• Universal titish-tozalash agregatlari klassifikatsiyasi
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Trutzschler”, "Rieter", “Marzoli” firmalarining titish tozalash agregati mashinalri bilan tanishish. Reja




    Download 184.5 Kb.
    Sana06.06.2023
    Hajmi184.5 Kb.
    #70449
    Bog'liq
    “Trutzschler
    Insan qadri, Raximov Salim money, 11-22 гурух Рахимов Салим, Analitik kimyoda avtoatalitik reaksiya va uni bajarish usuli, Analitik kimyo fanining texnologiyada ahamiyati, firmaparining piltabirlashirish va qayta tarash mashinalari bilan tanishish., TARMOQ ODOB-AXLOQI, Axborot nima va uning manbalari, VIRTUAL TUTQUNLIKDA QARSHI KURASH, 3-mavzu topshirigiga javob, 3-sinf-nazorat-namuna, JAMSHID, 14-21 tavsifnoma

    Trutzschler”, "Rieter", “Marzoli” firmalarining titish tozalash agregati mashinalri bilan tanishish.


    Reja:

    1. Titish-tozalash agregatlari (TTA) klassifikatsiyasi;

    2. Tryuchler firmasi TTA lari

    3. Riter firmasi TTA lari

    Universal titish-tozalash agregatlari klassifikatsiyasi
    Paxta, kimyoviy tolalar va ularning aralashmalariga ishlov berishda, paxta tolasining sorti va sinfiga hamda yigiriladigan ipning xossalari va ishlatilishiga qarab har xil tituvchi, aralashtiruvchi, tozalovchi mashinalar bitta agregat tarkibiga tutashtirilib qo’llaniladi.
    Bunday agregatlarning har biri paxtani titib, aralashtirib, xas-cho’plar va nuqsonlardan tozalab, toladan ma‟lum chiziqiy zichlikdagi, tarash piltasini ishlab chiqishga mo’ljallanadi.
    Tolalarni titish, aralashtirish va tozalash uzluksiz avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Sof paxta tolasidan farqli ravishda kimyoviy tolalar va ularning paxta bilan aralashmalarini titadigan mashinalarning ayrim ishchi qismlari odatdagidan biroz farqlanadi.
    Hozirgi paytda O’zbekistondagi deyarli hamma korxonalarda paxtani titish, tozalash, aralashtirish, tarash va qisman piltalash jarayonlari uzluksiz (potok) tarzda amalga oshirilmoqda.
    Ip yigirish jarayonlarini uzluksiz ravishda amalga oshirish, o’timlarni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshirib, ipning tannarxini pasaytiradi.
    Paxtani titish, tozalash, aralashtirish agregatlari tarkibiga, paxta terilgan uslubga, tolaning navi va sinfiga qarab har xil mashina qo’shiladi. Kimyoviy tolalarni yigirishda esa agregat tarkibi tola xossalarini hisobga olib tanlanadi. Mashinasozlik firmalari tomonidan bu borada tegishlicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
    In ishlab chiqarishning birinchi bosqichida titish, tozalash va aralashtirish jarayonlari natijasida toylangan tolalardan tarash mashinalari ta‟minoti uchun bir tekis qalinlikga ega bo’lgan, qatlam shaklidagi mahsulot tayyorlanadi. Mazkur vazifa bitta titish-tozalash agregati (TTA) ga o’zaro tutashtirilgan texnologik tizim mashinalarida amalga oshiriladi. TTAlarining tarkibi yuqorida ta‟kidlanganidek ishlatiladigan tolaning ifloslik darajasiga, uning uzunligiga, yigiriladigan ipning assortimentiga qarab tanlanadi. Yigirish texnologiyasining taraqqiyoti qatiy nazar MDH larida TTA larni ularning tozalash samaradorligiga qarab tozalash darajasi past (24%), tozalash darajasi yuqori (50-55%) va tozalash darajasi juda yuqori (70%) deb farqlangan. Hozir ushbu tarzda farqlanmaydi, chunki agregatning hamma mashinalari yuqori samaradorlikda ishlaydi. Shuning uchun Riter firmasi ip assortimentiga (halqali karda ip, kompakt ip, pnevmomexanik ip) qarab titishtozalash agregati tarkibini tavsiya etgan.
    MDHda ishlab chiqarilgan TTAlarda texnologik jarayonlar kuchli zarbiy ta‟sirlarni ko’p marta takrorlanishi bilan amalga oshirilishi natijasida tolalarning shikastlanishi yuqori darajada bo’ladi. Shuningdek, kalta tolalar va changni tozalovchi aerodinamik qurilma va mashinalar deyarli bo’lmagan, mavjudlari esa samarasiz ishlagan. Yigirish texnikasi va texnologiyasining taraqqiyoti, ip ishlab chiqarishda potok tizimlarning yalpi joriy qilinishi, ularning tarkibi samarali va ixcham mashinalar bilan tez-tez o’zgarishini taqozo etmoqda. Shuningdek tayyor mahsulot sifatiga texnologik va iste‟molchi talabining oshishi ham TTA tarkibini samarali mashinalar bilan yangilashga impuls bo’lmoqda.
    Dunyo mamlakatlarining to’qimachilik korxonalarida ishlatilayotgan TTA xilma-xil bo’lib, ularni umumlashtirgan holda quyidagi tarkibga keltirish mumkin:
    Universal titish-tozalash agregati (UTTA)

    1. Avto toytitgich.

    2. Qaytim tolatitgich.

    3. Dastlabki tozalash mashinasi.

    4. Aralashtiruvchi mashina.

    5. Asosiy tozalash mashinasi.

    6. Nafis (oxista) tozalash mashinasi.

    7. Taqsimlash sistemasi (moslamasi).

    UTTAda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:

      • dastlabki tozalash;

      • aralashtirish;

      • nafis tozalash;

      • aerodinamik tozalash.

    Ushbu agregatda tozalash jarayoni uch bosqichda amalga oshirilishi natijasida tolali mahsulotning shikastlanishi va uzun tolalarni nuqsonlarga qo’shilib chiqib ketishi sezilarli darajada kamaytirilgan.
    Agregatning tarkibi, garnitura turlari ishchi organlar soni tolali mahsulotning ifloslanganlik darajasiga, turiga va yigirilayotgan ip assortimentiga qarab o’zgartirilishi mumkin. Agregat mashinalari pnevmo trubalar yordamida o’zaro biriktirilgan. Pnevmo trubalar asosiy va yordamchi xolatida o’rnatilgan bo’lib, tizimdagi mashinani texnologik jarayondan chiqarib qo’yish imkonini beradi.
    Asosiy tozalashdan so’ng oxista tozalashda aerodinamik tozalagichlar ishlatilishi tolalarni nafaqat shikastlanishi balki chigallanishini ham kamaytiradi.
    UTTA mashinalarining parametrlari kompyuter yordamida boshqariladi va shaylanadi. Agregat odatda chiqindilarni ajratib oluvchi va changsizlantiruvchi sistema bilan birgalikda ishlatiladi.

    1-rasm. Rieter firmasining universal titish-tozalash agregati.

    1. Avtomatik toy titgich UNIfloc A-11

    2. Dastlabki tozalash mashinasi UNIclean B-11

    3. Aralashtiruvchi mashina UNImix B-70

    4. Nafis tozalagich UNIflex B-60

    Ushbu agregat universal va samarali hisoblanib, turlicha xom ashyolarda, turlicha assortimentdagi (halqali, pnevmomexanik va qayta tarash) iplar tayyorlashda ko’p mamlakatlarda qo’llaniladi. Tozalash mashinalari bir barabanli ishchi organlar bilan jihozlangan bo’lib, dag’al nuqsonlar maydalanmasdan ajratilishi ko’zda tutilgan. Nafis tozalashda mayda has cho’plar, nuqsonlar va chang zarrachalarini ajratish amalga oshirilib, tugunaklar hosil bo’lishining oldi olinadi.
    «Truetzschler» firmasi titish-tozalash agregatlarini ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga bo’ladi(2-6- rasmlar):

      • universal titish-tozalash agregati;

      • kalta titish-tozalash agregati;

      • uzun tolalarni titish-tozalash agregati;  kimyoviy tolalarni titish-tozalash agregati; unumdorligi yuqori titish-tozalash agregati.


