Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 7
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
581
w
www.oriens.uz
July
2022
ZOOLOGIYA FANINI O'QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
VIRTUAL LABORATORIYA MASHG'ULOTLARINI QO'LLASH
Salimova Sarvinoz Farxodovna,
Buxoro Davlat universiteti
Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD)
Email: sarvinoz8915g@gmail.com
Karomova Dildor Zokirovna,
Buxoro Davlat universiteti Biologiya (fan yo'nalishi bo'yicha)
mutaxassisligi magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada zoologiya fanini o'qitish samaradorligini oshirishda virtual
laboratoriya mashg'ulotlarini qo'llash borasida ma’lumotlar beriladi.
Kalit so‘zlar: Zoologiya, Virtuallik, virtual laboratoriya, virtual reallik,
VirtualLab, multimedia vositalari.
ABSTRACT
This article provides information on the use of virtual laboratory training in
improving the effectiveness of teaching zoology.
Keywords: Zoology, Virtuality, virtual laboratory, virtual reality, VirtualLab,
multimedia tools.
АННОТАЦИЯ
В данной статье представлена информация об использовании
виртуальных лабораторных занятий для повышения эффективности
преподавания зоологии.
Ключевые слова: зоология, виртуальность, виртуальная лаборатория,
виртуальная реальность, VirtualLab, мультимедийные средства.
KIRISH
Ayni paytda respublikamizda ta’lim jarayonini takomillashtirish uchun o‘quv
jarayoni samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Amaliyot
o‘qituvchining dars jarayonida o‘quvchilarga bergan bilimlari yig‘indisining
amaldagi tadbig‘idir. Zoologiya fanidan barcha nazariy bilimlar amaliyotda
qo‘llanilmasa, o‘z samarasini bermaydi. Shunday ekan, zoologiya qonuniyatlari,
tushunchalar, moddalarning xossalari, ularni hosil qilishni tajribalarga asoslangan
holda o‘rganish fanni yanada mukammal tadqiq qilishga imkon beradigan omil
ekanligini anglash qiyin emas.
|