• Tolali mahsulotlarni titib tozalovchi universal texnologik tizimlar
  • Universal titib tozalash agregati (UTTA)
  • 3-Ma’ruza Mavzu: Tolalarni tarashga tayyorlash. Reja




    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/18
    Sana28.04.2024
    Hajmi0.59 Mb.
    #210225
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    3 маруза



    3-Ma’ruza
    Mavzu: Tolalarni tarashga tayyorlash.
    Reja
    1. Tolali mahsulotlarga ishlov beruvchi uskunalarning texnologik tizimlari.
    2. Titish jarayonining maqsadi va mohiyati
    3. Paxta tоlasini tоzalash jarayonining maqsadi va mоhiyati.
    4. Avtotoytitgichlar.
    5. Tоzalash mashinalarini tuzilishi, ishlashini o’ziga xоsligi. .
    Tolali mahsulotlarni titib tozalovchi universal
    texnologik tizimlar
    Yigirish rejasining birinchi bosqichida toylangan tolalardan titish, tozalash va
    aralashtirish jarayonlari orqali tarash mashinalari uchun bir tekis qatlam shaklidagi mahsulot
    tayyorlanadi. Bu vazifa bir texnologik tizimga biriktirilgan mashinalarda (TTA) - titish-tozalash
    agregatlarida amalga oshiriladi. TTAlarining tarkibi ishlatilayotgan tolalarning ifloslik
    darajasiga, uzunligiga, yigirilayotgan ip assortimentiga qarab tanlanadi (loyihalanadi yoki qabul
    qilinadi). Yigirish texnologiyasining taraqqiyoti davomida TTAlar MHD miqyosida tozalash
    samaradorligiga ko‘ra ajratib kelindi (tozalash darajasi past - 24%, tozalash darajasi yuqori 50-
    55% va tozalash darajasi juda yuqori - 70%). Ushbu TTAlarda texnologik jarayon kuchli zarbiy
    ta’sirlar vositasida amalga oshirilganligi tufayli tolalar shikastlanishi yuqori darajada bo‘lgan.
    Fan texnikaning rivojlanishi, yigirishda avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy qilinishi mahsulot
    sifatiga talabning oshishi TTA tarkibini samarali ishlaydigan, ixcham va tejamkor mashinalar
    bilan tez-tez o‘zgarishini taqozo etmoqda.
    Dunyo mamlakatlarining to‘qimachilik korxonalarida ishlatilayotgan TTA turlari xilma
    xil bo‘lib, ularni umumlashtirgan holda quyidagi tarkibga keltirish mumkin:
    Universal titib tozalash agregati (UTTA)
    1. Avtotoy titgich.
    2. Qaytim tola titgich.
    3. Dastlabki tozalash mashinasi.
    4. Aralashtiruvchi mashina.
    5. Asosiy tozalash mashinasi.
    6. Aerodinamik tozalash mashinasi.
    7. Tola taqsimlash tizimi.
    UTTAda tozalash jarayoni uch bosqichda amalga oshirilishi natijasida tolali mahsulotni
    shikastlanishi va uzun tolalarni nuqsonlarga qo‘shilib chiqib ketishi sezilarli darajada
    kamaytirilgan.
    Agregatning tarkibi, garnituralar, ishchi organlar soni, tolali mahsulotdagi chiqindilar
    miqdoriga va yigirilayotgan ip assortimentiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Agregat mashinalari
    pnevmotrubalar yordamida o‘zaro biriktirilgan. Pnevmotrubalar asosiy va yordamchi holatda
    o‘rnatilgan bo‘lib, tizimdagi mashinani texnologik jarayondan chiqarib qo‘yish imkonini beradi.
    Asosiy tozalashdan so‘ng aerodinamik tozalagichlarning ishlatilishi tolalarni nafaqat
    shikastlanishi balki chigallanishini ham kamaytiradi.
    UTTA mashinalarining parametrlari kompyuter yordamida boshqariladi va shaylanadi.
    Agregat odatda chiqindilarni ajratib oluvchi va changsizlantiruvchi sistema bilan birgalikda
    ishlatiladi.
    Rieter firmasining universal titish-tozalash agregati


    1. Avtomatik toy titgich Unifloc A-11
    2. Dastlabki tozalash mashinasi Uniclean B-11
    3. Aralashtiruvchi mashina UnimixB-70
    4. Bir barabanli tozalagich Uniflex B-60
    Ushbu agregat universal va samarali hisoblanib turlicha xom ashyolarda, har xil
    assortimentdagi (halqali, pnevmomexaniq va qayta tarash) iplar tayyorlashda qo‘llanilmoqda.
    Tozalash mashinalari bir barabanli ishchi organlar bilan jihozlangan bo‘lib, dag‘al nuqsonlar
    maydalanmasdan ajratilishi ko‘zda tutilgan. «Truetzschler» firmasining titish tozalash agregati
    «modul» qurilma hisoblanadi va ishlatish maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratilishi mumkin.

    qisqa titish-tozalash agregati

    uzun tolalarni titish-tozalash agregati

    universal titish-tozalash agregati

    kimyoviy tolalarni titish-tozalash agregati

    unumdorligi yuqori titish-tozalash agregati

    Download 0.59 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Ma’ruza Mavzu: Tolalarni tarashga tayyorlash. Reja

    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish