|
3. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'idan Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ini hisoblash va to'lash muddatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
|
bet | 3/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 35,19 Kb. | | #230296 |
Bog'liq 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig\'idan Jismoniy Soliq solish obyektL- bu subycktning soliq to'lash majburiyatmi shart
qilib qo'yuvchi yuridik dalillardir (mazkur holatda mulkehilik huquqida
mol-mulkka egalik qilish bunday yuridik dalil hisoblanadi).
Soliq solish predmeti (atama mazmuniga ko'ra soliq solish obyektiga
yaqin) — bu tegishli soliqning undirilishini asoslab beruvchi daliliy xususiyatdagi belgilardir. Masalan, uy, kvartira kabi mol-mulk uchun mulkchilik huquqi obyekti bo'ladi, uy yoki kvartiraning o'zi esa soliq solishpredmeti hisoblanadi va h.k.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-dekabrdagi 478-sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslarga mulk huquqida
tegishli bo'lgan uy-joylar, kvartiralar (shu jumladan, xususiylashtirilgan
kvartiralar), garajlar, boshqa imoratlami bahaolash va qayta baholash
uchun yagona funksional ko'rsatkich-imorat, bino umumiy maydonning
kvadratmetri belgilanadi. Bu esa soliq solish birligidir.
O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 93-moddasi soliq bo'yicha
imtiyozlarga ega bo'lgan shaxslar doirasini tartibga soladi. Uning tahlili
shuni ko'rsatmoqdaki, qonun chiqaruvchi har qanday mol-mulk solig‘idan
ozod etiladigan jismoniy shaxslarning qator toifalarini ajratadi, jismoniy
shaxslarning boshqa guruhlariga esa, faqat imoratlar, binolar va inshootlar
uchun soliq to'lash bo'yicha imtiyozlar berdi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo'm itasining «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab
chiqish va budjetga to'lash tartibi to'g'risida» yo'riqnomaga muvofiq jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash soliq xizmati organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Mol-mulk solig'idan imtiyoz olish huquqiga ega bo'lgan kishilar soliq
xizmati organlariga kerakli hujjatlami taqdim etadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlar bo'yicha mol-mulk solig'i har yili
1-yanvardagi holati yuzasidan kommunal xizmat ko'rsatish imoratlari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma’lumotlar asosida, ma’lumotlar
bo'lmagan taqdirda esa mazkur obyektlaming qiymati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532 soni qarorining
14-ilovasiga asosan, ya’ni jismoniy shaxslar mol-mulkni baholash bo'yicha
organlar belgilangan inventarizatsiya qiymati bo'lmasa soliq undirish uchun
Toshkent shahari va viloyat markazlarida 2100 ming so'm boshqa shaharlar
va qishloqlarda 920,0 ming so'm miqdordagi mol-mulkning shartli qiymati
qabul qilinadi hamda shu asosida 2007-yil I-yanvardan boshlab soliqqa tortiladi.
Imoratlar, binolar va inshootlar bir qancha mulkdorlarga tegishli
umumiy hissali mulk egalari bo'lganda soliq har bir mulkdoming imoratlari, binolar va inshootlardagi hissasiga qarab hisoblanadi.
Yangi qurilgan yoki sotib olingan mulklar bo'yicha soliq kelgusi yil
boshidan boshlab hisoblanadi.
Meros bo'yicha mol-mulkdan soliq merosxo'rlardan meros ochilgan
paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yo'q qilingan, butunlay vayron
bo'lgan oydan e’tiboran to'xtatiladi.
Mol-mulkka mulk huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan
boshqasiga o'tganda soliqni birinchi mulkdor o'sha yilning 1-yanvaridan
bu mol-mulkka mulk huquqini o'qotgan oyning boshigacha to'laydi, ya’ni
mulkdor esa mulk huquqini qo'lga kiritgan oydan e’tiboran to'laydi.
