• Ish haqida nazariy ma’lumot
  • Tayyorlash
  • 3-Laboratoriya ishi




    Download 398,69 Kb.
    Sana27.05.2024
    Hajmi398,69 Kb.
    #254746
    Bog'liq
    3-labaratoriya ishi

    3-Laboratoriya ishi.


    Ishning maqsadi: Elektron doska yordamida amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishni o‘rganish.
    Ish uchun kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, elektron doska

    Ish haqida nazariy ma’lumot


    StarBoard interaktiv doska – bu kompyuterdagi tasvirlarni proyektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio ma’lumotlar va obyektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi.
    Quyida foydalanuvchi uchun boshlang‘ich amallarni bajarish usullari keltirilgan. Keltirilgan amallarni o‘qish bilan birga bajarish tavsiya etiladi.


    Tayyorlash:


    StarBoard ulanishini tekshiriladi (zarur holatda kalibrovka amalga oshiriladi).

    1-rasm.

    Salomlashish oynasi:


    StarBoard Software ishga tushirilganda quyidagi ekran namoyon bo‘ladi.
    2-rasm.
    Bu ekran ish rejimini tanlash imkonini beradi. Misol uchun interaktiv doskadan foydalanish uchun [Интерактивная доска] tanlanadi.
    Uskunalar paneli: StarBoard Software Uskunalar Paneli rejimi ishga

    tushirilganda quyidagi ekran hosil bo‘ladi.
    3-rasm.
    Uskunalar Paneli yordamida barcha amallar bajariladi
    4-rasm.
    Chizish / O‘chirish: [Перо] chiziq chizishda foydalaniladi.

    • O‘chirish uchun Uskunalar panelidagi [Ластик] dan foydalaniladi.

    • Ekranni to‘liq tozalash uchun [Очистить] tugmasidan foydalaniladi.

    • Перо rangini o‘zgartirish uchun [Палитра] tanlanadi.

    Chiziq qalinligini o‘zgartirish uchun tugmasidan foydalaniladi.
    5-rasm.
    Siljitish: Sahifani siljitish uchun [Прокрутка] tugmasini bosgan holatda tepaga/pastga o‘tkaziladi. [Навигация] tugmasi ham o‘tkazish uchun ishlatiladi. Uni bosgan holatda quyidagi muloqot oynasi chiqadi:

    6-rasm.
    Sahifa qo‘shish: Yangi sahifa qo‘shish uchun tugmasi bosiladi. Shuningdek, [Шаблон...] tugmasi yordamida ham yangi sahifa yaratish mumkin. Ixtiyoriy shablon tanlab sahifa yaratish mumkin.
    7-rasm.
    Sahifaga o‘tish: Bir nechta sahifadan iborat hujjatda sahifalararo oldinga va orqaga o‘tish mumkin: orqaga – [Назад] , oldinga [Вперед] .
    Shuningdek, sahifalar ro‘yxati orqali ham o‘tish mumkin: [Список Страниц]
    .
    Saqlash / Ma’lumotlarni chop etish: Yangi ma’lumotni saqlash dasturdan
    chiqish vaqtida amalga oshiriladi.
    Ayni vaqtdagi holatni saqlash uchun Uskunalar panelidagi [Сохранить] tugmasi bosiladi.
    [Список Страниц] muloqot oynasida ma’lumotni xohlagan vaqtda saqlash mumkin.

    8-rasm.
    Ma’lumotni saqlash uchun [Сохранить] tugmasi bosiladi. Ma’lumotni chop etish uchun [Печать] tugmasi bosiladi.
    Ishni tugatish: Ishni tugatish uchun [Выход] tugmasi bosiladi.
    9-rasm.
    Ma’lumotni saqlash uchun [Сохранить] tugmasi bosiladi. Bu kabi yangi texnika vositalari va texnologiyalari yordamida ta’limda dars samaradorligini oshirish hozirgi kunda oldimizga qo‘yilgan maqsad bo‘lishi lozim.
    Download 398,69 Kb.




    Download 398,69 Kb.