3-mavzu Boshlang‘ich sinflarda
zamonaviy texnologiyalar,
o’quv jarayonini tashkil etish usullari va shakllari. Online matn
muxarrirlar bilan ishlash. Online matn muxarrir yordamida
meʻyoriy hujjatlar tayyorlash.
O’qish davrida yoki mehnat faoliyatini boshlaganimizda
eng kerakli
ko’nikmalardan biri – taqdimot yaratishni bilish deyilsa mubolag’a bo’lmaydi.
Agar bu jarayonning bir nechta muhim qoidalarini o’rganib olinsa, taqdimotlarni
tayyorlash tez va oson ishga aylanib qoladi. Ushbu maqolada
taqdimot tayyorlash
va taqdim etish usullari haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ta’sirchan taqdimot (ya’ni prezentatsiya) yaratish uchun amerikalik
professor
Andrew Abelani
“Ekstrim Taqdimot” usulidan foydalanishimiz mumkin.
Taqdimot yaratishdan oldin quyidagi savollarga
javob topilsa, uni ustida
ishlashga ketgan vaqtimiz samarali sarflanadi.
Taqdimot tinglovchilari
Mening auditoriyam kimlar va ularning taqdimotdagi ehtiyojlari nimada?
Tinglovchilarning yoshi, mutaxassisligi, qiziqishlari va taqdimot joyi kabi faktorlar
uning uslubini to’g’ri tanlashda yordam beradi.
Taqdimot maqsadi
Taqdimotdan ko’zlangan maqsad nima? Tinglovchilar
taqdimotdan oldin shu
mavzu bo’yicha o’y-fikrlari va amallari qanday edi? Taqdimotdan so’ng ularning
fikrlari va amallari qanday bo’lishi kerak? Qaysi eng asosiy g’oyani tinglovchilar
bilan ulashmoqchiman va uni evaziga o’zim nima olmoqchiman?
Taqdimot uchun e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana
bir muhim masala - uni
auditoriyaga qo’ldan kelgancha onson tushuniladigan, aniq va
qiziqarli tarzda
yetkazib berishdir. Chunki ko’pincha auditoriya
taqdimotchi hikoyasini ham
tinglab, ham unga savol berishga ulgurishi kerak bo’ladi.
Prezentatsya “hikoyasi"ni tuzishda konsaltingda keng qo’llaniladigan
uslubdan foydalanish mumkin. Unga ko’ra, taqdimot birinchi hozirgi vaziyat
qandayligi bilan boshlanadi. Keyin shu vaziyatga tegishlik, shu taqdimotni qilishga
sababchi bo’lgan o’zgarish yoki qiyinchilik tafsilotlari tasvirlanadi. So’ng, uni
yechishga kerak bo’lgan savol(lar) beriladi, ohirida unga javob(lar) taqdim
qilinishi bilan yakunlanadi.
Taqdimot mavzusi
Tinglovchilar nega o’z vaqtlarini aynan mening taqdimotim uchun
ketkazishlari kerak?Ularni taqdimotim nimasi bilan o’ziga jalb eta oladi? Shu
savollar bilan mavzuni qiziqarliroq qilib ifodalashga yordam berishi mumkin.
Taqdimot berish jarayoni
Taqdimotimni uzoqligi qanday bo’ladi? Nechta slaydlar kerak bo’ladi? Uni
qanday boshlayman va olib boraman? Savollar qachon berilishi mumkin?
Ba’zida taqdimotchi o’z hikoyasini uzoqdan boshlab uni kulminatsiyaga olib
kelguncha auditoriyasini “yo’qotib” qo’ygan hollar ham uchrab turadi. Ayniqsa
mobil telefon va internet davrida odamlarning diqqat qilish davomiyligi qisqarib
borayotganligini kuzatish mumkin. Shuning uchun taqdimot tayyorlashda
Barbara
Minto
ning Piramida Printsipini qo’llash foyda beradi. Bu printsipga ko’ra eng
asosiy fikr-g’oyani taqdimotni boshidayoq bayon qilinishi kerak. Uning
tafsilotlarini esa taqdimot davomida mantiqiy bo’laklarga bo’lib hikoya
shaklida
yoritib boriladi.
Tinglovchilar ma’lumotni qanday qabul qilishlari muallif o’z
fikrini qanday
bayon qilishga ham bog’liq bo’ladi.