    2-rasm. «Truetzschler» firmasining universal titish-tozalash agregati
    1. Avto toytitgich BO-A; 2. Ko’p funksiyali tozalagich SP-MF; 3. Dastlabki tozalagich CL-P; 4. Aralashtiruvchi mashina MX-1 va CLEANOMAT CL-C3 tozalagichi; 5. Aerodinamik tozalagich SP-F

    3-Rasm. «Truetzschler» firmasining kalta titish-tozalash agregati

    1. Avto toytitgich BO-A; 3. Aralashtiruvchi mashina MX I-6 va

    2. Ko’p funksiyali tozalagich CLEANOMAT CL-C4 tozalagichi; SP-MF

    Aerodinamik tozalagich SP-F

    4-Rasm. «Truetzschler» firmasining uzun tolalarni titish-tozalash agregati

    1. Avto toytitgich BLENDOMAT BO-A;

    2. Yong’inni oldini oluvchi metall va boshqa jismlarni ajratuvchi elektron qurilma;

    3. Dastlabki tozalagich CL-P;

    4. Aralashtiruvchi mashina MX-I va CLEANOMAT CL-C1 tozalagichi; 5. Aerodinamik tozalagich SP-F;


    5-Rasm. «Truetzschler» firmasining kimyoviy tolalarni titish-tozalash agregati
    1. Avto toytitgich BO-U; 2. Aralashtiruvchi mashina MX-R; 3. Tituvchi mashina TUFTOMAT TO-T 1.

    6-Rasm. «Truetzschler» firmasining unumdorligi yuqori titish-tozalash agregati

    1. Avto toytitgich BO-A; 3. Taqsimlagich BR-2W;

    2. Ko’p funksiyali tozalagich SP-MF; 4 . Aralashtiruvchi mashina MX-I 5. Aerodinamik tozalagich CLEANOMAT CL-C4 bilan


    7-Rasm. Balkan firmasining titish-tozalash agregati

      1. Tituvchi aralashtruvchi mashina V-10;

      2. Ikki barabanli tozalagich B-20

      3. Aralashtiruvchi mashina B-40

      4. Kondensor B 26

      5. Bir barabanli tozalagich B52

      6. Bir barabanli tozalagich B 60

      7. Kondensor B26

      8. Аerodinamek tozalagich B55

    Ushbu agregatlar quyidagi xususiyatlarga ega:

    • Ko’p funksiyali moslama o’rnatilgan va u mahsulot transportirovkasi, og’ir bo’lakchalarni ajratish, metall jismlarni aniqlash va ajratish yong’inni cheklash hamda o’chirish vazifalarini bajaradi;

    • Alohida yoki kombinatsiyada ishlatiluvchi to’rt xildagi tozalagich ko’zda tutilgan.

    • ikki barabanli dastlabki tozalagich CL-P;

    • uzun tolali paxta uchun bir barabanli tozalagich CLEANOMAT CL-C1;

    • uch barabanli universal tozalagich CLEANOMAT CL-C3;

    • to’rt barabanli tozalagich CLEANOMAT CL-C4; Uchta usulda (prinsipda) aralashtirish.

    • yuqori unumdorlikdagi universal aralashtirgich MX-V;

    • turli tozalagichlar bilan agregatlashtirishga moslashtirilgan aralashtirgich MX1;

    • Bunker usulda ishlaydigan aralashtirgich MX-R.

    • To’rt variantda ta‟minlash usuli mavjud.

    • Tozalangan mahsulotni tarash mashinalariga uzluksiz uzatuvchi CONTIFEED sistemasi qo’llanilgan.



    Foydalanilgan adabiyotlar:



    1. Pirmatov A.P.va boshqalar, Xom ashyoni yigirishga tayyorlash,

    leksiyalar matni, TTESI, 2015y.;

    1. www.rieter.com, mashina pasportlari;

    2. www.truetzschler.com, mashina pasportlari;

    3. www.marzoli.it, mashina pasportlari

    Download 184.5 Kb.




    Download 184.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Trutzschler”, "Rieter", “Marzoli” firmalarining titish tozalash agregati mashinalri bilan tanishish. Reja

    Download 184.5 Kb.