Ko‘ndalang differensial himoya




Download 29.98 Kb.
bet1/7
Sana13.03.2024
Hajmi29.98 Kb.
#170943
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
m ish
wGOvGtfcyBiN2ED5kEhrFoyXgp3HCYq8WrT1uacV, 7-Ma\'ruza, Reference-319191101154 (2), kerakli insholar, hayot faoliyati, Elektrotermik oshirilgan va yuqori chastotali sozlamalar bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari, www.idum.uz классный час 9-класс, Egri chiziqli integrallar, 1. G’arb mutafakkirlari qarashlari Sharq mutafakkirlari qarashla, Ekologik toza energiya manbalari-fayllar.org, 3-Tajriba mashg\'uloti, 11 maruza, Fazaviy o\'tishlar va kritik hodisalar tayyor., Navoiy Innovatsiyalar universiteti ATT yo, 2,2

Mavzu: Differentsial tok himoyasi (Bo’ylama va ko’ndalang)
Ko‘ndalang differensial himoya. 
Ko‘ndalang differensial himoya bir xil parametrlarga ega bo‘lgan parallel liniyalarda 
qo‘llaniladi va uning ishlash prinsipi liniyalarning bir hil nomdagi fazalaridan toklarni qiymati 
va fazalari bo‘yicha taqqoslashga asoslangan. Liniyalarning qarshiliklari teng bo‘lganligi 
sababli bu toklar bir-biriga teng (2.18-rasm, a), yaoni 
I
I
=I
II
Liniyalardan birida qisqa tutashuv bo‘lganda bu tenglik buziladi (2.18-rasm, b), 
liniyalarning boshlanishida bu toklarning fazalari bir xil lekin qiymatlari teng emas, liniyaning 
so‘nggida esa qiymatlari bir xil lekin qarama-qarshi yo‘nalishga ega, yaoni 
I
I

I
II
SHunday qilib parallel liniyalardagi toklar tengligini buzilish liniyalardan birida qisqa 
tutashuv bo‘lganligini bildiradi. 
Parallel liniyalarning bitta fazasi uchun ko‘ndalang differensial himoyaning sxemasi (2.18-
rasm, v)da ko‘rsatilgan. Tok transformatorlari ikkilamchi toklarning farqi KA differensial rele ( 
tok relesi ) ning cho‘lg’amidan o‘tadigan qilib ulanadi. Normal rejim va tashqi qisqa 
tutashuvlarda bu farq nolga teng, rele ishlamaydi, liniyalardan birida q.t bo‘lganda esa 
ikkilamchi toklar teng bo‘lmaydi va rele ishlaydi. 
Ko‘ndalang differensial himoya ning ishga tushish tokini hisoblash bo‘ylama differensial 
himoyani hisoblashga o‘xshash, faqat liniyalar soni ikkita bo‘lganligi uchun nobalans tokining 
yarmi olinadi. 
Inb.his.max=

iKbKan Ik.max/2; 
Ihi=Kz Inb.his.max; 
Iri=Ihi/KI . 
 Ko‘ndalang differensial himoyaning ishlash prinsipi 

Parallel liniyalarning so‘nggida qisqa tutashuv bo‘lganda toklar farqi kam bo‘lishi 


sababli himoya ishlamasligi mumkin. Himoya ishlamasligi mumkin bo‘lgan zonaning uzunligi 
Liz=(Ihi/Ik)L, 
bu erda L-liniyaning uzunligi;Ik=Ik.min - liniyaning so‘nggidagi minimal qisqa tutashuv toki. 
Liz ≤ 0,1L bo‘lsa himoya effektiv hisoblanadi.
2.14-rasm. Podstansiyaning shinalariga umumiy viklyuchatel orqali ulangan parallel 
liniyalar rele himoyasining prinsipial sxemasi: a — tok zanjirlari; b — operativ tok 
zanjirlari 
Podstansiyaning shinalariga umumiy viklyuchatel orqali ulangan parallel liniyalar rele 
himoyasining prinsipial sxemasi 2.14-rasmda keltirilgan. Liniyalardan birida qisqa tutashuv 
yuzaga kelganda umumiy viklyuchatel ikala liniyani ham tormoqdan uzadi. Isteomolchilarning 
elektr ta’minotini tiklao‘ uchun shikastlangan liniya o‘zining ajratkichi (QS1 yoki QS2) 
yordamida tarmoqdan uzilib remontga chiqariladi va shikastlanmagan liniya ulanadi.
Parallel liniyalardan faqat bittasi ishlaganda ko‘ndalang differensial himoya noto‘g’ri 
ishlaydi. Buning oldini olish uchun ajratkichlarning yordamchi kontaktlari SQS1 yoki SQS2 
yordamida ko‘ndalang differensial himoyaning operativ zanjiri uzib qo‘yiladi.
Ko‘ndalang differensial himoyaning kamchiligi uning liniyalar so‘nggidagi maolum zonada 
liniyalardagi toklarning qiymatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi sababli ishlamasligi mumkinligidir. 
SHu sababli ko‘ndalang differensial himoya asosiy himoya bo‘lib xizmat qila olmaydi va 
qo‘shimcha himoya o‘rnatish zarur. Bunday himoya sifatida odatda maksimal tok himoyasi 
qo‘llaniladi (2.14-rasmda KAT1 va KAT2 relelar vositasida bajarilgan). 


Download 29.98 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 29.98 Kb.