• Tayanch so’z va iboralar
  • 3-Mavzu: Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiyalari




    Download 342,09 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana06.02.2024
    Hajmi342,09 Kb.
    #152114


    3-Mavzu: 
    Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiyalari. 
     
    Reja: 
    1. Dastur ta’minoti tushinchasi. Dasturiy mahsulotlarni qo’llanish sohasi bo’yicha 
    tavsiflanishi.
    2. Tizimli dasturiy ta’minot. Bazaviy dasturiy ta’minlanish. Servisli dasturiy ta’minot. 
    Operatsion qobiqlar. Amaliy dasturlar paketi. 
    Tayanch so’z va iboralar: dasturiy ta’minot, operatsion tizimlar, servis dastuiy 
    ta’minot.
    Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi bobda aytib 
    o'tgan edik. Bular apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot (software)lardir. 
    Apparat ta'minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va 
    qo'shimcha (atrof) qurilmalaridir. 
    Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo'lib, u ma'lumotlarga 
    ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan 
    hujjatlarni o'z ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha 
    temirga aylanib qoladi. 
    Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bog’lanish qanday amalga 
    oshiriladi. 
    Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. 
    Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o'zaro bohlanish — bu, apparat interfeysi, 
    dasturlar orasidagi o'zaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar 
    orasidagi o'zaro bog’lanish — apparat — dasturiy interfeys deyiladi. 
    Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda 
    uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson 
    kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi. Insonning 
    dastur bilan va dasturni inson bilan o'zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi. 
    Endi kompyuterning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy 
    ta'minotlarni uchta kategoriya bo'yicha tasniflash mumkin: 
    sistemaviy dasturiy ta'minot; 
    — amaliy dasturiy ta'minot; 
    dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
    Sistemaviy dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter 
    tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. 
    Amaliy dasturiy ta'minot (Application program package) — bu aniq bir predmet 
    sohasi bo'yicha ma'lum bir masalalar sinfini yechishga mo'ljallangan dasturlar 
    majmuasidir. 
    Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab 
    chiqish jarayonida qo'llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu 
    vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo'lib xizmat qiladi, ya'ni ular dasturlarni 
    ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga 
    mo'ljallangan. 
    Sistemaviy dasturiy ta'minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: 
    — kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini 
    ta'minlash; 
    — kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va 
    profilaktika ishlarini bajarish. 


    Sistemaviy dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy 
    ta'minot va yordamchi(xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy 
    ta'minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta'minot 
    alohida, qo'shimcha tarzda olinishi mumkin. 
    Asosiy dasturiy ta'minot (base software) — bu, kompyuter ishini ta'minlovchi 
    dasturlarining minimal to'plamidan iborat. 
    Ularga quyidagilar kiradi: 
    — operasion tizim (OT); 
    — tarmoq operasion tizimi. 
    Yordamchi(xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot 
    imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq 
    tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini 
    oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta'minlovchi va boshqa dasturlardir. 
    Shunday qilib, sistemaviy dasturiy ta'minotni sxematik ravishda quyidagicha 
    tasvirlash mumkin. 
    Operatsion tizim (OT). Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur 
    kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o'rinlar va hokazo) boshqaradi, 
    foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy 
    dasturlarni) ishga tushiradi. 
    OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay 
    muloqotni(interfeysni) ta'minlaydi. 
    Drayverlar. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning 
    kiritish — chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar)ni 
    boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash 
    yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin. 
    hozirgi davrda ko'plab OTlar mavjud: 
    - UNIX; 
    - MS DOS; 
    - OS/2; 
    - WINDOWS 95; 
    - WINDOWS NT; 
    - WINDOWS 98; 
    Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmoqqa 
    ulanishi bilan prosessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo'lmagan 
    dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o'xshash tilni qo'llovchi, ya'ni uni tushunib, 
    unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo'lar edi. Ushbu til 
    buyruqlarini o'rganish uchun bir necha soat kifoya qilar, so'ngra kompyuterga uncha 
    murakkab bo'lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bo'lar edi. 
    Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni ham yuklash imkoniyati yaratildi. 
    Buning uchun bitta, LOAD buyrug’i kifoya edi, xolos. 
    Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo'lgan zaruriyat paydo bo'ldi. 
    Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat 
    etish mumkin. 
    Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operasion tizim 
    ishlab chiqildi va u disk operasion tizimi (DOT) deb nom oldi. 
    DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, 
    ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo'lgan paytda fayllarni o'chirib 
    tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko'chirish (nusxa olish) kabi ishlarni ham bajara 


