3. Maxsuliy modellar.
Maxsulotlar freymlar bilan bir qatorda intellektual
tizimlarda bilimlarni
tasvirlashning mashxur vositalari xisoblanadi. Maxsulotlar bir tomondan mantiqiy
modellarga yaqin bo’lib, maxsuliy chiqarish protseduralarini tashkil etish imkonini
bersa, boshqa tomondan klassik mantiqiy modellarga qaraganda bilimlarni
ko’rgazmaliroq tarzda aks ettiradi. Ularda mantiqiy xisoblarga xos bo’lgan qat’iy
chegaranishlar yo’q. Bu esa maxsulot elementlarini interpretatsiyasini o’zgartirish
imkonini beradi. Umumiy xolda maxsulot deganda quyidagi ifoda tushuniladi:
(i); Q; P; A=>B; N.
Bu yerda i-maxsulot nomi bo’lib, bu nom
yordamida mazkur maxsulot
maxsulotlar to’plamidan ajratib olinadi. Nom sifatida maxsulotning mazmunini aks
ettiruvchi qandaydir leksema(masalan, «kitoblar xaridi» yoki «qulfning kodlari
to’plami») yoki tizim xotirasida saqlanuvchi maxsulotlar to’plamidagi maxsulotning
tartib raqami olinishi mumkin.
Q element maxsulotning qo’llanilish sohasini xarakterlaydi. Bunday sohalar
inson kognitiv strukturalaridan oson ajratiladi. Bizning bilimlarimiz «tayoqchalar
bo’yicha ajratilgan». Bir «tayoqcha»da ovqatni qanday tayyorlash haqidagi bilimlar
saqlansa, boshqasida ishga qanday yetib borish haqidagi bilimlar saqlanadi va h.k.
Bilimlarni aloxida sohalarga ajratish kerakli bilimni izlash vaqtini tejashga imkon
beradi. Intellektual tizimlarning bilimlar bazasida
bunday sohalarga ajratish
maxsuliy modellarda bilimlarni tasvirlash uchun maqsadga movofiq.
Maxsulotning asosiy elementi uning yadrosi A=>B xisoblanadi. Maxsulot
yadrosini interpretatsiya qilish => sekventsiya ishorasining chap va o’ng tomonida
nima turganligiga bog’liq holda turli xil bo’lishi mumkin. Maxsulot yadrosini oddiy
o’qish quyidagicha ko’rishinda bo’ladi: AGAR A, U XOLDA B.
Yadroning
murakkabroq konstruktsiyalari o’ng tomonda alternativ tanlovlarga ruxsat beradi.
Masalan, AGAR A, U XOLDA V1, AKS XOLDA V2. Sekventsiya oddiy mantiqiy
ma’noda A ning rostligidan V kelib chiqishiga o’xshash mantiqiy ishora sifatida
izoxlanishi mumkin. Maxsulot yadrosini boshqa interpretatsiyalari ham bo’lishi
mumkin. Masalan, A V xarakatni amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan biror bir
shartni tavsiflashi mumkin.
P element maxsulot yadrosining qo’llanilish sharti xisoblanadi.
Odatda P
mantiqiy ifoda bo’ladi (qoidaga ko’ra predikat). R «rost» qiymat qabul qilganda
maxsulot yadrosi faollashadi. Agar R yolg’on bo’lsa
maxsulot yadrosini ishlatib
bo’lmaydi.
N element maxsulotning keyingi shartini tavsiflaydi. Ular faqat maxsulot
yadrosi amalga oshgandagina aktuallashtiriladi. Maxsulot keyingi sharti V ni amalga
oshirgandan keyin bajarish kerak bo’ladigan xarakat va protseduralarni tavsiflaydi.
Masalan, magazinda biror maxsulot xarid qilingandan keyin maxsulotlar ro’yxatidan
shunday turdagi maxsulotning sonini bittaga kamaytirish kerak.
Agar tizim xotirasida qandaydir maxsulotlar to’plami saqlansa, u xolda ular
maxsulotlar tizimini tashkil etadi. Maxsulotlar tizimida
maxsulotlarni boshqarish
uchun maxsus protseduralar berilgan bo’lishi kerak. Bu protseduralar yordamida
maxsulotlarni aktuallashtirish va aktuallashgan maxsulotlar
orasidan u yoki bu
maxsulotni bajarish uchun tanlash amalga oshiriladi.
Bir qator intellektual tizimlarda bilimlarni tasvirlashning to’rli va maxsuliy
modellarining kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunday modellarda
deklarativ bilimlar
modelning to’rli komponentida, protsedurali bilimlar maxsuliy komponentida
tavsiflanadi. Bunday xolda semantik to’r ustidan maxsuliy tizimning ishlashi haqida
gapirishadi.