|
Mavzu: Mavzu: Qidiruv va uning vazifasi
|
bet | 1/4 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #103778 |
Bog'liq malumotlar tuzilma MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Kiberxavfsizlik fakuliteti Axborot xavfsizliogi yo’nalishi 713-22 guruh talabasi Nurmuratov Sarvarbek Ma’lumotlar tuzilmasi fanidan Mustaqil ishi . Mavzu:
Mavzu: Qidiruv va uning vazifasi
REJA:
1.Qidirish tushunchasi
2.Qidiruv vazifasi
3.Ma’lumotlarni qidirish usuli
4.Ma’lumotlarni qidirish usulining algoritimi va ularning
samaradorligi qidirish tushunchasi va uning vazifasi
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar
QIDIRISH TUSHUNCHASI VA UNING VAZIFASI
QIDIRUV bu ma’lumotlarning orasidan ma’lum bir belgilarga mos ma’lumotlarni topish yoki yo’qligini aniqlash jarayonidir.
Ma'lumot qidirish Intеrnеt – bu ma'lumot okеani. Tarmoqda, dеyarli, istagan mavzu bo’yicha barcha ma'lumotlar mavjud. Lеkin okеanda yo’l topish qiyin bo’lgandеk, Intеrnеtda ham biror narsani topish katta muammo. Agar Intеrnеtda axtarish tizimlari bo’lmaganda, ma'lumot okеanida umuman biror narsani topish mumkin bo’lmas edi. Ajabo, bunday imkoniyatlar tarmoqda mavjud: qidiruv qulay va tеz bo’lishi uchun maxsus ma'lumot qidirish tizimlari yaratilgan. Qidiruv tizimlarining tuzilishi Qidiruv tizimi bu maxsus sеrvеr, uning asosiy xizmati kеng Intеrnеt fazosida ma'lumotlarni qidirish, to’plash, tartiblash va foydalanuvchilarni kеrakli ma'lumot bilan tеz va qulay ravishda ta'minlash. Qidiruv mashinalar asosiy bеsh qismdan iborat:
Qidiruv usullari va algoritmlari
Jadvaldagi maʼlumotlarning tuzilmasiga qarab qidiruvni bir necha turlari mavjud:
Chiziqli yoki ketma-ket qidiruv (Linear search)
Binar yoki oraliqni teng ikkiga bo’lish orqali qidiruv (Binary search)
O’tish yoki o’tqazishlar orqali qidiruv (Jump search)
Xeshlash yoki kalitlarni akslantirish orqali qidiruv (Hash-based Search)
Qidiruvning maqsadi - quyidagi jarayonlarning birini bajarilishidan iborat:
topilgan yozuvni oʼqish;
qidirilayotgan yozuv topilmasa, uni jadvalga qoʼshish;
topilgan yozuvni oʼchirish.
Ma'lumot jamg’armasi (database) – qidiruv tizimi to’plagan va qayta ishlagan barcha ma'lumotlar saqlanadigan ombori.
Qidiruv tushunchasi va uning vazifasi
Qidiruvni amalga oshirayotganda 3ta xususiyat (atribut) ajratish mumkin:
1) Ma’lumotlar majmuasi - bu fayl yoki jadval ko’rinishidagi berilgan ma’lumotlar jamlanmasi (to’plami).
2) Kalit - ixtiyoriy maʼlumot (yoki tuzilma elementi) boshqa maʼlumotdan biror bir farqlash belgisi.
3) Qidiruv mezoni – bu qidirilayotgan kalit belgisi ma’lumotlar yozuvlarida moslik sharti. (teng, yaqin, o’xshash va b.)
Kalit ikki hil boʼlishi mumkin:
* Birlamchi (takrorlanmaydi, noyob);
* Ikkilamchi (takrorlanadi).
Kalitlar saqlanishiga nisbattan ichki va tashqi deyiladi. Agar kalitlar maʼlumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Аks holda, yaʼni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
|
| |