• MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • Oriental Renaissance: Innovative




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana17.12.2023
    Hajmi0,67 Mb.
    #121506
    1   2   3   4
    Bog'liq
    zoologiya-fanini-oqitish-samaradorligini-oshirishda-virtual-laboratoriya-mashgulotlarini-qollash

    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 2 | ISSUE 7 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor
     
     SJIF 2022: 5.947 
    Advanced Sciences Index Factor 
     ASI Factor = 1.7 
    582 
    w
    www.oriens.uz
    July
    2022
     
    Hozirgi kunda ta’lim tizimida eng dolzarb muammolardan biri o’quv jarayonini 
    takomillashtirishda innovatsion, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan 
    foydalanish va o’quv jarayonining samaradorligini oshirish sohasida ilmiy tadqiqot 
    ishlarini olib borishdan iborat. Jumladan, zoologiya fanini o’qitishda eng dolizarb 
    muammolardan biri o’quv jarayonini takomillashtirishda virtual laboratoriyalardan
    virtual demonstratsiyalardan foydalanish va o’quv jarayonining samaradorligini 
    oshirish sohasida uslubiy ishlanmalarni yaratish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq 
    etishdan iborat. 
    MUHOKAMA VA NATIJALAR 
    O’qitishning an’anaviy usullarida fan bo’yicha olingan nazariy bilimlarni 
    mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarni hosil qilish uchun xizmat qiluvchi labo-
    ratoriya va amaliy mashg’ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Lekin ular aksariyat 
    xolatlarda kutilgan natijani bermaydi. Buning sabablari quyidagichadir: 

    laboratoriya stendlarining etarli emasligi

    mavjud laboratoriya stendlari zamonaviy uskunalar, qurilmalar va apparatlar 
    bilan ta’minlanmaganligi; 

    ko’pchilik laboratoriya stendlarining zamonaviy talablarga javob bermasligi 
    va ma’naviy eskirganligi; 

    laboratoriya ishlari va stendlarini mukammallashtirib turish zarurligi; 

    ayrim laboratoriya sxemalarini yig’ish uchun ko’p vaqt talab qilinishi sababli 
    o’quvchilar ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olmasligi. 
    Yuqorida keltirilgan kamchiliklariing ko’pchiligini o’quv jarayoniga virtual 
    laboratoriyalarni kiritish yo’li bilan bartaraf qilish mumkin. Virtual laboratoriya (VL) 
    dasturiy kompleks bo’lib, foydalanuvchiga har xil turdagi qurilmalar va tizimlar bilan 
    ishlash ko’nikmalarini xosil qilish va ularni xar tomonlama tadqiq qilish imkoniyatini 
    beradi. Foydalanuvchi VL bilan ishlashi laboratoriya ishlari (LI) deb ataluvchi ayrim 
    seanslar ko’rinishida tashkil qilinadi. 
    Virtual laboratoriya - tajribalar o’tkazish va fanlarni qiziqarli tarzda o’rganish 
    uchun ideal muxit bo’lib hisoblanadi. Interfaol virtual reallik oddiy eksperimentlar 
    bilan bir qatorda quyida sanab o’tilgan murakkab eksperimentlarni ham o’tkazish 
    imkoniyatini beradi; 

    qimmat va murakkab jixozlarni talab qiluvchi eksperimentlar; 

    real sharoitlarda o’tkazish qiyin yoki amalda mumkin bo’lmagan 
    eksperimentlar; 

    real sharoitlarda katta mablag’larni talab qiluvchi eksperimentlar; 



    Download 0,67 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish