|
3-Mavzu: CorelDraw Dasturida rasmlar va matnlarni yaratish va qayta ishlash
|
bet | 7/23 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 2,37 Mb. | | #135075 |
Bog'liq 3-seminarSpiral asbobi (Spiral)
Spiral asbobi (Spiral) asosan belgili radiusga va o’ramga ega geometrik obyektlarni chizishga mo’ljallangan.
Bu asbob bilan ishlash to’g’rito’rtburchaklarni chizishga o’xshaydi. Bu erda spiral turini simmetrik (Symmetrical) va logarifmli (Logarithmic) turining bittasini tanlash kerak.
Eni va o’zinligi teng bo’lgan spirallar tugmasini bosib turib chiziladi.
Spiral parametrlarini (Property Bar) o’zgartirsa bo’ladi.
Koordinata qogozi (Graph Paper)
K oordinata qog’ozi (Graph Paper) yordamida oldindan berilgan parametrlar bilan katakcha quruladi. Bu katakchalarni grafiklar, diagrammalar chizganda foydalansa bo’ladi.
Katakcha chizish yuqoridagi asboblarga o’xshash bo’ladi, masalan to’g’rito’rtburchak bilan ishlaganga o’xshaydi, faqat bitta farqi katakcha o’lchami bo’ladi. U Koordinat qog’oz asbobi (Graph Paper Tool) va dialog oyna Parametrlar (Options) orqali amalga oshiriladi.
Katakchalar soni eniga (Number of cells wide) eniga nechta katak, katakchlar soni boyiga (Number of cells high) esa boyiga nechta katak joylashtirishni ko’rsatadi. Agarda kvadrat shakldagi katakcha kerak bo’lsa u holda tugmasi bilan birgalikda ishlatiladi. Parametrlarini esa Xossalar (Property Bar)dan o’zgartirsa bo’ladi.
Egri chiziqlar guruhi asboblari (Curve)
E gri chiziqlar guruhi (Curve) asboblar paneli : Chizish(Freehand), Bezie (Bezier), Pero (Natural Pen), O’lchovli chiziq (Dimension), bog’lovchi chiziqlar (Connector Line) va bog’lagich (Connector) iborat.
Chizish asbobi (Freehand)
Chizish (Freehand) asbobi asosan hohlagan turdagi chiziqlarni chizishga mo’ljallangan. Bu asbob yordamida chizilganda avtomatik ravishda tayanch nuqtalari tanlangan vektor konturi paydo bo’ladi. Kontur chizilgandan keyin konturni muharrirlasa bo’ladi.
Bu asbob bilan chilganda mos chiziq qalinligi va rangi tanlanadi.
Hohlagan paytda chizilgan chiziqni davom etib chizish mumkin bo’ladi, buning uchun kursor chiziqning oxirgi nuqtasiga keltiriladi va kursor ko’rinishi o’zgaradi, shu paytda sichqoncha bilan chiziqni davom ettirsa bo’ladi.
Chizish (Freehand) asbobi bilan asosan to’g’ri chiziq chiziladi, uning uchun dastlabki va oxirgi nuqtalar ko’rsatilsa bas.
|
| |