    oladi. Umuman olganda, DOT foydalanuvchini alohida qog’ozlarda ko'plab yozuvlarni 
    saqlashdan xalos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini 
    sezilarli darajada kamaytirdi. 
    OTlarning keyingi rivojlanishi apparat ta'minotining rivojlanishi bilan parallel 
    bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bo'lishi bilan OTlar ham 
    o'zgardi. Qattiq disklarning yaratilishi bilan, ularda o'nlab emas, balki yuzlab, hatto 
    minglab fayllarni saqlash imkoniyati yaratildi. Shu sababli fayllar nomida ham 
    anglashilmovchiliklar paydo bo'la boshladi. Ana shunda DOTlar ham ancha 
    murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga bo'luvchi va ushbu kataloglarga xizmat 
    ko'rsatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni ko'chirish va nusxa olish, fayllarni 
    saralash va boshqalar) kiritildi. Shunday qilib, disklarda faylli struktura paydo bo'ldi. Uni 
    tashkil etish va unga xizmat ko'rsatish vazifasi esa OTga yuklanadi. qattiq disklar yanada 
    katta o'lchamlarga ega bo'lishi bilan OT ularni bir nechta mantiqiy disklarga bo'lishni ham 
    «o'rganib» oldi. 
    Kompyuterning dasturiy ta'minoti orasida eng ko'p qo'llaniladigani amaliy dasturiy 
    ta'minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyuterlardan inson faoliyatining barcha 
    sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning 
    yaratilishi va qo'llanishidir. Amaliy dasturiy ta'minotni quyidagicha tasniflash mumkin. 
    Muammoga yo'naltirilgan ADT quyidagilar kiradi: 
    — buxgalteriya uchun DT; 
    — personalni boshqarish DT; 
    — jarayonlarni boshqarish DT; 
    — bank axborot tizimlari va boshqalar. 
    Umumiy maqsadli ADT — soha mutaxassisi bo'lgan foydalanuvchi axborot 
    texnologiyasini qo'llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko'‘lab dasturlarni o'z ichiga 
    oladi. Bular: 
    — kompyuterlarda ma'lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta'minlovchi 
    ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); 
    — matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda 
    rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari; 
    — grafik muharrirlar; 
    — hisoblashlar uchun qulay muhitni ta'minlovchi elektron jadvallar
    — taqdimot qilish vositalari, ya'ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish 
    etish, slaydlar, animasiya, filmlar tayyorlashga mo'ljallangan maxsus dasturlar. 
    Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta'minlovchi dasturlarni o'z ichiga 
    oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
    — rejalovchi yoki organayzerlar, ya'ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar 
    bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; 
    — tarjimon dasturlar, ya'ni berilgan boshlang’ich matnni ko'rsatilgan tilga tarjima 
    qilishga mo'ljallangan dasturlar; 
    — skaner yordamida o'qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan 
    o'zgartiruvchi dasturiy vositalar; 
    — tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi 
    o'zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikasion dasturlar. 
    Kichik 
    nashriyot 
    tizimlari 
    «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot 
    texnologiyasini ta'minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda 
    betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo'yish va 
    hokazolarni bajaradi. 


    Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi 
    hisoblanadi. U ma'lumotlarni qayta ishlash muhitining o'zgarishi, lazerli disk-larning 
    paydo bo'lishi, ma'lumotlarning tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida 
    shakllandi. 
    Sun'iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to'rt yo'nalishga bo'lish mumkin: 
    — Ijodiy jarayonlarni imitasiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo'nalish kompyuterda 
    o'yinlarni (shaxmat, shashka va h.k.) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga 
    oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shug’ullanadi. 
    — Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. Ushbu yo'nalishdagi muhim 
    natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun'iy intellekt 
    tizimlarini ma'lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo'llanishi 
    mumkin. 
    — EHM larning yangi arxitekturasini yaratish. 
    Bu yo'nalish sun'iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHM lari)ni yaratish 
    muammolarini o'rganadi. 
    — Intellektual robotlar. 
    Bu yo'nalish oldindan qo'yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual 
    robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi. 

    Download 342,09 Kb.




    Download 342,09 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiyalari

    Download 342,09 Kb.
    Pdf ko'rish