|
3-Mavzu: CorelDraw Dasturida rasmlar va matnlarni yaratish va qayta ishlash
|
bet | 15/23 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 2,37 Mb. | | #135075 |
Bog'liq 3-seminar Konturni birlashtirish va uzish
Ochiq konturni yopiq konturga aylantirish uchun boshidagi va oxirgi nuqtalar biriktiriladi, bu amal ikkita usul bilan bajariladi:
Ikkita nuqtani birlashtirish uchun avval nuqtalar ajratiladi va Svoystva (Property Bar)ning asboblar satridagi Soedinit dva uzla (Join Two Nodes) ( 3 raqamli) tanlaniladi. Agarda ikkita nuqta ustma-ust joylashgan bo’lsa ikkita nuqta bitta nuqtaga aylanadi. Agarda qandaydir masofada joylashgan bo’lsa o’sha masofani markazida birlashtiriladi.
Chetdagi nuqtalarni birlashtirish to’g’richiziqli segment bilan amalga oshiriladi. Buning uchun Svoystva (Property Bar) asboblar satridagi Avtomaticheskoe zamo’kanie kontura (Auto-close) (13 raqamli) tugmasi bosiladi
Agarda konturni uzmoqchi bo’lsangiz avval o’sha nuqtalar ajratiladi Svoystva (Property Bar) asboblar satridagi Razorvat krivuyu (Break Curve) ( 4 raqamli) tugmasi bosiladi va natijada bitta nuqta o’rnida ikkita nuqta paydo bo’ladi.
Konturni bir nechta konturlarga ham ajratsa bo’ladi, buning uchun obyektning kamida bitta tayanch nuqtasi tanlanilib Izvlech podkontur (Extract Subpath) tugmasi bosiladi.
Tayanch nuqtalarni tekislash
S hriftlarni yoki maxsus belgilar bilan ishlaganda nuqtalarni gorizontal yoki vertikal joylashtirishga to’g’ri keladi.
Svoystva (Property Bar) satridagi Vo’ravnivanie uzlov (Align Nodes) tugmasi (16 raqam) muloqot oynasini ekranga chaqiradi.
Bu oynada hohlagan sondagi tayanch nuqtalarni gorizontal va vertikal holatda joylashtirishlar mavjud.
Boshqarish nuqtalari bilan birgalikda tayanch nuqtalarini tekislash (flajok Vo’ravnivanie upravlyayuhix tochek (Align Control Points)) amali bilan bajariladi.
Segmentlarni masshtablash va aylantirish
CorelDRAW dasturida obyektlarni transformatsiyalash bilan cheklanib qo’lmay bazi bir segment bo’limlari bilan ishlash imkoniyati bor. Bu amal Svoystva (Property Bar) asboblar satridagi ikkita tugama bilan bajariladi:
Rastyajenie i masshtabirovanie uzlov (Stretch And Scale Nodes) ( 14 raqam) tugmasi bosilganda ajratilgan segment atrofida markerlar paydo bo’ladi. Masshtablash amalida Strelka (Pick) asbobidagi amallar bajariladi.
Vrashenie i naklon uzlov (Rotate And Skew Nodes) ( 15 raqam) tugmasi bosilganda ajratilgan segment atrofida markerlar paydo bo’ladi. Atrofida aylanish amalida Strelka (Pick) asbobidagi amallar bajariladi.
Elastichno’y rejim (Elastic Mode) (17 raqam) ajratilgan obyektlarga ayriqcha transformatsia beradi.
|
| |