Ikki tomonga cheksiz davom ettirish mumkin bo‘lgan lenta (mashinaning tashqi xotirasi)




Download 409,53 Kb.
bet2/4
Sana28.11.2023
Hajmi409,53 Kb.
#106838
1   2   3   4
Bog'liq
3-Ma\'ruza. T’yuring mashinasi va tezisi

Ikki tomonga cheksiz davom ettirish mumkin bo‘lgan lenta (mashinaning tashqi xotirasi). U katakchalarga (yacheykalarga) bo‘lingan bo‘ladi. Har bir katakchaga faqat bitta harf

yozilishi mumkin. Bo‘sh katakchani 0 a simvoli bilan belgilaymiz (1-shakl).
Boshqaruvchi kallak (golovka). U lenta bo‘ylab harakat qiladi va biror katakcha (yacheyka) qarshisida to‘xtashi mumkin (2-shakl). Bu holatda «kallak katakchani, ya’ni simvolni «ko‘rib turibdi»» deb aytamiz. Mashinaning bir takt davomidagi ishida kallak faqat bitta katakchaga surilishi (o‘ngga, chapga) yoki joyida qolishi

mumkin.
Lentada saqlanayotgan har bir informatsiya tashqi alfavitning 0 a dan farqli chekli simvollar majmuasi bilan tasvirlanadi. Mashina ish boshlashidan oldin lentaga boshlang‘ich axborot (boshlang‘ich ma’lumot) beriladi. Bu holda boshqaruvchi kallak, qoidaga asosan, 1 q boshlang‘ich holatni ko‘rsatuvchi oxirgi chap belgi qarshisida turadi (3-shakl).
Mashinaning ishi taktlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ish davomida boshlang‘ich informatsiya oraliq informatsiyaga aylanadi.

Boshlang‘ich informatsiya sifatida lentaga tashqi alfavitning katakchalarga ixtiyoriy ravishda qo‘yilgan chekli simvollar sistemasini (alfavitdagi ixtiyoriy so‘zni) berish mumkin.
Berilgan boshlang‘ich informatsiyaga bog‘liq bo‘lgan ikki hol bo‘lishi mumkin.
1. Mashina chekli son taktdan keyin to‘xtaydi ( 0 q to‘xtash holatiga o‘tadi) va lentada B informatsiya tasvirlangan bo‘ladi. Bu holda mashina A boshlang‘ich informatsiyaga nisbatan tatbiq etiladigan (qo‘llanib bo‘ladigan) va uni qayta ishlab B natijaviy informatsiyaga keltirgan deb aytiladi.
2. Mashina hech qachon to‘xtamaydi, ya’ni 0 q to‘xtash holatiga o‘tmaydi. Bu holda mashina A boshlang‘ich informatsiyaga nisbatan tatbiq etilmaydi deb aytiladi. Mashina ishining har bir taktida quyidagi funksional sxema bo‘yicha harakat qiladi:

bu yerda – tashqi alfavitning harflari;
– mashinaning holatlari;
J ,Ch,O' – surilish simvollari.
Boshqaruvchi kallak lentada qanday harfni ko‘rib turganligi (bizning yozuvda ) va mashina qaysi holatda (bizning yozuvda ) turganligiga qarab, bu taktda uch elementdan iborat komanda ishlab chiqiladi:
1) ko‘rib turilgan harf almashtirilgan tashqi alfavit harfi - ;
2) kelgusi takt uchun tashqi xotira adresi -

3) mashinaning kelgusi holati -


Download 409,53 Kb.
1   2   3   4




Download 409,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki tomonga cheksiz davom ettirish mumkin bo‘lgan lenta (mashinaning tashqi xotirasi)

Download 409,53 Kb.