|
Multimediyali taqdimotlar yaratish texnologiyasi
|
bet | 3/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,72 Mb. | | #229291 |
Bog'liq 2 mavzu. Multimediya texnologiyalari Multimediya - bu kompyuter texnologiyalarining shunday sohasiki, u turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko’rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma'lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo’lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar). - Multimediya - bu kompyuter texnologiyalarining shunday sohasiki, u turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko’rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma'lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo’lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar).
- Multimediya (multimediya - ko’pmuhitlik) vositalari bu - foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo’ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig'indisi.
Multimediya tizimlarining tarkibi va tuzilishi. - Multimediya tizimlari asosan ikki tarkibiy qismdan iborat: apparat va dasturiy vositalar
- Multimediyaning apparat qismi standart kompyuter vositalaridan - grafik adapter, monitor, tovush kartalari, DVD va shuningdek kiritish - chiqarish vositalaridan - videokarta, TV-tyunerlar, CD-RW, DVD-RW turidagi jamlovchilardan hamda proyektor, elektron doskalardan tashkil topgandir.
Multimediya tizimlarining tarkibi va tuzilishi. - Multimediya tizimining dasturiy muhitini har ikkiga bo’lish mumkin: amaliy va ixtisoslashtirilgan.
- Amaliy dasturlar - foydalanilayotgan yoki loyihalashtirilgan amaliy dasturlar.
- Ixtisoslashtirilgan dasturlar - bu dastur to’plamiga multimediya ilovalarini yaratuvchi dasturiy vositalar kiradi. Bu toifadagi dasturlarga grafik muxarrir, videotasvir muxarriri, tovushli axborotni xosil qilish va muxarrirlash vositalari kiradi.
Multimedia texnologiyasini ta'limda qo'llanilishi - Multimedia texnologiyalari ta'limning turli sohalarida maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda keng miqyosda o'z o'rnini egallamoqda.
- Asosan multimedia tizimining ikki turidan foydalanilmoqda: tashqi qurilma to'plamiga ega bo'lgan shaxsiy kompyuter asosidagi va ikki tomonlama axborot almashuvi orqali o'qitishning elektron doskasi (interaktiv doska) proyektor va tizimli blok asosidagi turlari.
- Multimedia tizimining birinchi turini oddiy shaxsiy kompyuter asosida joriy etish uchun qo'shimcha texnik jihozlardan katta sig'imli tovush kartasi (700 M.b), lazerli disk qurilmasi, video tasvirlarni buferlash hamda kiritish uchun video karta, uzluksiz signalni (analog) raqamli o'lchamga o'zgartirish uchun televizion tyuner (TV-tyunerlar), video-pleyrlardan foydalaniladi.
|
| |