|
Multimediyali taqdimotlar yaratish texnologiyasi
|
bet | 1/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,72 Mb. | | #229291 |
Bog'liq 2 mavzu. Multimediya texnologiyalari Multimediyali taqdimotlar yaratish texnologiyasi. Reja: - Multimediya xizmati
- Multimediya tizimida ma’lumotlar uzatish
- Multimediyaning dasturiy vositalari.
- PowerPoint dasturida ishlash.
Multimediya xizmati - Multimediya texnologiyalari informatikaning istiqbolli va mashxur yo'nalishlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Multimediya-texnologiyalarining asosiy maqsadi - tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar (Simulation) bilan ta'minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimediya dasturiy maxsulotlari o’z ichiga interaktiv interfeys va boshqarish mexanizmlarini o'z ichiga qamrab oladi.
Multimedia tizimlarini paydo bo'lishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga va ilm-fanda, ta'limda, savdo (biznes)da, tibbiyotda keng ko’lamda tatbiq etilishiga turtki bo'ldi. - Multimedia tizimlarini paydo bo'lishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga va ilm-fanda, ta'limda, savdo (biznes)da, tibbiyotda keng ko’lamda tatbiq etilishiga turtki bo'ldi.
- Multimedia (multimedia) - bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo'lib, matn, tovush, videotasvir, grafiktasvir va animatsiyani (multiplekatsiyani) yaxlit kompyuter tizimiga birlashtirish imkonini yaratadi.
- Multimedia amaliyotidagi ish tartibi - bu apparat-dasturiy muhit bo'lib kompyuterga axborotni kiritish, ishlov berish, saqlash, uzatish va matn, chizmalarni, videotasvir, tovush hamda nutqlarni insonga zarur va qulay holatda yetkazishdir (chiqarish).
Multimediya xizmati - 80 - yillar oxirida multimediya texnologiyalariga qiziqish mashxur amerikalik kompyuter mutaxassisi biznesmen Bill Geytsning nomi bilan bog'liq. U ("National Art Gallery. London") nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bu multimediya dasturida muzeyning ma'lumot omborlaridan foydalanilgan. Bunda turli muhitlardan - tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn tizimi namoyon qilingan.
|
| |