|
Forma (Shape) asbobi yordamida standart va hohlagan obyektlar bilan ishlash
|
bet | 14/23 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 2,37 Mb. | | #135075 |
Bog'liq 3-seminarForma (Shape) asbobi yordamida standart va hohlagan obyektlar bilan ishlash
Pryamougolnik (Rectangle) asbobi yordamida yaratilgan obyektlarnining tayanch nuqtalarini o’zgartirish natijasida aylana shaklini olishi mumkin.
Ellips (Ellipse) asbobi bilab yasalgan obyektlar esa sektor yoki duga shakliga keltirilishi mumkin.
Mnogougolnik (Polygon) asboblari bilan yasalgan obyektlar esa simmitrik tarizda obyektning boshqa turiga o’zgaradi.
Matnli obyektlar bilan ishlashda esa harflar orasidagi va so’zlar orasidagi intervallarni o’zgartirish inkoniyati tug’iladi.
Redaktor uzlov (Node Edit) paneli
Hamma tayanch nuqtalar, segmentlar bilan ishlaydigan Redaktor uzlov (Node Edit) panelida joylasgan. Bu panel menuning Docker (WindowG’Dockers) tipidadi Okno/Panelidan Redaktor uzlov (Node Edit) ishga tushiriladi yoki + tugmalari yordamida ishga tushiradi.
Forma (Shape) asbobini ishga tushirganda Redaktor Uzlov (Node Edit)ning malumot berish satrida (Svoystva (Property Bar)) bu panelning barcha buyruqlari namoyon bo’ladi.
Tayanch nuqtalarini qo’shish va olib toshlash.
Egri ko’rinishidagi obyektlarga hohlagancha tayanch nuqtalarini qo’shish mumkin bo’ladi. Buning uchun segmentning nuqta qo’yish joyiga sichqoncha bilan chertiladi va paydo bo’lgan nuqta qora doyra shakli ko’rinishidagi potentsial nuqtaga ega bo’lamiz. Bu potentsial haqiqiy nuqtaga aylanish uchun yana panelning xossasidagi “+” tugmasi bosiladi (rasmda 1 raqami bilan berilgan).
Keraksiz tayanch nuqtani o’chirish uchun avval o’chiriladigan nuqtalar ajratiladi va “-” belgisi bosiladi (2 raqam).
To’g’richziqli segmentlarni egrichiziqli segmentlarga o’tkazish
Har qanday segment ikki xilda bo’lishi mumkin to’g’ri yoki egri chiziqli. Forma (Shape) asbobi yordamida tayanch nuqta ajratilganda holat satrida segment tipi —To’g’ri (Pryamoy) (Line) yoki Egri( Krivoy )(Curve) ko’rsatiladi.
Segmentning bir turidan ikkinchi turiga o’tish uchun segment tanlanadi Svoystva (Property Bar)dagi ikkita holatdan biri tanlanadi: To’g’riga o’tish (To Line) ( 5 raqam ) yoki Egriga (To Curve) o’tish( 6 raqam).
Egrichiziqli segmentda to’g’risiga o’tish tez amalga oshiriladi, teskarisi bir muncha vaqtni talab qiladi — segment egriligi qo’l yordamida bajariladi.
|
| |