3-Ma’ruza Xotira ierarxiyasi Reja: Xotiraning ierarxik tuzilmasi




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.10.2024
Hajmi0,62 Mb.
#273233
1   2
Bog'liq
3-маъруза 77481

5.2.Magnit disklar 
Magnit disk magnit qatlam bilan qoplangan bir yoki bir nechta alyuminiy 
sirtlardan iborat. Dastlab ularning diametri 50 sm edi, hozirda - 3 dan 12 sm gacha, 
portativ kompyuterlarda - 3 sm dan kam va bu qiymat kamayishda davom 
etmoqda. 


Induktsion katushkani o’z ichiga olgan disk kallagi disk yuzasi bo’ylab 
harakatlanib, havo yostig’iga suyanadi. Disketalarda kallak yuzaga tegadi. Kallak 
orqali musbat yoki manfiy tok o’tganda, u kallak ostidagi sirtni magnitlaydi.
Bunday holda, magnit zarralar oqimning qutblanishiga qarab o’ngga yoki 
chapga magnitlanadi. 
Kallak magnitlangan sohadandan o’tayotganda, unda (kallakda) musbat yoki 
manfiy tok hosil bo’ladi, bu avval yozilgan bitlarni o’qish imkonini beradi. Disk 
kallak ostida aylanayotganligi uchun bit oqimini aval yozish va keyin esa o’qish 
mumkin. 


Yo’lakcha - bu diskning to’liq aylanishi paytida diskka yozilgan bitlarning 
dumaloq ketma-ketligi. Har bir yo’lakcha belgilangan uzunlikdagi sektorlarga 
bo’linadi. Har bir sektor odatda 512 bayt ma’lumotni o’z ichiga oladi. 
Ma’lumotlardan oldin preambula (preamble) bo’lib, o’qish yoki yozishdan oldin 
kallakni sinxronlashtirishga imkon beradi. Ma’lumotlardan keyin xatolarni tuzatish 
kodi Xemming kodi sifatida ishlatiladigan (Error-Correcting Code, YeCC) yoki 
ko’pincha bitta-bitta emas, balki bir nechta xatolarni tuzatishga imkon beruvchi 
Rid-Solomon kodi keladi. Qo’shni sektorlar o’rtasida sektorlararo interval mavjud. 
Ko’pgina ishlab chiqaruvchilar formatlanmagan diskning boshlang’ich 
hajmini, YeCC kodlarini va sektorlararo intervalni o’z ichiga olgan hajmini 
belgilaydilar. 
Formatlangan diskning sig’imi odatda formatlanmagan diskdan 15 foizga 
kam. 
Barcha disklarda kronshteynlar bor, ular disk aylanadigan shpindeldan 
radiusli bo’yicha har xil masofaga oldinga va orqaga harakatlanishi mumkin. 
O’qdan har xil masofada turli xil yo’laklar yoziladi. SHunday qilib, yo’laklar 
shpindel atrofidagi qator konsentrik doiralardir. 
Yo’lning kengligi kallakning kattaligiga va uning harakatining aniqligiga 
bog’liq. Ayni paytda disklar har bir sm ga 5000 dan 10000 gacha yo’lakchaga ega, 
ya’ni har bir yo’lning kengligi 1 dan 2 mikrongacha (1 mikron = 1/1000 mm). 
SHuni ta’kidlash kerakki, yo’lakcha disk sirtidagi kontsentirik o’yiqcha 
emas, balki magnitlangan materialning halqasi bo’lib, u boshqa yo’lchalardan 
kichik chegara sohalari bilan ajralib turadi. 
Kontsentrik yo’lchalardagi bit zichligi disk markazigacha bo’lgan masofaga 
bog’liq holda farqlanadi va asosan disk sirtining sifatiga va havoning tozaligiga 
bog’liq. 
Zamonaviy disklarning yozuv zichligi 50,000 dan 100,000 bit / sm gacha. 
SHunday qilib, radial yo’nalishda yozishni amalga oshirilganda, har bir birlik yuza 


