Excelning asosiy elementlari[tahrir]




Download 1.6 Mb.
bet22/24
Sana19.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#42783
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
3-Mavzu Apparat taminot va Dasturiy taminot Reja Apparat tamin
mumtoz adabiyoti, 1-Oktabr “Uztozlar va murabbiylar kuni “kuni tadbir bayonnomasi, 2023 2024 укув йили 5 kurs uchun o`quv uslubiy qollanma, 321, 1.4, 1.1, 1.2, Ped Tohtarov (noyabr), Ped Tohtarov (sentabr), Ped Tohtarov (dekabr), 2 Reyting nazorat Axborot xavsizligi oraliq nazorat 9.11.2023, dars ishlanma ilxomjon, Shirin Tursunovaaa sanitariya joriy

Excelning asosiy elementlari[tahrir]


MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma`lumotlar jadval Ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma`lum qismiga boshlang’ich va birlamchi ma`lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlang’ich ma`lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma`lumotlarni kiritish mumkin:

Matnli ma`lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim «=» belgisini qo’yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo’ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o'zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma`lumotlar bo’yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish ob'yekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo’lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Bir ishchi varaq o’z nomiga ega bo’ladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya`ni elektron jadval xisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig'ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo’lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4

Download 1.6 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 1.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Excelning asosiy elementlari[tahrir]

Download 1.6 Mb.