Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya




Download 433.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.03.2023
Hajmi433.39 Kb.
#46726
1   2   3   4
Bog'liq
3 (1)
115 саволлар, Image to PDF 20220405 13.52.02, big data m.ish, SONGISI, IJTIMOIY FANLAR METODBIRLASHMASI 2023-2024 YIL, Chiroyli yozuv to\'garak, 1. Buddizm tarixi va uning ta’limoti haqida, 1-ma’ruza. Mavzu Axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarishd-fayllar.org, Laba#8 (1), Молекуляр физика Термодинамика 4 қисм Абдуқодиров,Тоҳиров, Machine learning 2-amaliy, sherzodbek, BETLIK рус, Pul massasi va pul agregatlari Fan nomi Pul va Banklar
Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya 
SHinalarga alohida viklyuchatellar orqali ulangan parallel liniyalar uchun shikastlangan 
liniyani aniqlaydigan va faqat uni tarmoqdan uzadigan himoya zarur. Bunday xususiyatlarga 
yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya ega. 
Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyaning soddalashtirilgan sxemasi 2.15-rasmda 
ko‘rsatilgan. Himoya odatda tok relelari yordamida bajariluvchi ishga tushirish organi KA va 
quvvat yo‘nalishini aniqlaydigan organ KW dan iborat bo‘ladi. Liniyalardan biri uzilganda 
himoya ikkinchi liniyani ham noselektiv ravishda uzib qo‘ymasligi uchun operativ tok himoyaning 
relelariga himoyalanayotgan liniyalar viklyuchatellarining ketma-ket ulangan yordamchi 
kontaktlari SQ1.1 va SQ2.1 orqali beriladi.
Quvvat yo‘nalishini aniqlaydigan organ sifatida yo‘naltirilgan quvvat relelaridagi 
singari yo‘naltirilgan quvvat relesidan foydalaniladi. Quvvat relesi shinadagi kuchlanishga 
va liniyalardagi toklarning farqiga proporsional bo‘lgan tokka ulanadi. Ushbu farq 
liniyalardan qaysi biria qisqa tutashuv bo‘lganligiga bog’liq holda o‘zgaradi. Masalan, I-


liniyada qisqa tutashuv bo‘lsa undagi tok II-liniyadagi tokka nisbatan katta bo‘ladi. Natijaviy 
tokning yo‘nalishi esa I-liniyadagi tokning yo‘nalishi bilan ustma-ust tushadi (2.15-rasm,g). 
Quvvat relesining KW.1 kontakti ulanadi va himoya I-liniyani uzadi. Ikkinchi liniyada qisqa 
tutashuv bo‘lganda quvvat relesining chulg’amidan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi qarama-
qarshi tamonga o‘zgaradi. Aylantiruvchi momentning ham ishorasi o‘zgarib quvvat 
relesining KW.2 kontakti ulanadi. Ushbu holda himoya II-liniyani uzishga ishlaydi. 
Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyani ishga tushiruvchi tok relelarining ishga 
tushish toklari quyidagi shartlarga asosan tanlanadi: 
1) himoya normal rejimdagi va tashqi qisqa tutashuvlar vaqtida yuzaga keladigan nobalans 
toklari ta’sirida ishlamasligi kerak; 
2) himoya maksimal yuklama toklari ta’sirida ishlamasligi kerak. 
2.15-rasm. Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyaning soddalashtirilgan sxemasi va 
uning ishlashini tushuntiruvchi vektor diagrammalar: a — tok zanjirlari, b — kuchlanish 
zanjirlari; v — operativ tok zanjiri; g — I- liniyada qisqa tutashuv bo‘lgan hol uchun toklarning 
vektor diagrammalari; d — II- liniyada qisqa tutashuv bo‘lgan hol uchun toklarning vektor 
diagrammalari 
2.16-rasm. Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyaning kaskad ishlashi: a —qabul 
qiluvchi podstansiya tomondagi himoya ishlaydi; b — qabul qiluvchi podstansiya tomondagi 
viklyuchatel uzilgandan keyin taominlovchi podstansiya tomondagi himoya ishlaydi 
Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya qabul qiluvchi podstansiya shinalariga yaqin 
joyda qisqa tutashuv bo‘lganda (2.16-rasmda K nuqta) kaskad ishlashi mumkin, yaoni 


avval qabul qiluvchi podstansiya tomondagi himoya ishlaydi, chunki taominlovchi podstansiya 
tomondagi himoya liniyalardagi toklarning qiymatlari bir-biriga yaqin bo‘lganligi sababli 
ishlamaydi. SHikastlangan liniyaning qabul qiluvchi podstansiya tomondagi viklyuchateli 
uzilgandan keyin taominlovchi podstansiya tomondagi himoya ishlaydi. Natijada qisqa tutashuv 
nuqtasi elektr tarmog’idan darxol emas, balki maolum vaqtdan keyin ajratiladi. 
Himoyaning kaskad ishlash zonasi Lki=(Ihi/Ik)L≤0,25L bo‘lishi kerak (bu erda L- 
parallel liniyaning uzunligi, Ik- qisqa tutashuv toki va Ihi- himoyaning ishga tushish toki). 
 
 
 
 
 
Nazorat savollari 
1. Differensial himoya qanday afzalliklarga ega? 

Download 433.39 Kb.
1   2   3   4




Download 433.39 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya

Download 433.39 Kb.
Pdf ko'rish