uchun aylana yo’nalishiga qaraganda taxminan 50 barobar ko’proq ma’lumotlar 
joylashadi. 
Zichlikni oshirish uchun ishlab chiqaruvchilar yangi texnologiyalarni ishlab 
chiqmoqdalar, unda bitlarni "uzunlik" bo’yicha o’lchash disk aylanasi bo’ylab 
emas, balki vertikal ravishda - material chuqurligiga kirib borganday bo’ladi. 
Yuqori sirt sifati va yetarli havo tozaligiga yerishish uchun disklar germetik 
tarzda yopiladi. Bunday disklarga qattiq disklar (vinchesterlar) deyiladi. 
Ular birinchi bo’lib IBM tomonidan chiqarilgan. Ular 30 megabayt doimiy 
va 30 megabayt almashadigan xotiraga ega edilar. Ko’pgina magnit disklar bir-
birining ostiga joylashgan bir nechta plastinalardan iborat. Har bir sirt kronshteyn 
va kallak bilan jihozlangan. 
Diskning ishlash unimdorligi ko’plab omillarga bog’liq. Sektordan o’qish yoki 
yozish uchun kallakni o’qdan kerakli masofaga siljitish kerak. Ushbu jarayon 
qidirish deb nomlanadi. Tasodifiy olingan yo’llakchalar orasidagi o’rtacha qidirish 
vaqti 5 dan 10 ms gacha, qo’shni yo’lakchalar orasidagi qidiruv esa 1 ms dan kam. 
Kalak markazdan kerakli masofaga siljiganda, kerakli sektor kallak ostida 
bo’lguncha, u biroz vaqt kutadi (bu sektorni kutish vaqti deb ataladi). Ko’pgina 
disklar 5400, 7200 yoki 10,800 ayl/min tezlikda aylanadi. SHunday qilib, sektor 
uchun o’rtacha kutish vaqti (yarim aylanish) 3 dan 6 ms gacha. 
Axborot uzatish vaqti yozish zichligi va diskni aylanish tezligiga bog’liq. 
Axborot uzatish tezligi sekundiga 20 dan 40 MB gacha bo’lganida, bitta sektorning 
uzatish vaqti (512 bayt) 13 dan 26 mk gacha. SHuning uchun, qidirish vaqti va 


sektorning qidirish vaqti ma’lumot uzatish vaqtini belgilaydi. Diskning turli 
qismlaridan sektorlarni o’qish samarasizligi aniq. 
SHuni ta’kidlash kerakki, preambulalar, YeCC kodlari, sektorlar orasidagi 
bo’shliqlar, shuningdek, ma’lum bir vaqt yo’lakchani izlash va sektorni kutish 
uchun sarflanganligi sababli, kerakli ma’lumotlar diskning turli qismlarida tarqalib 
ketgan holat va ular bir joyda bo’lganda va ketma-ket o’qilgan xolat uchun 
ma’lumotlar uzatish tezligi o’rtasida juda katta farq mavjud.
Birinchi holda ma’lumotlarni uzatishning maksimal tezligiga kallak birinchi 
ma’lumotlar biti ustida joylashgan vaqtda erishiladi.
Biroq, bu tezlikda ishlashni faqat bitta sektorda saqlash mumkin.
Ba’zi ilovalar uchun (masalan, multimedia), kerakli qidirish vaqti va 
sektorning kechikishini hisobga olgan holda, ma’lum bir davrdagi o’rtacha uzatish 
tezligi muhim ahamiyatga yega. 
𝐿 = 2𝜋𝑅 
aylana uzunligini hisoblash formulasi tashqi yo’lakchalarning 
umumiy uzunligi ichki yo’lchalarning uzunligidan kattaroq ekanligini ko’rsatadi.
Barcha magnit disklar kallaklari qaerda bo’lishidan qat’iy nazar doimiy 
burchak tezligida aylanayotganligi sababli, aniq muammo yuzaga keladi. Ilgari, 
disklarni tayyorlashda ishlab chiqaruvchilar ichki yo’llakchaga yozilishning eng 
yuqori zichligidan foydalanar edilar va biz diskning markazidan siljiganimizda, 
yozuv zichligi asta-sekin kamayib borardi. Agar yo’lda, masalan, 18 ta sektor 
mavjud bo’lsa, unda ularning har biri 20° yoyni egallaydi va bu yo’llakchaning 
qaysi tsilindrda ekanligi muhim emas. 
Ayni paytda boshqa strategiya qo’llanilmoqda. TSilindrlar zonalarga 
bo’linadi (odatda diskda 10 dan 30 gacha). Disk markazidan siljiganingizda har bir 
sohadagi 
yo’llakchadagi 
sektorlar 
soni 
ko’payadi. 
Bu 
yo’lkchadagi 
ma’lumotlarning tuzilishini murakkablashtiradi, ammo muhimrog’i diskning 
hajmini oshiradi. Barcha sektorlarda bir xil o’lchamga ega bo’ladi. 

Download 0,62 Mb.
1   2




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Ma’ruza Xotira ierarxiyasi Reja: Xotiraning ierarxik tuzilmasi

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish