3-mavzu:
. AvtoCAD dasturida matnlar bilan ishlash. O‘lcham qo‘yish.
Materiallar berish
Matn buyrug’ini ishlatish. Matnlarga tuzatishlar kiritish. AutoCAD dasturida
o‘cham qo‘yish. AutoCADda uch o‘lchamli ob‘ektlar bilan ishlash. AutoCAD
dasturida rang berish. AutoCAD dasturida material berish
Odatda chizma AutoCAD ning Model qati oynasida chiziladi. Chizmani chop etishga
taxlash esa Лист (Layouts) qati oynasida bajariladi. Лист qatiga birinchi marta o‘tilar ekan
Modelda chizilgan barcha chizma bitta Ko‘rinish oynasi (Видовый экран) da joylashadi
(1-rasm). Punktir chiziq chop etish qurilmasining chop etish sohasini bildiradi, ya’ni
punktir chiziqdan tashqarida joylashgan chizma chop etilmaydi. Chop etish chizig‘ining
chegara chizig‘i tanlangan printer va plotterga bog‘liq. Lazer printerlari uchun 5-6 mm
tashkil qilsa, purkagichli printerlar uchun uch tarafdan 5-6 mm va chop etishni tugash
tomonidan esa 12-20 mm tashkil qiladi.
1-rasm.
Model qatidan birinchi marta Лист qatiga o‘tilayotganda qog‘oz o‘lchamlari va chop etish
qurilmasini va usullarini tanlash uchun Параметры листа muloqat oynasi chiqadi. (2-
rasm). Bu muloqat oynasini Файл menyusining Диспетчер параметры листов bo‘limi
orqali ham chaqirsa bo‘ladi.
Bu muloqat oynasining ayrim bo‘limlari bilan tanishaylik:
- Принтеры/плоттеры bo‘limining Имя darchasidan chop etish qurilmasi tanlanadi.
Qurilma xossalarini Свойства tugmasidan o‘zgartirish mumkin.
- Формат листа bo‘limida chop etish qurilmasiga mos standart o‘lchamlar tanlanadi. Agar
chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, unda ixtiyoriy standart qog‘oz o‘lchamini tanlash
mumkin.
Qog‘oz parametrlarini chop etish paytida ham tanlash yoki o‘zgartirish imkoni bor.
- Ориентация чертежа bo‘limida tanlangan qog‘ozning vertikal (Книжная) yoki
gorizontal (Альбомная) holatida joylashishi tanlanadi. Повернуть bayroqchasi qo‘yish
bilan chizmani chop etish oxiridan boshlanadi.
Ko’rinish oynasi
chegarasi
chop etish qurilmasi-
ning chegara chizig’i
Qog’oz
chegarasi
2-rasm
- Печатаемая область bo‘limida chop etish uchun soha tanlanadi. U yerda 4 holdan biri
tanlanadi (3-rasm).
Границы – chop etish qurilmasi ruxsat etgan chegara bo‘yicha listdagi barcha ob’yektlar
chizmasini chop etadi.
Экран – chizmaning ekranda ko‘ringan qismini chop etadi.
Рамка – bu usul tanlanganda sichqoncha bilan ekranda chop etila-
digan to‘rtburchak soha ko‘rstilishi talab qilinadi. Soha diagonal
bo‘yicha ikki chekka nuqtalarini ko‘rsatish orqali tanlanadi.
Ko‘rsatilgan soha chop etiladi.
Лист – listda joylashgan barcha chizma chop etiladi. Модель
qatidan chop etish paytida List o‘rniga Limit (chizishi chegarasi) da
joylashgan barcha chizma chop etiladi.
- Смещение от начало bo‘limida (2-rasm) qog‘oz pastki chap
burchagidan tanlangan sohani X va Y yo‘nalishi bo‘yicha necha mm ga siljitib chop qilish
ko‘rsatiladi. Центрировать tanlansa, chizmani qog‘oz o‘rtasiga joylashtirib beradi.
- Масштаб печати bo‘limida chop etiladigan sohani qog‘ozga joylashtirish uchun
masshtab tanlanadi. Вписать belgilansa chizma ko‘rinishiga masshtabni AutoCAD o‘zi
tanlab, to‘lasincha tanlangan qog‘oz formatiga joylab beradi. U tanlagan masshtab
standartga mos kelmaydi. Масштаб degan joydan esa foydalanuvchi o‘zi standart
kattalashtirish yoki kichiklashtirish masshtabini tanlaydi. Odatda chizma ko‘rinishi Лист
qatida chop etishga tayyorlangach, masshtabi 1:1 tanlab chop etiladi. Chizmaning o‘ziga
esa Listdagi ko‘rinish oynalarida (model muhitida) aniq masshtab tanlanadi (4-rasm).
Масштабировать вес линий orqali chiziq yo‘g‘onliklarini masshtabga qarab mos
ravishda o‘zgartirish yoki o‘z yo‘g‘onligida qoldirish ko‘rsatiladi.
- Просмотр… tugmasi orqali chop etiladigan chizma qog‘ozda qanday joylashishini
ekranda ko‘rish mumkin. Agar qog‘ozda joylashishi ma’qul bo‘lmasa, yana Параметры
листов oynasiga qaytib qog‘oz parametrlari o‘zgartiriladi. Chop etish qurilmasi
tanlanmagan bo‘lsa, pechat qilish va oldindan ekranda ko‘rish (Просмотр) imkoni
bo‘lmaydi.
3-rasm
Ko‘rinish oynasining chegara chiziqlari qog‘ozga chiqmasligi uchun uni chop
etilmaydigan (Defpoints) qatga o‘tkazish kerak.
Ko‘rinish oynasi uchun chizma masshtabini tanlash:
4-rasm.
5-rasm
Chop etish uchun qog‘ozning barcha parametrlari tanlangach, ko‘rinayotgan puntir
chizig‘i yaqinroq ichki tomonlari bilan qog‘oz uchun ramka chizig‘i va chap burchakda
shtamp chiziladi.
Ramka va burchak shtampi kesma chizish buyrug‘idan foydalanib chiziladi.
Burchak shampining o‘lchami 5-rasmda keltirilgan.
Chizma uchun kerak bo‘ladigin chiziq turlari Linetype buyrug‘i bilan yoki Формат
menyusidagi Типи линий… bo‘limi orqali ochiladigan muloqat oynadan tanlanadi (6-
rasm). Bu muloqat oynadi faqat bir xil chiziq turi mavjud. Boshqa chiziq turlarini tanlash
uchun muloqat oynasining Загрузить tugmasi bosiladi va barcha chiziqlar ro‘yxatining
oynasi chaqirilib (7-a,rasm), u yerdan ketma-ket chizmada ishlatiladigan bir necha chiziq
turi o‘rnatiladi. O‘rnatilgan chiziq turlaridan chizmada foydalanish imkoni bo‘ladi (7-
b,rasm).
1 2 3 4 5 6
1.
Ko’rinish oynasi yaratish
uchun dialog oyna chaqiradi;
2.
Diagonal bo’yicha ikki nuqta
ko’rsatib to’rtburchakli
Ko’rinish oynasi yaratish;
3.
Bir necha nuqtalar ko’rsatib
ko’pburchakli Ko’rinish oynasi
yaratish;
4. Chizilgan yopiq konturli
figurani Ko’rinish oynasiga
aylantirish;
5.
Ko’rinish oynasini chegarala-
rini qirqish orqali yangicha
ko’rinishga o’tkazish;
6.
Aktiv Ko’rinish oynasidagi
chizmaga masshtab tanlash;
185
6-rasm
Tanlangan shtrix chiziqlar turi chizma masshtabiga to‘g‘ri kelmasa, shtrix chiziqlar
uzun yoki qisqa bo‘lib ko‘rinadi, hatto to‘g‘ri chiziq bo‘lib ko‘rinadi. Unda chiziqlar
masshtabini o‘zgartirish kerak. Chiziq uchun masshtab koeffisiyenti Глобальный
масштаб yoki Текуший масштаб bo‘limidan tanlanadi (6-rasm). Gobalnыy masshtab –
barcha chiziqlarga ta’sir etadi, Tekushiy masshtab – yangi chizilayotgan chiziqqa turiga
tegishli bo‘ladi. Umumiy masshtab har ikkala masshtab koeffisiyentlarining
ko‘paytmasiga teng.
O‘rnatilgan chiziq turini jihozlar panelidagi «tipi liniy» tugmasini bosib olishimiz mumkin
(7-b, rasm). Xuddi shu yerdan Другой bo‘limidan yana chiziq tanlash uchun 7-a,rasmdagi
oynani chaqirib olishimiz ham mumkin.
|