3-ma’ruza. Industrial axborot tizimlariga bo’lgan talablar va korxona axborot tizimlarini tarkibi. Reja




Download 65.01 Kb.
bet2/7
Sana24.10.2023
Hajmi65.01 Kb.
#90217
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu
1-ma\'ruza , Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi (2), Amaliyot topshiriqlari 3 KURS KIDT, Mexanik ish haqidagi tushunchalar; Quvvat haqida tushunchalar-fayllar.org, 3 leksiya, 5152-Article Text-9980-1-10-20230304, 2 5391302181280286518, Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik g, malumotlar tuzilmasi 1, 128280, TUYNUKLI DRENAJ HOSIL QILUVCHI MASHINALAR O‟QUV QO‟LLANMA, Ўлим фуқаролар , Fianl exam test questions for 2 semester, e-mail.ru pochta ochish
2. Korxona axborot tizimini tarkibi

Menejmentni yangi sharoitga moslashtirish va uni takomillashtirish zamonaviy kompyuter va telekomunikatsion texnikalarni keng qo’llashga va uning negizida yuqori darajadagi avtomatlashtirilgan boshqaruv texnologiyasini joriy qilishga bog’liqdir. Kompyuter texnologiyasiga asoslangan boshqaruv tizimi korxonaning tashkiliy tarkibini, personalning saviyasini, hujjatlar tizimini, axborotlarni jamlash va uzatishni tubdan o’zgartirishga olib keladi.


Boshqaruv tizimini rivojlanishi sifatida bevosita bilimlar va ma’lu-motlarni qayta ishlashni tashkillashtirish va ularni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi pog’onasigacha rivojlantirishi nazarda tutiladi. Buning asosiy sababi boshqaruv faoliyatida axborot ahamiyatining tobora oshib borishi va ishlab chiqarish resurslaridan biriga aylanishidir.
Hozirgi kunlarda rivojlangan davlatlarda menejment tizimiga ijodiy yo’nalti-rilgan axborot texnologiyalari qo’llanilmoqda. Ushbu texnologiya axborot davrini to’liq qamrab olgan bo’lib, axborotlarni (yangi bilimlarni) ishlab chiqish, uzatish, qayta ishlash, boshqariladigan ob’ektni o’zgartirish uchun qo’llash va yuqori maqsad-larga erishishga qaratish uchun muhim omil bo’lib hisoblanadi. Natijada personalning bilimlari bilan kompyuter texnikasini birgalikda ishlashi ta’minlanadi.
Bu yerda, albatta, MRS. FIELDS’ COOKIES, INC. kompaniyasi haqida to’xtalib o’tishimiz shart. AQSH da non va konditer mahsulotlarini ishlab chiqaradigan firmalar ichida eng yirik firmalardan biri bo’lib, 500 tadan ortiq savdo shaxobchalari va 250 tadan ortiq do’konlari mavjud. Firmaning asosiy konsepsiyasi – “Yuqori sifatli issiq mahsulotlarni mijozlarga taklif qilish”. Ikki soat ichida sotilmay qolgan mahsulotlar muxtoj odamlarga bepul tarqatilgan. Kompaniyani ishini ta’minlash maqsadida maxsus kompyuter dasturi ishlab chiqilgan va kompyuter tarmog’i orqali hamma do’konlar ofis bilan ulangan. Ushbu tarmoq orqali do’kon ishchilari va rahbarlari kunlik mahsulotlarni sotishning soatbay rejasini olib turishadi. Ushbu rejada quyidagilar e’tiborga olinadi: xafta kunlari, bayram kunlari, ob-havoni o’zgarishi. Bundan tashqari ishlab chiqarish grafigi ham beriladi. Soatbay reja bajarilmasa kompyuter avtomatik ravishda keyingi soatlarda qancha konditer mahsulotlarini ishlab chiqish lozimligini hisoblab xodimlarga yetqazadi.
Bundan tashqari avtomatlashtirilgan axborot tizimi ushbu korxonada ishlaydigan xodimlar haqida doimiy ravishda ma’lumotga ega bo’lish, texnik xizmat ko’rsatishni rejalashtirish va texnik vositalarini ta’mirlashni o’z vaqtida bajarishga yordam beradi. Menejerlarda biror-bir muammo paydo bo’lsa ushbu tizim orqali ko’pi bilan 48 soat ichida javob olsa bo’ladi. Natijada ushbu tizim menejerlarga quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi: 1) personal bilan bevosita ishlash va qo’yilgan rejani bajarish; 2) do’konlardagi bajariladigan ishlar haqida uzluksiz ma’lumot olib turish va uzoq masofadan boshqaruv funksiyalarini bajarish.
Natijada, korxona direktori uchun ushbu tizim yirik firmani bevosita boshqarish imkonini beradi.



Download 65.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 65.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-ma’ruza. Industrial axborot tizimlariga bo’lgan talablar va korxona axborot tizimlarini tarkibi. Reja

Download 65.01 Kb.