoa ish o‘rinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish o‘rnida xar doim bitta ijrochi xodim band bo‘ladi. Jamoa ish o‘rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bu o‘rinda kadrlarni tanlash ijrochilar o‘rtasida vazifalarni anik taksimlash va xar bir xodimning jamoa mehnatiga ko‘shgan mehnat xissasiga xolisona baxo berish muxim axamiyatga egadir.
Xizmat ko‘rsatiladigan asbob - uskunalar soniga karab ish o‘rinlari bir stanokli va ko‘p stanokli bo‘lishi mumkin. Ikki yoki undan ortik ish o‘rinlariga yarim avtomat yoki avtomat asbob - uskuna bilan ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishda bir vaktning o‘zida xizmat kursatiladigan mashinalar va mexanizmlarning mumkin bo‘lgan sonlarini to‘gri aniklash zarur. Bundan maksad ularning bekor turib kolishiga barxam berish va ijrochi ishlarini unumli mehnat turi bilan band qilishdir. Bunday xizmat ko‘rsatishga ishlab chiqarish to‘liq yoki qisman avtomatlashgan taqdirda erishish mumkin.
Lekin ish o‘rinlari qanchalik xilma - xil bo‘lmasin, ular qanday turkum va guruhlarga bo‘linmasin, ish o‘rinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar xam mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: ta’minlash, rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Tashkil etishning bu elementlari juda muxim va e’tibor berishga molikdir
Asosiy texnologak uskunalarga: elektr mashinalar, ish mashinalari, agregatlar, avtomat liniyalar, texnologik apparaturalar va shu kabilar, ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga yordam beradigan barcha narsalar kiritiladi.
Yordamchi asbob-uskunalar: transportyorlar va boshka transport vositalarini yigish, payvandlash va sinash stendlari, turli yuk ko‘tarish kurilmalari va xokazolar kiradi.
Texnologik uskuna tarkibiga kirkuvchi va o‘lchovchi asboblar, turli moslamalar va texnik xujjatlar kiradi, tashkiliy jixozlar esa ishlab chikarish mebeli, idishlar, signal berish vositalari, aloka yoritish vositalari, to‘sib turuvchi va saklovchi kurilmalar xamda mehnatni muxofaza kilish va xavfsizlik texnikasi vositalarini kamrab oladi. Sanoatning xar bir tarmogida asosiy va yordamchi ishchilarning, ayniksa mashinasozlikning yetakchi tarmoklaridagi ishchilarning ish o‘rinlarini jixozlashga kiradigan batafsil buyumlar ro‘yxati ishlab chikilgan bo‘ladi.
Asosiy va yordamchi texnologik asbob - uskunalarga xamda texnologik va tashkiliy jixozlash ashyolariga kattik ergonomis talablar ko‘yiladi. Ergonomika insoniyatning mehnat jarayonlaridagi funksional imkoniyatlarshsh o‘rganadi va ishchanlik kobiliyatini, yuksak mehnat unumdorligini va ishlovchilar sogligini saklashni ta’minlaydigan koidalarni ishlab chikadi. Ergonomika “Inson - mashina – muxit” tizimini o‘rganadigan, insonning tanasi antropometrik mezonlarini fiziologik va psixo-fiziologik xususiyatlarini, shuningdek ishlab chikarishga kuyiladigan sanitariya - gigiena talablarini belgalab beradi.
Mashinalar, asbob - uskunalar va jixozlarni loyixalashtirish va joylashtirish uchun ish o‘rni va ish zonasining imkoniyatlari bilan makonda mos kelishi (tana a’zolarining yetishi mumkin bo‘lgan zonalarini aniklash, ish xarakatlari, traektoriyasi, mehnat jarayonida ish almashtirlar va shu kabilar) muxim axamiyatta egadir. Bu masaladagi eng muxim narsa inson xarakatlari va energiyasini tejash tamoyili xisoblanadi. Ana shu vazifalarni xal etish uchun insonning ashropometrik belgilarini, yani inson tanasining asosiy o‘lchovlari to‘grisidaga ma’lumotlarni xisobga olish zarur. Asbob-uskunalar va ish o‘rinlarini loyixalashtirishga fiziologik jixatdan oknlona bo‘lgan ish xolatini ta’minlaydigan jixatlar insonnning antropometrik jixatdan mos kelish tamoyili (uning tanasi va ishchi a’zolarining muvofikligi) va ish o‘rinlarini xamda asbob-uskunalarini jixozlashning moddiy buyumlari mosligi asos kilib olinadi.
|
| |