Kalendar yil davomida imtiyozga ega bo'lish huquqi paydo bo'lgan
taqdirda mol-mulk solig'i ana shunday huquq vujudga kelgan oydan
e’tiboran qayta hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lash usuli —
kadastrli usul hisoblanadi. Soliqni bunday usul bilan toiashning o'ziga xos
xususiyati shundan iboratki, mol-mulkka uning tashki belgilari, mo'ljallanayotgan daromad asosida soliq solinishi bois, soliqni to'lash vaqti daromadni olish vaqti bilan hech qanaqa bog'liq emas va shu munosabat bilan
mol-mulk solig'ini to'lash uchun qatiy muddat belgilanadi. Jumladan,
mol-mulk solig'i teng ulushlarda ikki muddatda — 15-iyun va 15-dekabrdan kechiktirmay to'lanadi (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
95-moddasi).
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solish prcdmeti
joylashgan joydagi soliq organi tomonidan hisoblab chiqiladi, bunda soliq
organi tomonidan yozib beriladigan toiov xabamomasi to'lovchilarga har
yili joriy yilning l-mayidan kechiktirilmay topshiriladi (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 95-moddasi 8-qismi). Shunday qilib, soliq to‘-
lovchining roli go'yki passivdir.
Soliqlar bo'yicha to'lovlar faqatgina soliq solish predmeti joylashgan
joydagi mahalliy budjetga o'tkaziladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq uning har yili
1-yanvar holatiga ko'ra ro'yxatga olish (invetarizatsiya) qiymatiga nisbatan
% hisobida hisoblab chiqariladi. Agar imoratlar, binolar va inshootlaming
ro'yxatga olish qiymati haqidagi m a’lumotlar bo'lmasa, u holda soliq
ushbu mulkning davlat majburiy sugurtasi bo'yicha summalami hisoblash
uchun belgilangan qiymatidan, shuningdek, har yilning 1-yanvar holatiga
ko'ra baholanishidan chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
2002-yil 1-yanvardan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va 2002-yilgi O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari to'g'risida»gi 490-son qaroriga muvofiq joriy etilgan jismoniy shaxslardan olinadigan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilig'isi va
suyultirilgan gaz iste’moliga solig'ini hisoblab chiqarish va to'lash tartibi
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo'mitasining
yo'riqnomasida belgilab berilgan.
Yuriqnomaga muvofiq ushbu soliq turi bo'yicha soliq summasi jismoniy shaxslarga sotiladigan benzin, dizel yoqilig'isi va suyultirilgan gaz
uchun mablag' toianishi bilan bir vaqtda undiriladi va soliq summasi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
NqV St,
Bu yerda:
N-hisoblab yozilgan soliq;
V-jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yoqilig'isi va suyultirilgan gazning natural ifodadagi hajmi;
St-soliq stavkasi.
Soliq summasi chakana narxga qo'shimcha ravishda belgilanadi va jismoniy shaxs-xaridorga berilgan chekda alohida satr bilan ko'rsatiladi.
Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi hujalik yurituvchi
subyektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to'lanadigan
soliqlar, yig'imlar va majburiy to'lovlar bo'yicha soliq obyekti bo'lmaydi.
Budjetga soliq to'lovchilar sotilgan benzin, dizel yoqilig'isi va suyultirilgan gaz hisobi hamda hisoblangan soliq summalari hisobini alohida
yuritadilar.
Budjet bilan hisob-kitoblar hisobi «Budjet bilan hisob-kitoblar» hisobvarag'i bo'yicha — «Jismoniy shaxslardan olinadigan transport vositalari
uchun benzin, dizel yoqilig'isi va suyultirilgan gaz iste’moliga soliq» ilova
hisobvarag'ida yuritiladi, soliqni o'tkazish «hisob-kitob varag'i» hisobvarag'i bo'yicha aks ettiriladi.
Soliq mahalliy budjetga 0 ‘zbekiston Respublikasi budjetlari daromad
va xarajatlarining tegishli tasnifiga ko'ra bulim va paragrafga to'lanadi.
Soliq bank muassasalari orqali har o'n kunda, benzin, dizel yoqilig'isi
va suyultirilgan gaz jismoniy shaxslarga sotilgan oy un kunligi tugaganidan
so'ng uchinchi kundan kechiktirmay to'lanadi.
Joriy o'n kunlik to'lovlar hisobiga olingan soliq bo'yicha hisob-kitob
avtomobilga yonilg'i qo'yish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq
xizmati organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan
kechiktirmay taqdim etiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'idan Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ini hisoblash va to'lash muddatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
|