• Nogironlar uchun sport inshootlari haqida ma’lumotlar.
  • 3-Ma’ruza: Sport O’yin maydonlari basketbol, voleybol, futbol




    Download 214.08 Kb.
    bet1/7
    Sana31.05.2023
    Hajmi214.08 Kb.
    #68166
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    sport inshoatlari 3- mavzu

    3-Ma’ruza: Sport O’yin maydonlari (basketbol, voleybol, futbol, qo’l to’pi, tennis, badminton)


    Ma’ruza rejasi:

    1. Nogironlar uchun sport inshootlari haqida ma’lumotlar

    2. Sport maydonlarining texnologik chizmasi

    3. O’yin maydonlari A) Basketbol

    B) Voleybol V) Futbol
    G) Qo’l to’pi D) Tennis
    Ye) Badminton
    J) muz va chim ustida xokkey maydonlari.


    Nogironlar uchun sport inshootlari haqida ma’lumotlar.


    Avvallari jismoniy tomondan kamchiligi bo’lgan insonlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida shug’ullanishlariga yetarlicha e’tibor berilmas edi.
    Mustaqillik tufayli jamiyatimizda ilgari surilayotgan insonparvarlik, ―Hamma narsa inson va uning farovon hayoti uchun‖ shiori tufayli nogironlar jamiyatning ko’pqirrali hayotiga to’laqonli kirishi va unda faoliyat ko’rsatishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, jamiyatning barcha a’zolari uchun, ularning jismoniy holatlari va qobiliyatlari darajasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, hayotiy talab va ehtiyojlarni to’la amalga oshirish imkoniyatlarini yaratishni talab qiladi. Ushbu yo’lda uchraydigan qiyinchiliklarning kattagina qismifazoviy muhitni tashkil etishdan iborat bo’ladi.
    Nogironlarning ehtiyojlarini arxitektura (qurilish)ni loyihalashtirishda inobatga olish zarurati, birinchi marta, VSN 62-91
    ―Nogironlar va aholining kamharakatchan guruhlari hayot faoliyati muhitini loyihalashtirish‖ normativ hujjatida tasdiqlangan.
    Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari, bir tomondan, harakatlanish faolligini oshiradi, boshqa tomondan esa, jismoniy tomondan kamchiligi bo’lgan insonlarning o’zlarini tadbiq etishlarining muhim omili hisoblanadi. Ushbu jarayonda ayniqsa, o’z kuchiga va irodasiga ishonishiga, o’zini jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida his etishiga yordam beradigan psixologik reabilitasiya juda muhim.
    Sihat salomat insonlar ham, nogironlar ham boradigan har qanday sport inshooti yoki binosi shunday loyihalashtirilishi kerak-ki, har bir inson va ayniqsa nogiron bu yerda o’z jismoniy kamchiligini sezmasligi hamda erkin harakatlana olishi va harakatlanish faolligiga intila olishi, shug’ullana olishi kerak. Bularni inobatga olgan holda nogironlar uchuninshootlar va binolarning arxitektura - rejalashtirish, konstruktiv va texnik talablari ishlab chiqilgan. Jismoniy nuqsoni xususiyatlari alomatlari bo’yicha jismoniy jihatdan kamchiligi bo’lgan insonlar toifalarini aniqlashdan boshlab nogironlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini o’rganish ularni loyihalashtirishning asosi sifatida olingan. Jumladan, nogironlarning quyidagi uch toifasi eng ahamiyatli arxitektura - texnik tadbirlar amalga oshirilishini talab qiladi:

    • tayanch-harakatlanish apparati shikastlangan insonlar;

    • ko’rishida defekti, to’liq yoki qisman ko’zi ojiz, bo’lgan insonlar;

    • eshitish defekti bo’lgan, ya’ni kar, insonlar.

    Boshqa nogironlar zikr etilgan uch toifa insonlar uchun barcha zarur narsalar ko’zda tutilgan inshootlardan, shuningdek sog’-salomat insonlar uchun mo’ljallangan inshootlarning ko’pchiligidan foydalanishi mumkin.
    Loyihalashtirish va qurilish tajribasi faqatgina nogironlar uchun mo’ljallangan jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish inshootlarining namunalarini va misollarini keltirish imkonini beradi. Biroq, ular, odatda, davolash-reabilitasion xarakteriga ega bo’ladi. Ushbu jarayondagi bosh tendensiya - nogironlar ixtiyoriy sport yoki ko’ngil ochish inshootlaridan sihat-salomat insonlar bilan teng holda foydalanishlari uchun shart- sharoitlar yaratish.
    Nogiron o’zini jamiyatning to’laqonli va tenghuquqli a’zosi sifatida his etishi kerak. Uning psixologik reabilitasiyasi jarayonida faqat erkin harakatlanish va harakatlanish faoliyati turlarini tanlash emas, balki nogironlar jamiyati bilangina chegaralanib qolmaslik imkoniyati juda muhim. Shu bilan birga, sog’lom odamlarning nogironlarga munosabati, boshqa odamlarga nisbatan bo’lgani kabi, faqat ular bilan bevosita va doimiy kontakt jaryonida erishilishi mumkin. Insoniy munosabatlar qadriyatlari tendensiyasi shunchalik kuchli-ki, ekspluatasiya jarayonida sog’lom odamlardan ham foydalana boshlaydilar, jismoniy kamchilikka ega bo’lgan odamlarga mo’ljallanmagan bino va inshootlar esa qayta ta’mirlanadi va nogironlarga kerakli maxsus anjomlar bilan to’ldiriladi.
    Sport inshootlarini loyihalashtiradigan va ulardan foydalanadigan mutaxassislar nogironlar harakat qilishlari uchun va mashg’ulotlar jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch kelishlarini yaxshi tasavvur qilishlari, ular oldida qanday qurilish, texnik va texnologik «baryer»lar turishini yaxshi bilishlari kerak. Bunday «baryer»lar vujudga kelmasligi yoki ular imkon qadar kam sonli bo’lishlari uchun quyidagi ikki guruh vazifalarni hal etish kerak:

    • binolar, inshootlar va alohida imoratlar qanday maqsadlarga mo’ljallangan bo’lishidan qat’iy nazar, ularning umumqurilish vazifalari bo’yicha nogironlar imkoniyatlari darajasida barcha xizmatlardan (masalan, hojatxonalar yoki garderoblar va boshqalardan) foydalana olishlari kerak;

    • har bir tipdagi inshootlarning o’z funksiyasini bajarish xususiyatlari, mashg’ulotlar tashkil etish joylari ixtisoslashganligi, nogironlar bilan ishlash uslubiyoti bilan bog’liq bo’lgan maxsus vazifalar.

    Umumqurilish talablari nogironlar mashg’ulotlarini tashkil etishning uslubiy va sport-texnologik tomonlaridan kelib chiqadi.



    Download 214.08 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 214.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Ma’ruza: Sport O’yin maydonlari basketbol, voleybol, futbol

    Download 214.08 Kb.