• Zoologiya fanini o‘qitishda elektron axborot ta’lim resurslaridan foydalanish.
  • Oriental Renaissance: Innovative




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana17.12.2023
    Hajmi0,67 Mb.
    #121506
    1   2   3   4
    Bog'liq
    zoologiya-fanini-oqitish-samaradorligini-oshirishda-virtual-laboratoriya-mashgulotlarini-qollash

    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 2 | ISSUE 7 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor
     
     SJIF 2022: 5.947 
    Advanced Sciences Index Factor 
     ASI Factor = 1.7 
    583 
    w
    www.oriens.uz
    July
    2022
     

    qisqa vaqt davomida o’tkazilishi zarur bo’lgan eksperimentlar va x .k. 
    Virtual laboratoriya ishlarini ma’ruza materiallariga qo’shimcha ravishda 
    ma’ruza vaqtida ham namoyish qilish mumkii. Bunda ma’ruza va laboratoriya 
    mashg’ulotlari o’rtasidagi vaqt bareri olib tashlanadi, natijada o’qitish samaradorligi 
    va sifati ortadi. Virtual laboratoriyalarni samarali tarzda qo’llash o’qitish sifatini 
    orttirish bilan bir qatorda katta mablag’larni tejash imkoniyatini ham beradi. 
    Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarda, laboratoriya 
    mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning aqliy qobiliyati, so‘zlash madaniyati, bir-biriga 
    do‘stlik, inoqlik munosabatlarini hisobga olingan holda tashkil qilinishi o‘quvchilarda 
    bir-biriga yordam, do‘stlik, inoqlik hissi uyg‘onishiga va bu orqali ularning malaka 
    va ko‘nikmalarini egallashlari osonlashishiga olib keladi. Laboratoriya va amaliy 
    mashg‘ulotlarni o‘tkazish, avvalo, o‘quvchilarning shu fandan olgan nazariy 
    bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi, turli sifat va miqdoriy reaksiyalarning 
    rang va miqdor o‘zgarishi bilan borishi, cho‘kma tushishi va gaz ajralishi bilan 
    boradigan tajribalar ularda fanga katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy. 
    Zoologiya fanini o‘qitishda elektron axborot ta’lim resurslaridan foydalanish. 
    Zoologiya darslarida multimedia vositalaridan foydalanish va ularni tatbiq etish 
    davomida o‘quv jarayonida o‘zigaxos yangi usul vujudga keladi. Ularni o‘quv 
    materiallarini ko‘rgazmaliligini oshishi, o‘quvchilarning bilim samarasini nazorat 
    qilish imkoniyatining paydo bo‘lishi, o‘qituvchining o‘z ishfaoliyatini yangi uslub va 
    usullar asosida tashkil etishga yondashuvlar bilan bevosita izohlash mumkin. 
    Zoologiya darslarida «Sutemizuvchilar» sinfi haqida ma’lumot beruvchi mavzular 
    hajmi kattaligi va birmuncha murakkabligi bilan umurtqalilar tipining boshqa 
    sinflaridan ajralib turadi. O‘rganiladigan mavzularning murakkablashib borishi, 
    hayvon organizmining mukammalashishi bilan ular tanasida organlar, ularning 
    vazifasi ham o‘zigaxos tarzda o‘zgarib borishi o‘quvchini biroz «qiynab» qo‘yadi. 
    O‘quvchilarga mavzu yuzasidan ma’lumotlarni kompyuter yordamida qabul 
    qilishga bo‘lgan qiziqishlarini va bevosita zoologiya dars samaradorligini oshirishda 
    undan foydalanishni hisobga olgan holda, o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan mavzularni 
    kompyuter vositalari asosida tatbiq etish imkoniyatlarini qo‘llash orqali dars 
    samaradorligini yanada oshirish mumkin. Zoologiya darsligidagi mavzularni belgilab 
    olish, ularni hartomonlama o‘rganib, zaruriy materiallar tanlash asosida 
    kompyuterlashgan dars ishlanmalarini dasturlashtirish mumkin. Multimedia 
    vositalarida sutemizuvchi hayvonlar hayotini o‘zida mujassam etgan ma’lumotlar 
    jamlanmasi, test topshiriqlari, topishmoqlardan keng foydalanish ham muhimdir. 
    Unga ko‘ra har bir o‘quv jarayonida mazkur materiallar o‘quvchi bilim va 



    Download 0,67 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish