Bir qancha ta’riflarni kiritamiz. Mohiyat deganda
ixtiyoriy tabiatga ega
bo’lgan ob’ektni tushunamiz. Bu ob’ekt real olamda mavjud bo’lishi mumkin. Bu
holda u P-mohiyat deb ataladi. Bilimlar bazasida unga qandaydir tavsif mos keladi.
Bu tavsifning to’liqligi P-mohiyat haqida intellektual tizim ega bo’lgan axborot
bilan aniqlanadi. Bunday tasvirlash bilimlar bazasida M-mohiyat deyiladi.
SHuni
ta’kidlash joizki, shunday M-mohiyat mavjud bo’lishi mumkinki,
unga mos P-
mohiyat mavjud bo’lmasligi mumkin. Bunday M-mohiyatlar bilimlar bazasi ichida
umumlashtirish amallariga o’xshash amallar yordamida hosil qilingan abstrakt
ob’ektlarni o’zida ifodalaydi.
Mohiyatlarni ikki qismga ajratish birinchi
marta semioptik modellarda
shakllangan va ularga asoslangan vaziyatli boshqarish g’oyalarini to’rli modellarda
qo’llashga imkon beradi. Muammoli sohaning semioptik modeli deganda bilimlar
bazasida P-mohiyatlar va ular orasidagi bog’lanishlarni tosvirlash imkonini
beradigan protseduralar kompleksi tushuniladi. O’zaro bog’langan P-mohiyatlarni
interpretatsiya qilish usuli denotativ semantika, o’zaro bog’langan M-mohiyatlarni
interpretatsiya qilish usuli konnotativ semantika deyiladi.
P-mohiyat bilimlar
bazasidagi unga mos M-mohiyatga nisbatan M-mohiyatning denotati yoki referenti
deyiladi, M-mohiyat esa P-mohiyatga nisbatan uning degistanti, nomi, nishoni,
identifikatori va sh.k. deyiladi. Degistant to’rli modeldagi oddiyroq element. U to’rli
modeldagi terminal ob’ektlar sinfiga kiradi. Terminal ob’ekt
deb oddiyroq
mohiyatlarga ajratib bo’lmaydigan M-mohiyatga aytiladi. Qolgan M-mohiyatlar
xosilaviy ob’ektlar yoki xosilaviy M-mohiyatlar deyiladi. Sinf yoki turlarni tashkil
etadigan terminal ob’ektlar ro’yxati intellektual tizimlarni tashkil etishda beriladi.
Ular butun,
haqiqiy sonlar, identifikatorlar, satrlar, ro’yxatlar va h.k. bo’lishi
mumkin. Terminal ob’ektlarning semantikasi ular
bilan ishlatiladigan mumkin
bo’lgan protseduralar to’plami bilan aniqlanadi. Masalan: sonlar ustida arifmetik
amallar bajarish, satrlar yoki identifikatorlarni o’zaro taqqoslash, kiritish-chiqarish
amallari va h.k.