3-mavzu: Avtocad dasturida matnlar bilan ishlash. O‘lcham qo‘yish. Materiallar berish




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.10.2024
Hajmi0,59 Mb.
#273747
1   2   3
Bog'liq
3-MAVZU

 
Chiziq yo‘g‘onligini tanlash 
 
Chizmada chiziqlarga turlicha yo‘g‘onlik tanlashga to‘g‘ri keladi. Chiziq 
yo‘g‘onliklari Формат menyusining Веса линий bo‘limidan chaqiriladigan Параметры 
а) 
б) 
7-rasm


веса линий muloqat oynasidan o‘rnatiladi (8-a,rasm). Bu oynani AutoCAD oynasining 
holat qatoridagi ВЕС tugmasiga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ham chaqirib olish 
mumkin. Odatda chiziq yo‘g‘onligi По слою, ya’ni chizilayotgan qat uchun o‘rnatiladi va 
uning yo‘g‘onligi По умолчанию bo‘limida tanlanadi.
Jihozlar panelidagi Вес линий tugmasidan ham chiziq yo‘g‘onligini tanlash 
mumkin (8-b,rasm). Tanlangan chiziq yo‘g‘onligi belgilangan ob’ktlar uchun taalluqli 
bo‘ladi. Agar birorta ob’yekt belgilanmagan bo‘lsa keyingi chizilayotgan elementlar 
tanlangan yo‘g‘onlik bilan chiziladi. 
Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinishi uchun holat qatoridagi ВЕС tugmasi bosilgan 
bo‘lishi kerak.
Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinmas holatida turgan bo‘lsada, qog‘ozga chop 
etganda o‘z yo‘g‘onliklari bilan chop etiladi. Chiziq yo‘g‘onligini qog‘oz masshtabiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z yo‘g‘onligi bilan chop etish yoki qog‘oz masshtabini hisobga 
olib ham chop etish imkoni bor. Bu parametr chop etish paytida tanlanadi (2-rasmga 
qarang). 
8-rasm 
Tekst uchun AutoCADning vektorli shriftlardan yoki Windows tizimidagi bor 
standart shriftlardan foydalanish mumkin. Vektorli shriftlarning tipi *.shx ko‘rinishida 
bo‘ladi (10-rasmga qarang). Vektorli shriftlarga yo‘g‘onlik xuddi chiziqqa qo‘llangandek 
qo‘llaniladi. Windows shriftlari uchun chiziq yo‘g‘onligini tanlab bo‘lmaydi. 
Tekst bir qatorli Однострочный yoki ko‘p qatorli Многострочный bo‘lishi 
mumkin.
Tekst kiritish va kiritilgan tekstni tahrirlash uchun jihozlar panelidagi tugmalardan 
foydalaniladi. Quyida tekstni kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladigan tugmalarning 
ayrimlari keltirilgan: 
- ko‘p 
qatorli Многострочный tekst yozish 
buyrug‘ini chaqiradi; yozish sohasi (chegarasi) 
ko‘rsatilgach 9-rasmdagi oynani ochib beradi. 
- bir qatorli Однострочный tekst yozish buyrug‘ini 
chaqiradi. 
- ko‘rsatilgan tekstni tahrirlash imkonini beradi; agar 
ko‘p qatorli tekst bo‘lsa, 9-rasmdagi tahrirlash 
oynasi ochiladi, bir qatorli tekst esa joyida 
o‘zgartiriladi.
а) 
b) 


- tekst stilini yaratish uchun muloqat oynasini 
chaqiradi (10-rasm) 
- belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga 
nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish 
Bir qatorli tekst yozish uchun chizmada boshlang‘ich nuqta sichqoncha yordamida 
ko‘rsatiladi, so‘ngra shrift balandligi va yo‘nalish qiyaligi navbatma-navbat kiritiladi. 
So‘ngra tekst matni yoziladi. Yangi qatorga Enter bilan o‘tiladi. Enter ketma-ket bosilsa, 
tekst yozish tugatilati. 
Ko‘p qatorli tekst joylanishi uchun to‘rtburchak soha qarama-qarshi ikki nuqtasi orqali 
ko‘rsatiladi. Ekranda tekst kiritish uchun muloqat oynasi paydo bo‘ladi (9-rasm). Bu 
muloqat oynasida oldindan yaratilgan tekst stillaridan foydalanish; shrift turini va 
balandligini tanlash; tekstga rang berish; tekstni to‘rburchak sohaning chap, o‘ng yuqori, 
past, o‘rtasiga joylash; qatorlar orasi intervalini o‘zgartirish; qiya yozish; harflar oralig‘i 
masofalarini va enini o‘zgartirish; simvollar kiritish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Bu 
o‘zgartirishlar tekstning belgilangan qismiga ta’sir etadi. Tekstni biror fayldan import qilib 
olish ham mumkin. Muloqot oynaning lineykasi yordamida abzas chegaralarini va tekst 
yozilgan to‘rtburchak sohaning o‘lchamini o‘zgartiriladi. Undan tashqari tekst sohasiga 
rang berish, chizmadagi fon ustiga yozish va bu fonning tekstga nisbatan ko‘rinish 
darachasini foizlarda tanlash mumkin.
Buyruqlarni muloqat oynasidagi (9-rasm) tugmachalar (piktogrammalar) 
yordamida yoki tekst yozilayotgan sohaga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosib 
chaqirilayotgan menyudan bajarish mumkin. 
9-rasm 
Chizmada ko‘p qo‘llaniladigan ayrim belgilar quyidagicha tanlanadi:

- diametr 
belgisi %%s orqali, 

- gradus belgisi %%d orqali va

- plyus-minus belgisi %%p orqali 
yoziladi (bu yerda s, d, p harflari lotin tilida yozilishi kerak) . 
Формат menyusining Текстовые стилы… bo‘limi orqali yangi stillar (namuna) 
yaratish yoki yaratilgan stillarni o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (10-rasm).
Odatda Стандартный stili o‘rnatilgan bo‘ladi. Yaratilayotgan stillarga nom berib 
saqlab qo‘yiladi. Keyinchalik teks yozish va tahrirlash paytida bu stillardan foydalanish 
imkoni paydo bo‘ladi. Bundan tashqari stilga biror o‘zgartirish kiritilsa, chizmada shu stil 
bilan yozilgan barcha tekst o‘z-o‘zidan mos ravishda o‘zgaradi.
Tekstni tahrirlash uchun tekst ustiga sichqonchani ikki marta chertib olish kerak 
yoki 
- tugmadan foydalanish kerak. 


10-rasm. 
Bir qatorli tekstni tahrirlashning yana bir qulay usuli tekstni belgilab Свойства 
oynasidan foydalanishdir (Свойства oynasini Ctrl+1 tugmasi bilan tezda chaqirib olsa 
bo‘ladi).

Download 0,59 Mb.
1   2   3




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-mavzu: Avtocad dasturida matnlar bilan ishlash. O‘lcham qo‘yish. Materiallar berish

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish