• Tayanch iboralar.
  • Taqsimlangan tizimlar tadqiqi va modellashtirish
  • 3-ma’ruza. Taqsimlangan amaliy algoritmlar va axborot tizimi. Taqsimlangan tizimlarni modellashtirish. Triad tili




    Download 223,53 Kb.
    bet1/5
    Sana24.05.2024
    Hajmi223,53 Kb.
    #252882
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-ma’ruza. Taqsimlangan amaliy algoritmlar va axborot tizimi. Ta


    3-ma’ruza. Taqsimlangan amaliy algoritmlar va axborot tizimi. Taqsimlangan tizimlarni modellashtirish. Triad tili.
    Reja

    1. Taqsimlangan tizimlar tadqiqi va modellashtirish.

    2. Maqsadlar va taqsimlangan axborot tizimidan foydalangan holda yechiladigan asosiy masalalar.

    3. Taqsimlangan modellarga o'tishning sabablari

    Tayanch iboralar. Tizim strukturasi, yulduz, o’zgaruvchi, navbat, yozuv, ishlash algoritmi, graf uchi, aloqa, hodisa, interval, modellashtirish, qiymat, DV, operasiya generatori,oddiy sikl, to’plam, istisno,parameter, taqsimlangan tizim, mijoz-server, axborot tizimi, global tarmoq, server, HTTPS-so'rovlar, VUE.js, Cyberspace, GNU, monitoring, mintaqaviy taqsimlangan axborot tizimi (RDEIS), taqsimlangan tizim, markazlashgan tizimlar, yagona - protsessor tizimlar.





    1. Taqsimlangan tizimlar tadqiqi va modellashtirish

    Taqsimlangan tizimlar tadqiqi – bu juda qiyin masala. Avvalambor, taqsimlangan tizim tavsiflanishi kerak, ya’ni tizimning modeli qurilishi kerak. Shu maqsadda har xil tillardan foydalanish mumkin, masalan: Unified Modeling Language (UML), Very large scale Hardware Description Language (VHDL) va boshqalardan. Bu yerda biz Triad tilini qarab chiqamiz.


    Taqsimlangan tizim taqsimlangan struktura bilan xarakterlanadi, ya’ni alohida diskret (bir-biridan uzoqlashtirilgan) elementlar yoki qism tizimlar to’plami bilan va bu elementlar orasidagi o’zaro bog’liqlik bilan xarakterlanadi. Elementlar taqsimotiga mos ravishda tizimning funksiyalari (ishlash algoritmlar) ham mos ravishda taqsimlangan. Taqsimlangan elementlar orasida fazoda taqsimlangan o’zaro axborot (signallar) almashinuvi mavjud.
    Triad tilida mustaqil ravishda strukturalarning tavsifi (Str), algoritmlar tavsifi (Rout) va axborotlar tavsifi (Mes) mavjud deb faraz qilinadi. Bu tavsiflar qatlamlar deb yuritiladi.
    Asosiy qatlam struktura qatlami hisoblanadi, chunki u elementlar taqsimotini va elementlar aloqasini akslantiradi. Struktura tavsifi nazariy-grafli vositalarga asoslanadi. 3.1-rasmda ko’rsatilgan System tizim strukturasi quyidagi Triad formulasi
    star(Server, Node[1..n]),
    orqali tavsiflanadi. Bu yerda graflar nazariyasi nuqtayi nazariga asosan bu markaziy uchi Server va chetki uchlari 1 dan n gacha tartiblangan Node[i] yulduz-graf (star) strukturani bildiradi.

    3.1-rasm. System tizim strukturasi quyidagi Triad formulasi.

    3.2-rasm. taqsimlangan tizim strukturasi quyidagi Triad formulasi.

    3.2-rasmda ko’rsatilgan taqsimlangan tizim strukturasi quyidagi Triad formula orqali tavsiflanadi


    star(Server, Serv[a..c]) + star(Serv[a], Node[1..k]) + star(Serv[b], Node[k+1..m]) + star(Serv[c], Node[m+1..n]),
    bu graflar nazariyasi nuqtayi nazaridan to’rtta yulduz-graf birlashmasidan (+) tashkil topgan strukturani bildiradi. Birinchi yulduz markaziy uchi Serverdan iborat va qolgan uchta yulduz uchlari chetdagi Serv[j] uchlardan iborat, bu yerda j –(a, b, c) qiymatlar to’plamidan iborat o’tqazish tipidagi o’zgaruvchi. O’z navbatida Serv[j] uchlar Node[1..k], Node[k+1..m] va Node[m+1..n] chetki uchlarni o’z ichida saqlovchi uchta yulduz markazlaridan iborat.
    Tizim modelinini tavsiflashi uchun bu formulani so’zlar bilan boyitish lozim. To’lasincha tvsif quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi



    Download 223,53 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 223,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-ma’ruza. Taqsimlangan amaliy algoritmlar va axborot tizimi. Taqsimlangan tizimlarni modellashtirish. Triad tili

    Download 223,53 Kb.