|
3-laboratoriya ishi
|
bet | 2/6 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 203,54 Kb. | | #111266 |
Bog'liq 3 лаб- Пшеница;
- Антрацит;
- Сигареты;
- Лампы накаливания;
- Волокно хлопковое;
- Цемент всякий марки до м-400 в таре;
- Уголь каменный марки ОС-отощенный спекающийся va h.k.
Yuklarning ЕТСНГ kodining pozitsiya nomeri (birinchi uchta raqam) bo‘yicha yuklarning reja va ortishni hisobga olish nomenklaturasi hamda shifri Прейскурант 10-01 [7] bo‘yicha aniqlanadi. Bu nomenklaturada yuklar shunday alomatlari bo‘yicha birlashtirilganki, asosiy ommaviy yuklar nomenklaturasi qisqa bo‘lishini, taqqoslanuvchanligini, tashish sharoitlarini belgilashini va harakatdagi sostav turini tanlash imkoniyatini berishi inobatga olingan. Yuklarning reja va ortishni hisobga olish nomenklaturasi yuk tashishlarni rejalashtirishda va ortishni hisobga olishda foydalaniladi.
Yuklarning kodini himoyalovchi nazorat soni kompyuterda (yoki dastagi) hisoblanadi va tekshiriladi. Buning uchun 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 1 2 3.... vazn qatoridan va 11 modulli nazorat metodidan foydalaniladi. Yukning kodni birinchi beshta sonlarini 1 2 3 4 5 vazn qatoriga razryadlar bo‘yicha ko‘paytmasi summasini 11 moduliga bo‘lish natijasidagi qoldiq, kodni himoyalovchi nazorat soni hisoblanadi. Qoldiq (nazorat soni) ikki raqamli (10) son chiqqan hollarda, vazn qatori ikki pozitsiyaga suriladi, ya’ni yuk kodining sonlari razryadlar bo‘yicha, 3 4 5 6 7 vazn qatoriga ko‘paytiriladi. Agar shunda ham qoldiq (nazorat soni) 10 ga teng bo‘lsa, yuk kodini himoyalovchi nazorat soni qiymati 0 ga teng deb qabul qilinadi. Bu metod yordamida axborot vositalariga kiritilgan barcha noto‘g‘ri kod sonlari va boshqa xatolar aniqlanadi.
Misol: “Мука пшеничная высшего сорта” ni ЕТСНГ bo‘yicha kodi, yuklarni reja va ortishni hisobga olish nomenklaturasida qaysi nomenklatura guruhiga mansubligi va shifri hamda nazorat soni aniqlansin.
Yechish: №407-To‘plamini, “Yuklarning alfavit ro‘yxati” [10] dan yoki “ЕТСНГ-Alf.” faylidan “Мука пшеничная высшего сорта” ni ЕТСНГ bo‘yicha kodini qidirib topamiz va yozib olamiz.
Ko‘rsatma: “ЕТСНГ-Alf.” faylidan yuklarni kodini qidrib topish uchun “YTIB lab. el.” papkasidagi “ЕТСНГ-Alf.” fayli ochiladi, so‘ngra Ctrl va F tugmachalari baravariga bosiladi. Monitorda “Найти и заминит” darchasi ochiladi. Darcha “Найти” holatiga keltiriladi va uning qatoriga qidirilayotgan yukning nomi xato qilmasdan yoziladi, so‘ngra darchaning “Найти далее” tugmasi sichqoncha chap tugmachasi yordamida bosiladi.
1-rasmda “Мука пшеничная высшего сорта”ni kodi keltirilgan.
|
| |